O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


- MAVZU. MARKAZIY NERV SISTEMASI



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

9- MAVZU. MARKAZIY NERV SISTEMASI. 
 
Tayanch tushunchalar: bosh miya, orqa miya, ketingi miya, oʻrta miya, 
oraliq miya, oldingi miya, uzunchoq miya, varoliy koʻprigi va miyacha, vegetativ 
markazlar, miya dastasi, oldingi miyaning oʻng va chap yarim sharlar. 
9.1. Bosh miya. Orqa miya. Ketingi miya. Oʻrta miya. Oraliq miya. 
Oldingi miya. Uzunchoq miya, Varoliy koʻprigi va miyacha. Toʻrt tepalik, 
qizil yadro va miyaning boshqa ba‟zi bir uchastkalari. 
Markaziy nerv sistemasi bosh miya bilan orqa miyadan tarkib topgan.
Orqa miya umurtqa pog‟onasining kanalida joylashgan bo‟lib, nerv 
to‟qimasidan tuzilgan va shaklan go‟yo yo‟g‟on chilvirga o‟xshaydi. Orqa 
miya uzunasiga ketgan ikkita egat bilan ikki qismga: o‟ng va chap qismlarga 
bo‟linadi. Orqa miyaning atrof-chekkasida oq modda (nerv tolalarining to‟plami), 
o‟rtasida esa kul rang modda (nerv hujayralarining to‟plami) joylashganligini 
orqa miyaning ko‟ndalang kesigidan ko‟rish mumkin. Kulrang modda kesigi 
shaklan kapalakka o‟xshaydi. Orqa miya oldingi qismlari oldingi ildizchalar, 
orqadagi qismlari orqadagi ildizchalar, deb ataladi. Orqa miyada nerv tutam 
bo‟lib joylashgan, qo‟zg‟alish periferiyadagi nerv uchlaridan, skelet muskullari, 
teri, shiliq pardalardagi nerv uchlaridan shu nerv tolalarning tutamlari orqali nerv 
impulslari shaklida bosh miyaga yetib boradi va bosh miyadan periferiyaga 
keladi. Nerv tolalarining ana shu tutamlari o‟tkazuvchi yo‟llar deb ataladi.
Orqa miya ongli psixik jarayonlarning bevosita markazi bo‟lmay, balki ongsiz 
reflektor harakatlarni idora etadigan markazdir. U tana va qo‟l-oyoq muskullarini, 
ko‟z muskullarini idora qiladi, shuningdek, organizmda bo‟ladigan bir qancha 
fiziologik jarayonlarni, ya‟ni tomir harakatlari, ter chiqarish va boshqa shu kabi 
fiziologik jarayonlarni ham idora etadigan markazdir. Ana shu markazlardan bir 
qismi vegetativ nerv sistemasiga taalluqlidir. 
Bosh miya kalla qutisida joylashgan bo‟lib, go‟yo orqa miya tepasidagi 
ustki qavat hisoblanadi. 
Mutaxassislar tomonidan bosh miya quyidagi qismlarga ajratiladi. 


71 
ketingi miya; 
o‟rta miya; 
oraliq miya; 
oldingi miya. 
Ketingi miyaga uzunchoq miya, Varoliy ko‟prigi va miyacha kiradi. 
Uzunchoq miya bilan Varoliy ko‟prigi orqa miyaning go‟yo bevosita davomidir. 
Lekin shu bilan birga, uzunchoq miya orqa miyaga qaraganda xiyla murakkab 
vazifani o‟taydi. Uzunchoq miya orqali orqa miyadan bosh miyaning 
yuqoriroqdagi bo‟limlariga va, aksincha, bosh miyaning yuqoriroqdagi 
bo‟limlaridan orqa miyaga impulslar o‟tib turadi. Uzunchoq miya yadrolari 
emish, chaynash, yutish, so‟lak ajratish, me‟da va me‟da osti bezidan shira 
ajratish, qusish va shunga o‟xshash bir qancha murakkab reflektor jarayonlarda 
qatnashadi. Nafas olishni, yurakning ishla shini idora etadigan, qon tomirlar 
tonusini saqlaydigan markazlar uzunchoq miyadadir. Miyacha markaziy nerv 
sistemasining pastdagi hamma bo‟limlariga, shuningdek, yuqoriroqdagi 
qismlariga ko‟p yo‟llar bilan mahkam bog‟langandir. Miyachaning juda qatta 
ahamiyatga ega eqanligi loaqal shundan ham ko‟rinadiki, miyacha olib 
tashlangandan keyin tananing muvozanat va harakat funksiyalari juda ham 
buziladi; harakatlar tartibsiz, chalkash, poyma-poy bo‟lib qoladi. Miyachasi olib 
tashlangan hayvon qaddini ko‟tarib va boshini tutib turolmaydi; boshi va tanasi 
doim tebranib turadi; omonat, poyma-poy, haddan tashqari keskin harakatlar 
qiladi. 
O‟rta miya. Muskul tonusining normal taqsimlanishini va gavdaning 
tovush hamda yorug‟lik singari qo‟zg‟ovchilarga, shuningdek og‟irlik 
kuchiga nisbatan to‟g‟ri turishini idora etadigan to‟rt tepalik, qizil yadro va 
miyaning boshqa ba‟zi bir uchastkalari o‟rta miya tarkibiga kiradi. O‟rta miyasi 
olib tashlangan mushuk, it va maymunlar normal harakat qila olmaydigan 
bo‟lib qoladi. Oraliq miya muhim funksiyalarni o‟taydigan bir qancha nerv 
uchastkalaridan iborat. Gavdaning umumiy sezuvchanligini ham o‟rta miya idora 
etadi. Pastroqdagi vegetativ markazlarning ishlarini birlashtiradigan va 


72 
muvofiqlashtiradigan oliy vegetativ markazlar ham o‟rta miyada deb taxmin 
qilinadi. 
Uzunchoq miya, Varoliy ko‟prigi, o‟rta miya va oraliq miya hammasi 
birgalikda miya dastasi yoki miya stvoli deb ataladi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin