O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

12.4. Muomala tuzilishi. 
Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror 
narsani tushuntirish bilan birga o‟z oldiga boshqalarga ta'sir etish, shu narsani 
ularga tushuntirish maqsadini qo‟yadi. Muloqotning maqsadi kishilarning 
birgalikdagi faoliyatiga ehtiyojini aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo o‟zaro 


98 
ta'siri sifatida namoyon bo‟ladi, ya'ni kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida 
paydo bo‟luvchi aloqa va o‟zaro ta'sirlar yig‟indisidir. Birgalikdagi faoliyat va 
muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro‟y beradi. Jamiyat ijtimoiy normalar sifatida 
maxsus xulq-atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy normalar ko‟lami 
nihoyat keng - mehnat intizomi harbiy burch va vatanparvarlik, xushmuomalalik 
qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy psixologiya nuqtai nazaridan 
muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning "repertuar"iga mos holda namoyon 
bo‟ladi. Psixologiyada "rol" deganda ijtimoiy (sosial) mavqeni egallab turuvchi har 
bir kishidan atrofdagilardan kutadigan, normativ tomonidan ma'qullangan xulq-
atvor namunasi tushuniladi. (Yosh, mansab, jins va oiladagi, o‟qituvchi va 
o‟quvchi shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki 
buvi, erkak yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon bo‟lishi mumkin). 
O‟z navbatida har bir rol o‟ziga mos talablarga javob berishi kerak. 
Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan, 
xizmat joyida direktor, kasal bo‟lsa shifokor ko‟rsatmalariga itoat etuvchi bemor, 
oilada keksa ota-onasining qobil farzandi, mehmondo‟st oila boshliqi bo‟ladi. Turli 
rollarni bajaruvchi kishilarning o‟zaro munosabati rol kutishlari bilan boshqariladi. 
Xohlaydimi yoki yo‟qmi atrofdagilar undan ma'lum namunaga mos keluvchi xulq-
atvorni kutadilar. Agar rol yaxshi bajarilmasa, ijtimoiy nazorat tomonidan 
baholanadi, 
ozmi-ko‟pmi 
cheklanishlar qilinadi. Muloqotning bevosita 
muvaffaqiyatining sharti o‟zaro ta'sir etuvchi kishilarning har biridan kutilayotgan 
harakatlarga mos keluvchi xulq-atvor namunasini qo‟llanishidadir. Kishining 
boshqalar undan nimani kutayotganini, nimani eshitishga va unda nimani ko‟rishga 
tayyor ekanligini to‟g‟ri, aniq, xatosiz ko‟chira olish qobiliyati takt deb ataladi. 
Ma'lumki takt pedagogik faoliyatda muhim komponent hisoblanadi. Ayniqsa, 
pedagogik jarayon o‟qituvchi va o‟quvchilarning uyushgan faoliyatlari asosida 
tuzilgan. Shu bois o‟qituvchi pedagogik jarayonni o‟quvchilar jamoasidan tashkil 
topganligini unutmasligi har bir o‟quvchi shaxsini e'tibordan chetda qoldirmasligi 
kerak. O‟quvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga bo‟lsada yo‟qolishi, 
og‟ir oqibatlarni vujudga keltiradi. 


99 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin