O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
Nazorat savollari: 
1. Mehnat faoliyat haqida umumiy tasnif keltiring? 
2. Ehtiyojlarning vujudga kelishi haqida ma`lumot bering? 
3. Individ, subʻekt, shaxs, individuallik tushunchalarini izohlang? 
 
 
 
 


89 
12- MAVZU. PSIXIK JARAYONLARNING VUJUDGA KELISHIDA 
NUTQNING AHAMIYATI 
Tayanch tushunchalar: muloqot, kommunikatsiya, axborot almashinuvi, 
kommunikativ funksiya, verbal, noverbal, nutq, muommala tuzilishi, faoliyat 
ehtiyoj. 
 
12.1. Mehnat faoliyatida nutqning vujudga kelishi va rivojlanishi. 
Psixologiya lug‟atida muloqot tushunchasiga ikki xil ta‟rif beriladi:
1. Muloqot - hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa
o‟rnatish va uni rivojlantirish jarayoni. 
2. Muloqot - belgilar tizimi orqali subyektlarning o‟zaro ta‟sirlashuvi.
Muloqot - odamlar o‟rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib 
chiqadigan bog‟lanishlar rivojlanishining ko‟p qirrali jarayonidir. Muloqot 
(munosabat) birgalikda faoliyat ko‟rsatuvchilar o‟rtasida axborot ayirboshlashni 
o‟z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o‟zaro aloqaga doir) jihati 
hisobga olinadi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak. 
Kommunikatsiya - tirik va o‟lik tabiatdagi tizimlar o‟rtasida axborot 
almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‟rtasidagi signallar almashinuvi, insonning 
texnik vositalar bilan aloqa qilishi - bularning barchasi kommunikatsiya. Muloqot 
esa faqat insonlar o‟rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan 
boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo‟lish jarayonida shaxsga aylanib 
boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Muloqot ijtimoiy faollikning 
ontogenezda (individual rivojlanish yo‟li) paydo bo‟ladigan birinchi turidir. 
Faoliyat davomida insonlar o‟rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar 
shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o‟zaro chambarchas bog‟liqdir. Kishilar 
munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir 
jihati munosabatga kirishuvchilarning o‟zaro birgalikdagi harakati - nutq 
jarayonida faqat so‟zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan 
iborat. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini 
idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni 


90 
hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo‟lamiz. Demak, muloqot 
jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o‟zaro birgalikda harakat 
qilish) va perseptiv (o‟zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi. Muloqot 
psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda o‟z ifodasini topadi: 1) 
hamkorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o‟zaro ta‟sir va muloqot 
qonuniyatlarini o‟rganish; 2) sharq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini 
tahlil qilish; 3) o‟quvchini faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlar 
mavjudligini ta‟kidlab o‟tish; 4) o‟quvchilarda kasbiy layoqatni faollashtirishga 
qaratilgan 
muloqotni 
shakllantirish; 
5) 
shaxslararo 
munosabatlarni 
muvofiqlashtirishda muloqotning rolini orttirish; 6) o‟zaro ta‟sir etishning ayrim 
oqibatlarini hisobga olish. Bundan tashqari muloqotning inson ijtimoiy hayotida 
bajaradigan vazifalari (funksiya) ham mavjud.
Muloqot funksiyalari xilma-xil bo‟lib, eng keng tarqalgan tasnifga ko‟ra ular 
quyidagilardan iborat: (B.F.Lomov tasnifi): l. Informatsion - kommunikativ 
funksiya - axborot almashinuvini ta‟minlash vazifasi. Axborot almashinuvi turli 
belgilar, tizimlar orqali amalga oshiriladi. Odatda verbal (unda belgilar tizimi 
sifatida nutq ishlatiladi) va noverbal (unda belgilar tizimi ishlatiladi) 
kommunikatsiya farqlanadi. Noverbal kommunikatsiya bir necha shakldan iborat: 
kinetika 
(imo-ishora, 
mimika, 
pantomimika); 
paralingvistika 
(ovoz 
lokalizatsiyalari, pauzalar); proksemika (masofa va vaqt me‟yorlari); vizual aloqa 
(ko‟zlar orqali aloqa); takesika (jismoniy aloqa). Ba‟zida muloqotdagi 
individlarning hidlari ham o‟ziga xos belgilar tizimi sifatida baholanadi. 
Regulatsion-kommunikativ funksiya - suhbatdoshlar xulq-atvorining regulyatsiya 
qilinishi (boshqarilishi)ni ta‟minlash vazifasi. Kishilar muloqot jarayonida verbal, 
jismoniy, noverbal yo‟llar bilan bir-birining motivlariga, maqsadlariga, qaror qabul 
qilishiga ta‟sir o‟tkazishi, biror harakatga undashi va harakatini nazorat qilishi, bir-
birining xulq-atvoriga stimullashtiruvchi va korreksiyalovchi tarzda ta‟sir 
ko‟rsatishi mumkin.
Affektiv-kommunikativ funksiya - inson emotsional sohasining regulyatsiya 
(boshqarish) qilinishini ta‟minlash vazifasi. Muloqot inson emotsional 


91 
holatlarining eng muhim determinantasiyasidir. Chunki turli tuman emotsional 
holatlar muloqot jarayonida paydo bo‟ladi va o‟zgaradi.
L.A.Karpenko taklif etgan tasnifga ko‟ra muloqotning quyidagi vazifalari 
ajratiladi: aloqa o‟rnatish vazifasi - suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun 
tayyorlash; informatsion vazifa - suhbatdosh bilan muayyan ma‟lumotlar, fikrlar va 
rejalarni almashish; faoliyatga undash - suhbatdoshni biror harakatni bajarishga 
stimullashtirish (rag‟batlantirish); koordinatsion vazifa - suhbatdosh bilan 
hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish va uni amalga oshirishdagi harakatlarni 
muvofiqlashtirish; tushunishni ta‟minlash vazifasi - suhbatdoshning fikrlari va 
hissiyotlarini tushunish; amotiv vazifa - suhbatdoshda muayyan hissiyotlarni 
uyg‟otish hamda ularni o‟zgartirish; munosabat o‟rnatish vazifasi - munosabatlar 
tizimidagi shaxsiy o‟rni, mavqeni aniqlash; ta‟sir ko‟rsatish vazifasi - 
suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy xususiyatlari, maqsadlarini o‟zgartirish. 
Demak, muloqot murakkab polifunksional ya‟ni ko‟p vazifali hodisadir. Biz 
bo‟lajak mutaxassislarda quyidagi muomala xususiyatlarini shakllantirishimiz 
zarur: muomala madaniyatining nazariy asoslari; shaxslararo munosabatlar 
qonuniyatlari; pedagogik muloqotning qonuniyatlari; oilada, guruh va jamoalarda 
muloqotga qo‟yiladigan asosiy talablar haqida tasavvurga ega bo‟lish; shaxsda 
muloqot shakllanishini o‟rganish; muomala madaniyatini barcha guruh va 
jamoalarda shakllantirish; shaxslararo munosabatlarda muloqotning ahamiyatini 
kuzatish; muloqot xossalarini bilish va qo‟llay olish; guruhlarda muloqotni 
shakllantirish metodikalarini o‟tkazish; oilada muloqot madaniyati, muloqot 
xossalaridan boxabar bo‟lish; muloqot madaniyatini shakllantirish maqsadida 
psixologik maslahatlar tashkil etish yuzasidan ko‟nikmalar hosil qilish. 
Muloqot psixologiyasi fani psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog‟liq 
holda rivojlanadi. Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy bog‟liq. Pedagogik 
muloqotda ta‟lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, o‟qituvchi va 
o‟quvchi munosabatlari, o‟qituvchi psixologiyasi, maktablarda ta‟lim-tarbiya 
jarayonlarini boshqarish muhim o‟rinni egallaydi. Ijtimoiy psixologiya fanida 
muloqot tarkibi (struktura) muammosi muhim o‟rin tutadi. Chunki muloqot 


92 
tuzilishini aniqlab olish uning tarkibidagi har bir elementni alohida tahlil qilish 
imkonini beradi. Muloqotning asosiy tarkibi quyidagi elementlardan tashkil 
topgan, deb hisoblanadi.
Muloqotning kommunikativ tomoni muloqot ishtirokchilari o‟rtasidagi 
axborot almashinuvidan, interaktiv jihati muloqot ishtirokchilarining o‟zaro 
ta‟sirlashuvidan, perseptiv tomoni esa muloqot ishtirokchilarining muloqot 
jarayonida bir-birini idrok etishi va bilishidan iborat. Ijtimoiy psixologiya turli 
ijtimoiy guruhlar, jamoaning psixik namoyon bo‟lishi, katta guruhlar - 
jamoalarning kayfiyati, tafakkuri, raqobati kabilarni o‟rganadi. Boshqaruvda 
rahbarlarda nutq qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa 
olish uchun muloqot psixologiyasini bilish zarur. Muloqot din psixologiyasi uchun 
ham juda katta ahamiyatga ega. Din psixologiyasi diniy ong xususiyatlari, uning 
psixologik va ijtimoiy asoslari, vazifalari, tizimi, diniy his-tuyg‟ular, diniy guruhlar 
psixologiyasini o‟rganishda albatta muloqot xususiyatlari, muloqot madaniyatini 
bilishga asoslanadi. Demak, muloqot psixologiyasi psixologiyaning barcha 
tarmoqlari bilan bog‟liq holda rivojlanadi.
Transakt tahlil amerikalik psixolog va psixiatr Erik Bern tomonidan ishlab 
chiqilgan. U psixoanaliz (tahlil) g‟oyalarini rivojlantirib, nazariy psixologiya va 
psixoterapevtik amaliyotdagi original yo‟nalishlardan biri – “transakt tahlil” 
yo‟nalishiga asos soldi. Bu tahlilga ko‟ra, shaxs uch EGO holatini o‟z ichiga oladi: 
bolalik, ota-onalik, katta odam. Boshqalar bilan bo‟lgan munosabatning har bir 
daqiqasida individ shunday holatlardan birida bo‟ladi. Transaksiya nima? Insonlar 
o‟rtasidagi muloqot jarayonida turli signallar almashinadi. Ushbu signallar 
transaksiya deyiladi. Transaksiya bu - muloqotga kirishayotgan individlar EGO 
holatlarining o‟zaro ta‟siridir. Har biri stimul va javob transaksiyalardan iborat. 
Transaksiya muloqot ishtirokchilaridan birini EGO holatidan olib chiqadi, birini bu 
holatga yo‟naltiradi.
E.Bernning transakt tahliliga ko‟ra insonda uchta “Men” mavjud: bolalik (B) - 
bo‟ysunuvchi, mas‟uliyatsiz, spontan reaksiyalarni namoyon etuvchi, nazoratsiz 
faolligi yuqori bo‟lgan holat. Ushbu holatda bola o‟z kechinmalarini so‟zlar bilan 


93 
emas, balki hissiyotlar bilan namoyish etadi. Bu holatning jismoniy belgilari: 
yig‟lash, qaysarlik, ming‟irlash, qo‟rquvdan cho‟chib tushish, yelka qisish, 
masxara qilish, kulish, biror narsa deb aytish uchun qo‟l ko‟tarish, uyalish, burun 
tortish. Bolalik holatida inson quyidagi: “xohlamayman”, “qilmayman”, “oyi, men 
ketdim”, “men katta bo‟lganimda...”, “hammadan ko‟p”, “eng yaxshi” kabi 
iboralardan foydalanadi. Katta odam bu so‟zni, ya‟ni “men katta bo‟lganimda” 
iborasini “men boyib ketganimda” degan shaklda ifodalaydi. Bolalar shu bilan 
birga “Nega? Qachon? Qayerda? Kim? Qanday?‟‟ savollardan ham foydalanadi. 
Bu - bolada kattalik holati uyg‟onayotganligini ko‟rsatadi.
Bolalik holati quyidagilarga bo‟linadi: tabiiy bolalik “men”i (xursandchilik, 
qayg‟u kabi spontan namoyon etuvchi), moslashuvchi bolalik “men”i 
(moslashuvchi, quloq soluvchi, o‟zini aybdor hisoblovchi, ikkilanuvchi), norozilik 
qiluvchi bolalik “men”i (qaysarlik, qarshilik qiluvchi). Ota-onalik holati (O) - 
butun mas‟uliyatni o‟z zimmasiga oluvchi, talablar va shart qo‟yadigan, nazorat 
o‟rnatadigan holat. Bu holatning jismoniy belgilari: qoshlarni uyish, ko‟rsatkich 
barmoqni yuqoriga ko‟tarish, qo‟llarni ko‟krakda chalishtirish, “uf” tortish, 
suhbatdosh yelkasini qoqib qo‟yish. Ota-onalik holatidagi kishi ko‟pincha quyidagi 
so‟zlardan foydalanadi: “yaxshilab miyanga quyib ol”, “hech qachon...”, 
“unutmagin”, “qancha gapirish kerak”, “qani qo‟lingni tekkizib kо‟rchi” (doim, 
hech qachon, mumkin, mumkin emas so‟zlari ota-onalik holatidagi kishi 
tomonidan ko‟p ishlatiladi). Baholovchi fikrlar - qoralash, maqtash ma‟nosidagi 
fikrlar (“ahmoq”, “jinnivoy”, “erkatoyim”, “bechoragina” kabi) ota-onalik 
holatidagi kishiga xos. Ota-onalik holati quyidagilarga bo‟linadi: mehribon ota-
onalik “MEN”i (yordam beruvchi, to‟g‟rilovchi, ovutuvchi), tanqidchilik “MEN”i 
(tanqid qiluvchi, buyruq beruvchi, qo‟rqituvchi). Katta odam holati (K) - vaziyatni 
inobatga ola biladigan, boshqalarning manfaatlarini ham e‟tibordan chetda 
qoldirmaydigan, mas‟uliyatni o‟zgalarning va o‟zining o‟rtasida adolatli taqsimlay 
oladigan holat. Bu holatning jismoniy belgisi: tinglayotganda yuz, ko‟z, tananing 
harakatlanishi (har 3-5 soniyada ko‟zlar pirpirashi). Bolalik holatiga xos 
qiziquvchanlik va berilib ketish ham katta odam holatidagi inson yuzida aks ettishi 


94 
mumkin. Katta kishi holatidagi inson ko‟pincha quyidagi so‟zlardan foydalanadi: 
“nima uchun?”, “kim?”, “qanday qilib?”, “qachon?”, “balki”, “menimcha”, 
“mening tushunishimcha” (masalan: “mening fikrimcha, yoshlar kattalarni hurmat 
qilishlari kerak, shart”). E. Bern fikricha, shaxsning yetukligi insonda katta odam 
EGO holatining qanchalik shakllanganligiga bog‟liq bo‟ladi. Transakt tahlilga 
ko‟ra, muloqot davomida ishtirokchilar har bir EGO holatga muvofiq keluvchi 
nuqtayi nazarda turib kontaktga kirishadilar. Ayrim transaksiyalar ijobiy 
munosabat shakllanishiga, ba‟zilari nizoga olib keladi. 
Transaktsiyalar quyidagi turlarga bo‟linadi: parallel transaktsiyalar - stimul 
transaktsiya va javob transaksiya kesishmaydi (masalan, “katta odam” holatida 
turib “bolalik” holatiga murojaat qilish, “bolalik” holatida turib “kattalik”ka javob 
qaytarish); kesishuvchi transaktsiya - stimul transaksiya va javob transaktsiya 
kesishadi (masalan, “katta odam” holatining “katta odam” holatiga murojaat 
qilishi, “ota-onalik”ning “bolalik”ka javob qaytarishi); yashirin transaktsiya - 
bevosita kuzatilayotgan xulq-atvor bilan bog‟liq bo‟lmagan transaktsiyadir. Sirti 
“yaltiroq” bo‟lgan jismoniy belgilar, so‟zlar ostiga juda salbiy mazmun 
yashiringanda shunday transaktsiya ro‟y beradi. Ushbu transaktsiyalar ikkidan 
ortiq EGO holat munosabatga kirishishi natijasida ro‟y beradi.
Muloqot pozitiv (ijobiy) tugallanishi uchun transaktsiyalar parallel bo‟lishi 
kerak. Kesishuvchi transaktsiya nizo va ziddiyatga olib keladi. Parallel 
transaktsiyaga misol: “oyijon, bu mening qo‟limdan kelmaydi”, “sen endi katta 
bola bo‟lib qolding, albatta qo‟lingdan keladi”. Kesishuvchi transaktsiyaga misol: 
“Sardor, narsalaringni joy-joyiga qo‟yib qo‟ysang-chi”, „siz menga xo‟jayin 
emassiz, bu yerda menga faqat onam buyruq bera oladi”. Bolalik holati bolalik 
davrida paydo bo‟ladi va rivojlanadi. Kattalarga taqlid qilish natijasida ota-onalik 
holati shakllanadi. Kattalik holati esa uzoq yillar davomida hayotiy tajriba orttirish 
bilan qaror topib boradi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin