O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Shaxsdagi sogʻlom eʻtiqod va mafkuraviy tasavvurlarning



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
15.2. Shaxsdagi sogʻlom eʻtiqod va mafkuraviy tasavvurlarning 
 shakllanishi. 
Shaxsga jamiyatning ta‟siri eng avvalo uning ma‟naviy tasavvurlarida


125 
dunyoqarashida, hayotga bo‟lgan munosabatlarida aks etadi. Shu ma‟noda 
mafkuraviy ongning mazmuni va sog‟lom e‟tiqodlar ham ijtimoiy muhit va unda 
o‟rnashib qolgan mezonlar asosida shakllanadi. 
Mustaqil O‟zbekistonda qisqa fursatlarda amalga oshirilgan jamiyat 
hayotidagi tub islohotlarni idrok qilishlari va ularga munosabatlar, shubhasiz, 
fuqarolarning yangicha qarashlarida, aniqrog‟i, dunyoqarashlarida namoyon 
bo‟ladi. Ushbu dunyoqarashlarning mazmunini tashkil etuvchi ilg‟or g‟oyalar 
yaxlit xalq manfaatlarini ifoda etgani sababli ham ular milliy mafkuraning 
mohiyatini tashkil etadi. Psixologik nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo‟lsak, bugun 
jamiyatimiz a‟zolari ongida shakllanayotgan milliy istiqlol g‟oyalarining genezisi, 
ya‟ni kelib chiqib, ongga o‟rnashishi jarayoni bir qator ijtimoiy-psixologik 
holatlarni o‟z ichiga oladi. Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, milliy g‟oya yoki 
progressiv-ilg‟or g‟oya ma‟lum tarixiy vaziyatlarda, ijtimoiy zaruratdan kelib 
chiqib paydo bo‟ladi. Lekin uning o‟zi genetik jihatdan o‟zidan avval mavjud 
bo‟lgan ilg‟or, o‟lmas g‟oyalarga, milliy qadriyatlarga tayanadi. Masalan, o‟zbek 
xalqi tarixiga nazar tashlaydigan bo‟lsak, xalq e‟tiqodi va tafakkurining 
sayqallashuviga sabab bo‟lgan o‟lmas qadriyatlar, xalq ma‟naviyatiga taalluqli 
nodir meros bo‟lganki, ular bugungi istiqlol davrida davlat va jamiyat qurilishi 
uchun ma‟naviy-mafkurviy omil rolini o‟ynamoqda. Sharqning buyuk 
mutafakkirlari Axmad al-Farg‟oniy, Maxmud az-Zamaxshariy, Abu Nasr al-
Farobiy, Abu Bakr Muxammad ibn Al-Abbos Al Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, 
Ibn Sino kabilarning ilmiy merosi, Amir Temurning mustaqil davlatchiligiga oid 
qonuniyatlari, fikr ilmining asoschilaridan bo‟lmish al-Marg‟iloniy hidoyalari, 
Imom al-Buxoriyning hadisiy qarashlarida bayon etilgan o‟lmas g‟oyalar asrlar 
o‟sha xalq e‟tiqodining egilmasligining yorqin misolidir. 
Bugungi mustaqillik va istiqlolning har bir kuni ham jamiyat a‟zolari 
bo‟lmish shaxslar ruhiyati uchun shunday tarixiy vaziyat va muhit rolini 
o‟ynamoqdaki, buning ta‟sirida yangi g‟oyalar paydo bo‟lishi uchun maqsad paydo 
bo‟ldi. Shuni alohida e‟tirof etish kerakki, shaxsdagi har qanday maqsad ham yangi 
g‟oyaga asos bo‟lavermaydi. Teran maqsadga erishish uchun odamda qat‟iy 


126 
ishonch bo‟lishi kerak, va u oxir-oqibat maslakka aylanadi. Ana shunday 
maslakning inson qalbiga singib, uning yurish-turishi, fikrlashi-yu, tafakkur tarziga 
aylanishi e‟tiqoddir. Bu o‟rinda yana bir psixologik holatni yoritish lozim, bu ham 
bo‟lsa, e‟tiqodning bo‟lishi yoki qat‟iy ishonchning bo‟lishini odamning o‟zi 
astoydil xohlashi kerak. 
Demak, oddiy odam, shaxs jamiyatdagi turli munosabatlar ta‟sirida bo‟lar 
ekan, u birinchi navbatda nimalarga ishonadi? Agar biz odamni biror narsaga 
astoydil ishontirmoqchi bo‟lsak, uni mantiqan asoslangan fikrlar yordamida 
ishontirishimiz ancha mushkul bo‟ladi. Xo‟sh, u nimalarga ishonadi? 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin