O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


Bosh miya va uning tuzilmasi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
Bosh miya va uning tuzilmasi 
 
Oldingi miya va uning po‟sti bosh miyaning oliy qismlaridir. Hayvon biologik 
taraqqiyot bosqichining qancha yuqorisida tursa, oldingi miyasi bosh miyaning 
boshqa qismlariga nisbatan o‟shancha ko‟prok joy egallaydi. Oldingi miya ikkita 
yarim shardan – o‟ng va chap yarim sharlardan iborat. Bosh miyaning peshana 
bo‟ladigan ensa bo‟lagiga qarab boradigan katta egat bu yarim sharlarni bir-
biridan ajratib turadi. Oldingi miyaning o‟ng va chap yarim sharlari qadoq 
modda deb ataluvchi jism yordami bilan o‟zaro birlashadi. 
Yarim sharlarning miya po‟sti deb ataladigan butun yuzasi tekis bo‟lmay, 
balki g‟ijim-g‟ijim, burmachalar bilan qoplangandir, bular go‟yo egat va 
pushtalarga o‟xshaydi. Shu bilan birga, hayvon biologik taraqqiyotning qancha 
yuqori bosqichida tursa, yarim sharlar yuzasidagi bu egat lar shuncha 


73 
chuqurroq va pushtalari ko‟proq bo‟ladi. Odam miyasining yarim sharlaridagi 
pushtalar juda ko‟p va egatlari ko‟p darajada chuqurdir. 
Bosh miya po‟sti miyaning kulrang moddasidan iborat 9-rasm. Miyaning 
turli qismlarida po‟stning qalinligi 1 mm dan. 4-5 mm gacha boradi. Odamning 
bosh miya po‟stining butun yuzasi o‟rta hisob bilan 2000 kv.sm keladi. Bosh miya 
yarim sharlari po‟stining yuzasi odatda to‟rtta katta qismga – peshona qismi (eng 
kattasi), tepa qismi, ensa qismi va chakka qismiga bo‟linadi. 
 
9.2. Vegetativ markazlar. Miya dastasi. Oldingi miyaning oʻng va chap 
yarim sharlari. Bosh miya yarim sharlari poʻstining yuza qismlari. 
Vegetativ nerv tizimi - orqa miya bo‟ylab va undan chetda joylashgan nerv 
tizimlari alohida tutamlar va nerv tugunlarining chigallaridan iboratdir. Vegetativ 
nerv tizimining alohida tutamlari ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish va 
boshqa organlarida joylashgan bo‟lib, ichki organlarning faoliyatini idora qiladi. 
Vegetativ nerv tizimidan (uning markazlari gipotalamusda orqa miyaning 
kurak va yuqori bel segmentlarida joylashgan) va parasimpatik nerv tizimidan 
(uning markazlari o‟rta miyadagi turli tepalikda Varoliy ko‟prigida, uzunchoq 
miyada va orqa miyaning dumg‟aza qismida joylashgan) iborat. 
Simpatik va parasimpatik nerv tizimi ichki a'zolar faoliyatini idora qilishda 
o‟ziga xos "antagonistlar" qarama-qarshi bo‟lib, bir organ faoliyatini qarama-
qarshi holatga keltiradi. Masalan, simpatik tizim yurak faoliyatini tezlashtirsa, 
parasimpatik tizim esa bu faoliyatni susaytiradi. Organizmning me'yordagi 
faoliyati simpatik va parasimpatik vegetativ nerv tizimining ma'lum bir 
"muvozanatida" saqlanadi. Vegetativ nerv tizimi emotsional kechinmalarda katta 
rol o‟ynaydi. Odamning ko‟pincha psixik jarayonlarini, xususiyatlarini va 
holatlarini idora etishda retikulyar formasiya alohida rol o‟ynaydi. Retikulyar 
formasiya orqali miyada uzunchoq va keyingi miyada joylashgan nerv tolalari 
tarmoqi bilan o‟zaro birikkan to‟rsimon tuzilmadir. U bosh miyaning elektrik 
faoliyatiga, bosh miya qobig‟ining funksional holatiga, qobiqosti markazlariga, 
miyachaga va orqa miyaga ta'sir qiladi.


74 
Ilmiy psixologiyada miya psixikaning organi sifatidagi o‟rganish tarixi ikkita 
yo‟nalishda borgan organizm va muhit munosabatlarini idrok etish asoslarini 
o‟rganish va miyaning alohida tuzilmalarini morfologiyasi va funksiyasini 
ochishdan 
iborat. 
Po‟st ostidagi soha va po‟st ostidagi tugunlar 
differensiallashmagan va umumiy sezuvchanlik markazidir. Emosiya va 
instinktlarimiz shu soha bilan chambarchas bog‟liqdir. Harakatlarimizni idora 
etish uchun po‟st ostidagi tugunlardan targ‟il jismning ahamiyati ayniqsa 
kattadir. Targ‟il jism zararlanganda, odatda, harakat kuchayadi, ammo poyma-
poy bo‟ladi. Yuksak darajada tashkil topgan hayvonlarda psixik jarayonlarning va 
odamda ongli jarayonlarning bevosita moddiy asosi bosh miya po‟stidir. Bosh 
miyaning pastroqdagi boshqa hamma qismlari, shuningdek, orqa miya ongsiz 
reflektor harakatlarning markazlari bo‟lib, xilma-xil fiziologik jarayonlarni idora 
etadi. Bosh miyaning yuqorida aytilgan hamma qismlari va orqa miya markaziy 
nerv sistemasi bosib o‟tgan taraqqiyot yo‟lining bosqichlaridir. Bosh miyaning 
taraqqiyotidagi har bir qismi (pastdan yuqoriga qarab hisob qilganda) o‟zidan 
avvalgi qismning ustiga qatlangan. Orqa miya, undan keyin esa uzunchoq miya 
markaziy nerv sistemasining eng qadimgi qismlaridir. Oldingi miya va po‟st 
genetik jihatdan miyaning eng yosh qismlaridir. Markaziy nerv sistemasining 
yuqorigi qismlari taraqqiy qilgunicha pastdagi (qadimgi) qismlari murakkabroq 
psixik funksiyalarni ham bajargan deb o‟ylash mumkin. Markaziy nerv 
sistemasining yuqorigi qismlari tarkib topib taraqqiy qilishi bilan, murakkabroq 
psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o‟tdi. Shu 
bilan birga psixik funksiyalar tobora murakkablashib va takomillashib bordi. 
Psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o‟tishi bilan 
miyaning pastdagi qismlari muayyan refleks va instinktiv harakatlarnigina idora 
etadigan bo‟lib qoldi. Buning haqiqatan ham shunday ekanligini quyidagi hollar 
ko‟rsatib turibdi. Biologik taraqqiyotning ancha past bosqichlarida turgan 
hayvonlarning miya po‟sti va oldingi miyasi olib tashlanganda, bu qismlarning 
funksiyasini pastroqdagi qismlar o‟tay boshlaydi. Masalan, oldingi miyasi olib 
tashlangan baqa tamomila normal baqaga o‟xshaydi. Bunday baqa odatdagicha 


75 
o‟tiradi; baqa turgan taxta ag‟darila boshlasa, u ag‟anab tushmaslikka harakat 
qiladi; agar baqa chalqancha ag‟nab tushsa, o‟nglanib oladi. Shunday qilib, baqa 
miya yarim sharlaridan mahrum bo‟lsa ham harakat qilish va o‟z harakatlarini 
muvofiqlashtirish qobiliyatini saqlab qoladi. 
Yarim sharlari olib tashlangan kaptar og‟ziga solingan ovqatni yeydi, turtib 
yuborilsa yuradi; bunday kaptar turtinmasdan ucha oladi. Ammo kaptar turtib 
yuborilmasa, odatda, qimirlamay turaveradi. Agar it miyasining ikkala yarim 
shari olib tashlansa, sun‟iy suratda boqilib borilsagina bir necha yil yashay 
oladi. Bunday it og‟ziga solingan ovqatni yeydi, yura oladi. It urilsa 
vangillaydi qattiq tovush eshitganda sapchib tushadi. Ammo bunday it o‟zicha 
ovqat qidirib topolmaydi va hatto yaqinidagi ovqatni ham topib yeya olmaydi. 
Bu it uni boquvchi kishilarni tanimaydi. Avval hosil qilgan malakalari shu bilan 
birga, yangi malakalar hosil qilish qobiliyati ham yo‟qoladi. Ba‟zi fiziologlar 
maymunlarning yarim sharlarini olib tashlab tajribalar qilganlar. Maymunlar 
operasiya qilingandan keyin psixik funksiyalari yo‟qolishi bilan birga, harakatni 
muvofiqlashtirish tizimi ham buzilgan. O‟lar to‟ppa-to‟g‟ri o‟tirib tura olgan, 
shuningdek, narsalarni changallay olgan, ammo murakkabroq harakatlar, 
ayniqsa yurish qobiliyati buzilgan. 
I.P.Pavlov yuksak nerv faoliyatiga doir tekshirishlarida shunday 
hodisalarni ilmiy asosda tushuntirib berdi. 
Hayvonlar bosh miyasining ayrim qismlarini olib tashlash ustidagi tajribalar 
shuni ko‟rsatdiki, hayvon biologik taraqqiyotning qancha yuqori bosqichida tursa, 
quyi qismlarining yuksak psixik funksiyalarni bajara olish imkoniyati o‟shancha 
kam bo‟ladi. Odamda miyaning quyi qismlari yuksak psixik funksiyalarni 
bajarishga mutlaqo qobil emas. Odam miyasining po‟sti ostidagi qismlari po‟st 
funksiyasini loaqal qisman ham bajara olmasa kerak. Yarim sharlarsiz tug‟ilgan 
bolalar (anensefallar)ni kuzatish bu holatni juda ravshan tasdiqlaydi. Odatda 
bunday bolalar uzoq yashamaydi. Shunday bolalardan birining faqat uch yil-u 
to‟qqiz oy yashagani ma‟lum. Bu bola doim yotgan, turishga biron marta ham 
harakat qilib ko‟rmagan. U narsalarni ushlashga hech urinmagan, hatto narsalarni 


76 
qo‟lda ushlab turishni ham bilmagan. Faqat yuzida ba‟zi bir harakatlar 
ko‟rilgan; u ba‟zan ijirg‟angan; emganda va qoshiqlab ovqat berilganda lablari 
va tili harakatga kelgan. Bola tagi bulg‟anganda ham hech bir parvo qilmagan. 
Bu bola bilan gaplashish yoki unga biron narsa o‟rgatish aslo mumkin 
bo‟lmagan. Unda hatto eng oddiy ko‟nikmalar ham hosil bo‟lmagan. 
Yuqorida aytilganlardan, miyaning po‟st ostidagi qismlarining psixik hayotga 
hech qanday aloqasi yo‟q, degan ma‟no chiqmaydi. Yarim sharlar po‟sti o‟z 
tolalari bilan bosh miyaning hamma qismlariga va orqa miyaga bog‟langan. Shu 
bilan birga, yuqorida aytilganidek, orqa miyadagi nerv hujayralarining tolalari va 
po‟st ostidagi sohalarning tolalari yarim sharlar po‟stining qismlariga 
bog‟langandir. Shu sababli butun markaziy nerv sistemasi va uning faoliyati 
bo‟lmasa, psixik hayot ham bo‟lmas edi. 
Shu bilan birga, butun nerv sistemasining va butun organizmning faoliyatida 
bosh miya po‟sti asosiy rol o‟ynaydi I.P.Pavlov ta‟limotiga ko‟ra, yarim sharlar 
po‟sti organizmdagi hamma funksiyalarni idora etadi. 
Pavlov ta‟limotiga ko‟ra, katta yarim sharlar po‟sti organizmning barcha 
funksiyalarini boshqaradi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin