O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
 
 
 


134 
15.4. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs hayotiy yoʻnalishining shakllanishi. 
Shaxs yoʻnalganligining eng muhim tarkibiy qismlari. 
Ijtimoiylashuvning institutlaridan tashqari uning oqibati masalasi ham 
psixologiyada muhim amaliy ahamiyatga ega. Shaxs ijtimoiylashuvining eng 
asosiy mahsuli – bu uning hayotda o‟z o‟rnini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi 
faoliyatlarda ishtirok etishidir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, shaxsning 
yo‟nalganligi masalasiga ham fanda katta e‟tibor beriladi. Ijtimoiylashuv 
jarayonida shaxs hayot-faoliyatini yo‟naltirib turadigan va real vaziyatlarga 
nisbatan turg‟un, barqaror motivlar majmuiga ega bo‟lishlik shaxsning 
yo‟nalganligi deb ataladi. 
Mas‟uliyat. Bu ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi 
muhim ko‟rsatgichlardan sanaladi. Oxirgi yillarda g‟arb va rus psixologiyasida 
nazorat lokusi nazariyasi (teoriya lokusa kontrolya) keng tarqaldiki, unga ko‟ra, 
har bir insonda ikki tipli mas‟uliyat kuzatiladi. 
Birinchi tipli mas‟uliyat shundayki, shaxs o‟zining hayotida ro‟y berayotgan 
barcha hodisalarning sababchisi, mas‟uli sifatida faqat o‟zini tan oladi. (“Men 
o‟zim barcha narsalarga mas‟ulman. Mening hayotim va yutuqlarim faqat o‟zimga 
bog‟liq, shuning uchun o‟zim uchun ham, oilam uchun ham o‟zim javob 
beraman”). Mas‟uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro‟y bergan va 
beradigan voqyea, hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar (ota-
ona, o‟qituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlar va boshqalar). 
Xorij mamlakatlarda o‟tkazilgan tadqiqotlarning ko‟rsatishicha, ikkinchi turli 
mas‟uliyat ko‟proq o‟smirlarga xos bo‟lib, ulardan 84% mas‟uliyatni faqat 
boshqalarga yuklashga moyil ekanlar. Bu ma‟lum ma‟noda yoshlar o‟rtasida 
mas‟uliyatsizlikning avj olganligidandir. Shuning uchun ham “Nazorat lokusi” 
tushunchasini fanga kiritgan amerikalik olim J.Rotter (J.Rotter)ning fikricha, 
mas‟uliyatni o‟z bo‟yniga olishga o‟rgatilgan bolalarda xavotirlik, neyrotizm, 
konformizm holatlari kam uchrarkan. Ular hayotga tayyor, faol, mustaqil fikr 
yurituvchilardir.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin