130
g‟oyalarining tom ma‟nodagi mohiyatini tushunish – shaxsning o‟z
manfaatiga
aloqador bo‟lgan ijtimoiy obyektlar hamda jarayonlarni anglamog‟i va shu
yo‟nalishda fidoiylarcha o‟z imkoniyatlari va iqtidorini safarbar etmog‟i lozimligi
demakdir. Mamlakatimizdagi har bir yoshning jinsi, millati, elati va yoshidan
qat‟iy nazar, o‟qishi, kasb-hunar egallashi
va halol mehnat qilishi, o‟z baxtli va
farovon, mustahkam oilasiga ega bo‟lishi uchun yaratilyotgan imkoniyatlar,
ulardagi ongli safarbarlik, yurt,
xalq uchun sadoqatli, oliyjanob insonlar bo‟lib
yetishishni ta‟minlaydi. Milliy istiqlol g‟oyalarining asosiy tushunchalaridan biri
ham har tomonlama barkamol va sog‟lom dunyoqarashli avlodni tarbiyalash
g‟oyasidir. Bundan ham jamiyat, ham uning har
bir alohida fuqarosi teng
manfaatdordir.
Dostları ilə paylaş: