O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Kuzatish metodi va uning qisqacha tasnifi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
7.2. Kuzatish metodi va uning qisqacha tasnifi. 
Kuzatish metodi. Umumiy psixologiyada bu metodning obyektiv (tashqi) va 
subyektiv (o„zini o„zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi o„zgarishlarni har 
xil vaziyatlarda kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1) kuzatishning 
maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan obyekt tanlanadi; 3) sinaluvchining 
yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; 4) tadqiqot o„tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) 
kuzatish qancha vaqt davom etishi qat‟iylashtiriladi; 6) kuzatish insonning qaysi 
faoliyatida (o„yin, o„qish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) 
kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o„tkazilishi) tayinlanadi; 8) 


54 
kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish 
varaqasi, magnitofon, videomagnitofon, kinokamera, mobil telefon va boshqalar) 
taxt qilinadi. 
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg„ulari, nerv 
sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, 
sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o„rganiladi. Ammo o„ta 
murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy 
xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi. Masalan, 
go„dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o„yinchoqlarga munosabati, his-
tuyg„usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O„quvchining darsdagi holatini 
kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo„zg„atuvchi bilan ta‟sirlanishi, 
temperamenti, xatti-harakatining sur‟ati, emotsional kechinmasining o„zgarishi 
to„g„risida ma‟lumotlar to„plashga imkoniyati tug„iladi. O„spirin yoshlarning sport 
faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg„usining o„zgarish 
xususiyatlari, g„alabaga intilishi, o„zining harakatini idora qila olishi yuzasidan 
materiallar yig„ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish 
natijasida uning o„z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o„zini tutishi, imo-
ishoralari, tashqi qo„zg„atuvchidan ta‟sirlanish darajasi haqida keng ma‟lumotlar 
yig„iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq 
faoliyati, his-tuyg„usi, ekstrovertivligi yoki introvertivligi, qiziquvchanligi va 
ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir. 
Tashqi kuzatishda ba‟zan tafakkur bo„yicha ham ma‟lumotlar olish: ish 
ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan obyektga yo„naltirilganini, tashqi 
qo„zg„atuvchilar ta‟siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko„zdagi 
g„ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni 
kuzatib tafakkurning kechishidagi o„zgarishni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, 
qo„lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi 
ham inson ruhiyatidagi o„zgarishlar bo„yicha ma‟lumot beradi. 
Psixologiya fanida o„zini o„zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham 
foydalaniladi. Ko„pincha tajribali psixolog yoki o„rta, maxsus o„rta va oliy ta‟lim 


55 
tizimidagi yuqori malakali mohir o„qituvchi o„zini o„zi kuzatish orqali ilmiy xulosa 
chiqara biladi. Masalan, o„z tafakkurini kuzatib o„zidagi emotsional o„zgarish 
haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi, kechishi 
haqida ma‟lumot oladi. Fikrlash faoliyati zaiflashganini sezadi. Natijada 
tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda 
ro„y berishini kuzatadi. Uzoq va yaqin chet el psixologiyasida o„zini o„zi 
kuzatishning inson ruhiyatini o„rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy 
materiallar to„plangan. Introspeksiya yo„nalishining yirik namoyandalari o„zlarini 
o„zlari kuzatganlar va to„plagan materiallarini tahlil qilib umumiy psixologik 
qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar. Lekin inson turli vaziyatlarda o„zini 
bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati unchali 
katta emas, lekin hozirgi zamon elektron apparatlari bu jarayonni kuchaytirish 
imkoniyatiga ega. Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari 
bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi 
boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi. 
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o„rganishda suhbatning 
maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning obyekti va subyekti tanlanadi, mavzusi, 
o„tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o„tkazish 
rejalashtiriladi, o„rganilayotgai narsa bilan uzviy bog„liq savol-javob tartibi 
tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal 
qilish jarayonida inson psixikasidagi o„zgarishlarni o„rganishdir. Suhbat orqali turli 
yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, ziyrakligi, 
bilim saviyasi, e‟tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to„g„risida ma‟lumotlar olinadi, 
Suhbat chog„ida o„zaro izchil bog„langan savollar beriladi: 
− Xotira deb nimani aytiladi?
− Xotira idrok qilingan narsa va hodisalarni esda qoldirish, mustahkamlash 
hamda zarur vaqtda esga tushirishdan iborat psixik jarayondir. 
− Xotiraning nerv-fiziologik asoslari nimalardan iborat? 


56 
− Xotiraning nerv fiziogik asoslari bosh miya katta yarim sharlari qobig„ida 
muvaqqat nerv bog„lanishlarining hosil bo„lishi, mustahkamlanishi va keyinchalik 
faollashuvidir. 
− Xotiraning samaradorligi nimalarga bog„liq?
− Esda olib qolishda harakatning tugallanmaganligiga, shaxsning qiziqishi va 
mayllariga, faoliyatga munosabati, kayfiyati va irodaviy zo„r berishiga, 
xarakterologik sifatlariga bog„liq. 
− Xotiraning qanday turlari mavjud?
− Harakat, obrazli, so„z-mantiq, emotsional, qisqa va uzoq muddatli, operativ, 
ixtiyorsiz, ixtiyoriy, produktiv, reproduktiv, faol va sust xotira turlari bor.
Suhbat paytida fikrlar mantiqiy izchillikka ega bo„lishi shart. Biroq 
mashg„ulot sinaluvchilarni toliqtirib qo„ymasligi, ularning yoshiga, saviyasiga
mutaxassisligiga mutlaqo mos bo„lishi zarur. 
Dialog shaklidagi suhbatlar ham o„z ko„lami, mohiyati, mazmuni, shakli, 
xususiyati, sur‟ati, mavzusi, obyektga yo„nalganligi bilan bir-biridan farqlanadi. 
Suhbatning yana bir turiga misol: 
− Opajon, eson-omon yuribsizmi? Uydagilaringiz yaxshimi?
− Opang qoqindiq, ming qatla shukur, tinch yuribmiz. 
− Nechuk, qanday shamol uchirdi?
− Ko„zimdan o„taverding, o„taverding, keyin yo„lga otlandim. 
− Qiynalmasdan yetib keldingizmi?
− Aytarli qiynalmadim. Avval avtobusga, so„ng tramvayga o„tirdim, lekin 
metroga tushgim kelmadi. 
Suhbat metodining yuqorida ta‟kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim 
zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so„zlar, “g„aliz” iboralar, nutqning tezligi, 
fikrning mavhumligi, zerikarligi muvaffaqiyatsizlikka sabab bo„ladi. Shuningdek, 
savol-javobning bir xil shaklda emasligi, sinaluvchida o„ziga xos ishlash uslubi, 
oshkoralik yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma‟lumotlar olishni 
qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to„g„ri keladi. 


57 
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va 
xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod ontogenez psixologiyasida 
keng qo„llanadi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o„yinchoqlar, modellar, yozgan 
she‟rlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va 
adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to„plash mumkin.
Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok 
etmaydi. Obyekt bilan subyekt o„rtasida muloqot o„rnatish uchun shaxsning 
psixikasi to„g„risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat 
mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diagramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik 
model, moslama, milliy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, 
referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, ilmiy ma‟ruza, konspekt, taqriz, tezis, 
maqola, ko„rsatmali qurollar, loyiha, magistrlik, nomzodlik, doktorlik 
dissertatsiyalari va hokazolar kiradi. Bular turli yoshdagi va jinsdagi odamlar, har 
xil kasb egalari tomonidan yaratilgan bo„lishi va shunga ko„ra shakli, mazmuni, 
sifati, orginalligi, katta-kichikligi, xususiyati, mazmun­mohiyati bilan bir-biridan 
keskin farq qilishi mumkin. 
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o„quvchilar, talabalar, 
konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar, keksa yoshdagi qariyalar psixik 
xususiyatlari, mahorati, salohiyati, ijodiyoti to„g„risida ma‟lumotlar to„plash 
mumkin. Lekin insondagi psixik o„zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini 
ifodalovchi materiallar yig„ish uchun bu metodning o„zi yetmaydi. Shuning uchun 
inson psixikasini o„rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanish 
ma‟qul. 
Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi odamlar (chaqaloq, 
bola, o„spirin, balog„atga yetgan va qarilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq 
tadqiq, qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi 
yordamida sun‟iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning o„sishi, favquloddagi 
holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-
tuyg„ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o„rganiladi. Inson psixikasining 
nozik ichki bog„lanishlari, munosabatlari, qonuniyatlari, qonunlari, xossalari, 


58 
murakkab mexanizmlari tekshiriladi. Buning uchun eksperiment materialini 
tekshiruvchi sinchkovlik bilan tanlashi, obyektiv tarzda har xil holat va vaziyatlarni 
yaratishi, bunda sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xarakter, xususiyati, his-tuyg„usi, 
qiziqishi va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko„nikma va malakalariga e‟tibor 
berishi lozim. 
Tajriba metodi o„z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi. 
Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo„llanadi. Bu 
metodning ilmiy asoslarini 1910-yilda A.F.Lazurskiy ta‟riflagan. Tabiiy metoddan 
foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a‟zolarining, ilmiy muassasalar 
xodimlarining, o„qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o„zgarishlari, 
o„zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini 
hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o„rganishda 
sinaluvchilar (bog„cha bolalari, maktab o„quvchilari, ishchilar, dehqonlar, xodimlar 
va hokazolar)ning o„zlari bexabar bo„lishi, ta‟lim jarayonida berilayotgan bilimlar 
tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta‟sir 
o„tkazish kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada 
esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. 
Laboratoriya (klinika) metodi ko„pincha individual (goho guruh va jamoa) 
shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo„l-yo„riqlar, 
tavsiyalar, ko„rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson 
psixikasidagi o„zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash 
mashinalari (displeylar), qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi 
psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni 
qayd qilish va o„lchashda qo„llanadi. Ko„pincha detektorlar, elektron va radio 
o„lchagichlar, 
sekundomer, 
refloksometr, 
xronorefleksometr, 
lyuksmetr, 
anomaloskop, 
taxistoskop, 
audiometr, 
esteziometr, 
elektromiogramma, 
elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi. 
Test metodi. Test - inglizcha so„z bo„lib, sinash, tekshirish, demakdir. 
Shaxsning aqliy o„sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik 
xususiyatlarini tekshirishda qo„llanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, 


59 
jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallash 
mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste‟dodlilar va aqli zaiflarni 
aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo„llanadi. Test metodining qimmati 
tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, 
yig„ilgan psixologik ma‟lumotlarning obyektivligi va ularni ilmiy tahlil qila 
bilishga bog„liqdir. 1905-yildan, ya‟ni fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi 
T.Simon insonning aqliy o„sish va iste‟dod darajalarini o„lchash imkoniyati borligi 
g„oyasini olg„a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo„llana boshlandi. 
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste‟dod darajasini aniqlash vositasi 
deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni 
hisoblanmaydi. Malumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik 
vositalar bilan amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot obyektlarini 
o„zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko„nikma hamda malakalarni 
aralash holda o„rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning 
emotsional holati va salomatligiga bog„liq ruhiy kechinmalarni inobatga 
olmaydilar. Psixologlar K.M.Gurevich, V.A.Kruteskiy va boshqalar qo„llaydigan 
testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur 
ko„rsatkichi (indikatori) bo„lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga 
erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, 
qobiliyatning mohiyatini yoritib bo„lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda 
testlardan foydalanmoqdalar. 
Hozirgi 
davrda 
nodir 
testlar 
qatoriga 
psixologlardan 
G.Rorshax, 
S.Rozensveyg, R.Kettel, D.Veksler, G.Meyli, G.Ayzenk, A.Anastazi, Dj.Raven, 
G.Myurrey, R.Amtxaer, M.Rokich, Dj.Rotter, M.Lyusher, Dj.Gilford va boshqalar 
ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga 
yutuqqa erishish (maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarda berilgan va bilim, 
malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish 
darajasini o„lchashga mo„ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, 
qiziqishi, motivatsiyasi va xulqini baholashga yo„naltirilgan diagnostik usullardan 
iboratdir), shaxs “loyihasi” (proyektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish 


60 
talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib shaxs xususiyatining “loyihasi” ishlab 
chiqiladi) kiradi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin