O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Dunyoqarash. E‟tiqod va qiziqishlar har birimizdagi dunyoqarashni 
shakllantiradi. Shaxsning dunyoqarashi – tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga 
aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g‟oyalar majmui bulib, u shaxsni ma‟lum bir 
qolipda, o‟z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o‟rin egallashga 
chorlaydi. Mustaqillik davrida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda 
Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, an‟analarni e‟zozlashni, o‟z yaqinlariga 
mehribon va tanlagan yo‟liga – kasbi, maslagi va e‟tiqodiga sodiqlikni nazarda 
tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida 
tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e‟tiqoddir. 
Nazorat savollari: 
1. Shaxsning yaxlit dunyoqarashiga ta‟sir etadigan omillarni sanab bering? 
2. Nativizm va empirizm yo‟nalishlarining mazmun mohiyatini tushuntiring? 
3. Zamonaviy psixologik adabiyotlarda shaxsga qanday ta‟rif berilgan? 
4. Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro‟y beradigan qanday ijtimoiy institutlardan 
xabardorsiz? 


138 
16-MAVZU. CHET EL PSIXOLOGIYASIDA SHAXS NAZARIYALARI 
 
Tayanch tushunchalar: shaxs, biogenetik nazariya, sotsiogenetik nazariya, 
shaxs shakllanishi va rivojlanishi, G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi. Shaxs 
nazariyasining asosiy konsepsiya va qonuniyatlari. Ekstravert va introvertlar 
o„rtasidagi farqlar.
 
16.1. Shaxsni oʻrganishga turlicha yondashuvlar. 
Chet el psixologlarining shaxs tuzilishining mohiyatini ochib berishga 
qaratilgan ko‟pgina yondashuvlari ham yuksak ko‟rsatkichlarga erishmaganligi 
tufayli bu masalani yoritish uchun keskin o‟zgarish kiritilmadi. G.Ollport, 
G.Myurrey, R.Linton, K.Rodjers, A.Maslou va boshqa olimlarning yaqqol 
shaxsning psixologik mohiyatini tushunchalar tizimi yordami bilan xaspo‟shlashi 
ijobiy izlanish tarzida o‟ziga tortadi, lekin unda shaxs “kundalik turmushimizda biz 
bilgan shaxsning aynan timsolidir”, deb ta‟riflanadi. 
Mazkur ijobiy ezgu niyatlarni amaliyotda qaror toptirishga shaxsning tizimi 
tashkiliy tomonini baholay olmaslik va ichki omillar rolini bir tomonlama orttirish 
holati to‟sqinlik qiladi. Jumladan, R.Linton shaxs tuzilishini “individumga 
aloqador psixik holatlar va hodisalar tashkiliy agregati”, deb talqin qilishni taklif 
qiladi, buning natijasida ularning shunchaki yig‟indisi yuzaga keladi, xolos. 
Taniqli AQSH psixologi G.Ollportning fikricha, shaxs “ichki tizim”, 
“dinamik qurilma”, “Men”, “qandaydir metapsixologik Men” o‟zida oldindan 
maqsad va dispozitsiyani aks ettiruvchi, inson tafakkuri va xulq-atvorida 
mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir. Xuddi shu boisdan shaxsning 
sinfiy-tarixiy jihatdan yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o‟rnini 
psixologik talqin egallaydi. Psixologlardan T.Parsons, G.Mid va boshqalar 
“shaxsning rolli tuzilishi” nomli konsepsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit 
subyektiv dunyosini, uning psixologik qiyofasini diqqat markazidan, idrok 
maydonidan chetda qoldiradilar. Shunga qaramasdan, rus faylasuflari va 
psixologlari shaxsning strukturasiga biryoqlama yondashishga barham berishga 
intildilar, uning jamiyatda bajaradigan rolini adolatli baholab, ijtimoiy, ijtimoiy-


139 
psixologik, psixologik tizimlarda rolning turli kontekstda maqsadga muvofiq 
bajarilishini ko‟rsatib o‟tdilar. Bu kontekstdagi asosiy yoki bosh muammo rollarni 
internalizatsiyalashning yaqqol psixologik mexanizmlari, ular bilan bog‟liq 
bo‟lgan normalari, rollar o‟rtasidagi psixologik farqlar, shaxs tuzilishida 
mustahkam joy olgan, unga nisbatan tashqi omillar; qo‟zg‟atuvchilar tarzida 
saqlanuvchilar hisoblanadi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin