105
Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta‟minlash uchun psixika narsa va
hodisalarning xususiy obyektiv xossalarini aks ettirishi, qo‟yilgan maqsadga
erishish yo‟l-yo‟riqlarini aniqlab berishi joiz.
Uchinchidan,
faoliyat
shaxsning
xulq-atvorini
maqsadga
qaratilgan
harakatlarni ro‟yobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga
muhtojligi yo‟q faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalashi lozim.
Shuning uchun faoliyat bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo‟r berishsiz amalga oshishi
amri mahol, chunki u har ikkala omil bilan uzviy aloqaga kirishganidagina
yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi, xolos. Odatda, faoliyatga ta‟rif berilganda,
birinchi galda anglashilgan maqsad bilan boshqarilishi, so‟ngra psixik (ichki) va
jismoniy (tashqi) faollikdan iborat ekanligi ta‟kidlab o‟tiladi. Lekin ushbu belgilar
faoliyat ta‟rifini mukammal tarzda ochib berishga qurbi yetadi, degan gap emas,
albatta. Inson faolligida anglanilgan maqsad mavjudligi to‟g‟risida mulohaza
yuritish uchun har xil xususiyatli bir qancha omillarga murojaat qilishga to‟g‟ri
keladi. Faoliyatning motivlari, ro‟yobga chiqarish vositalari, axborot tanlash va uni
qayta ishlash anglanilgan yoki anglanilmagan, ba‟zan anglanilganlik noto‟kis,
hatto u noto‟g‟ri bo‟lishi mumkin. Jumladan: a) maktabgacha yoshdagi bola o‟yin
faoliyatiga nisbatan ehtiyojini goho anglaydi, xolos; b) boshlang‟ich sinf
o‟quvchisi o‟quv motivlarini hamisha ham anglash qurbiga ega bo‟lmaydi; v)
o‟smir ham xulq motivlarini noto‟kis va noto‟g‟ri anglashi mumkin; g) hatto
voyaga yetgan odam ba‟zan xulq motivini noo‟rin harakatga intiladi. Bundan
tashqari, hatto faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirish, uni ro‟yobga chiqarish
uchun qaror qabul qilish, mahsulani taxminlash, xulosa chiqarish ham
anglanilganlik kafolatiga ega emasdir. Chunki faoliyatni ro‟yobga chiqaruvchi
harakatning aksariyati ong tomonidan boshqarilmaydi, jumladan, velosiped uchish,
kuy chalish, kitob o‟qish, telefon qilish odatiy hodisadir.
Dostları ilə paylaş: