118
Ta'lim faoliyati o‟yin faoliyatining pirovardida yuzaga keladi. Bu faoliyatning
maqsadi ma'lum axborotlarni, bilimlarni, harakatlar va amallarni o‟zlashtirishdan
iboratdir. Odamning o‟z maqsadiga ko‟ra batamom o‟rganish va o‟zlashtirishdan
iborat bo‟lgan mana shunday maxsus faoliyati ta'lim faoliyati deyiladi. Psixologik
jihatdan olganda, ta'lim faoliyati o‟z ichiga quyidagi jarayonlarni oladi: ma'lum bir
nazariya va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun obyektiv
olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni o‟zlashtirish. Bu
jarayonning mahsuloti bilimlardir. Mana shu faoliyatni, ya'ni bilimlarni
o‟zlashtirishda yuzaga keladigan usul va operasiyalarni egallash, bu jarayonlarning
mahsuloti malaka va uquvlardan iboratdir. Ta'lim faoliyatining tarkibi juda ham
murakkab bo‟lib, bilimlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: