O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Nazorat savollari 
1. Individ, shaxs, individuallik tushunchlarni izohlab bering? 
2. Shaxsning turli fanlar nuqtai nazaridan o„rganilishini izohlang?
3. Shaxs muammosi va fanning metodologik darajalari haqida ma`lumot 
bering?


158 
4. Shaxsga nisbatan evolyutsion tarixiy va tizimli yondashuvlar haqida 
so‟zlab bering? 
5. Psixologiyaning turli yo„nalishlaridagi rivojlanish haqidagi tasavvurlar 
haqida gapirib bering?
 
 


159 
18-MAVZU. BILISH JARAYONLARINING QISQACHA TASNIFI. 
Tayanch tushunchalar: bilish jarayonlari, professional faoliyat, professional 
bilimdonlik, sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol, diqqat, nutq, idrok 
qilish qonunlari, figura va fon, rubin figurasi, mnemonika yoki mnemotexnika, 
mnemotexnik usullar. 
18.1. Bilish jarayonlari va professional faoliyat. 
Professional faoliyat shaxsdan juda ko‟p bilimlarni hamda malakalarni talab 
qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar 
muammosi), endi o‟z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o‟z ustida 
muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional bilimdonlik shu 
nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo‟nalishiki, unga faqat 
kasbiga taalluqli bo‟lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo‟lish 
yo‟llari va malakalarning takomillashuvini ta‟minlovchi psixologik jarayonlar va 
holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari va 
ularning mohiyatini va kechishini bilish demakdir. 
Ma‟lumki, odamlar bir-birlaridan ko‟p jihatlari bilan farq qiladilar. Masalan, 
ayrimlar ko‟rgan-kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq 
esga tushira oladilar. Ba‟zilar ko‟zi bilan ko‟rgan har qanday obyektni mayda 
detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. Yana birlari eshitgan narsalari 
xususida aniqroq fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga o‟z his-kechinmalarini ayta 
olsa, boshqalar – har bir hikoyaga albatta, fantaziya elementlarini qo‟shishga moyil 
bo‟ladilar. Demak, odamlarning tashqi olamdan oladigan taasurotlari va ularni 
ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil bo‟larkan. Ikkinchi tomondan, shunday 
kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning mukammalashib borishiga 
imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator 
o‟z diqqatini har qanday mayda o‟zgarishlarga ham qaratishga o‟rgansa, 
konstruktor mavhum matematik hisob-kitoblarga usta bo‟lib boradi. Iqtisodchi-
moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga o‟rgansa, shoir tabiatan barcha 
hodisa va voqyealarni badiiy bo‟yoqlarda, o‟ziga xos idrok qilishga moyilligi 


160 
oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va xususiyatlarini ongida aks ettirishi 
uning iqtidori o‟sishi va professional malakalari rivojlanganligiga bog‟liq tarzda 
kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari bo‟lmish bilish 
jarayonlari – idrok, sezgi, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning inson 
hayoti va professional o‟sishidagi roliga to‟xtalib o‟tamiz. 
Xo‟sh, bilish jarayonlari deganda psixologiyada aynan nimalar nazarda 
tutiladi? Bilish jarayonlari – bu shunday psixik jarayonlarki, ular shaxsga o‟zini 
o‟rab turgan atrof-muhitning ma‟lum va muhim xususiyatlarini anglashga, 
tushunishga va ular ustida o‟ziga zarur xulosalar chiqarib, o‟z xulq-atvorini 
rejalashtirishga imkon beradi. Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. Chunki 
har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va hodisalarning ayrim alohida 
hamda yaxlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va hodisalar bizda har bir alohida 
sharoitda o‟ziga xos hissiy-kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. 
Masalan, qorningiz och qolganda, yemishga bo‟lgan talabingizni haqiqatan bor 
yoki yo‟qligini birovlardan so‟ramaysiz-ku? Yoki kitob mutoala qilayotgan shaxs 
shu kitobni rost bilan ham o‟zi o‟qiyotganligini boshqalardan so‟ramaydi. Bunday 
ishlar o‟z-o‟zidan tabiiy jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kechasi 
bilan mutoaala qilib, o‟rganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay 
olmayotganligingiz sizni ko‟proq qiziqtiradi va siz “Xotiram ustida ishlashim 
kerak” degan xulosaga kelasiz. Darhaqiqat, bilish jarayonlari ham ma‟lum 
ma‟noda boshqariladigan jarayonlar bo‟lib, agar siz o‟z imkoniyatlaringizni 
kengaytirish yoki iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo‟lsangiz, bu jarayonlarga oid 
ma‟lum qoidalar va xususiyatlarni bilib olishingiz kerak. Inson ongi bir qarashda 
yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof-
muhitni, o‟zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o‟rganish uchun uni alohida 
psixik jarayonlarga bo‟lib o‟rgana boshlaganlar.
Bu jarayonlar – sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. 
Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog‟liqki, birini ikkinchisiz tasavvur 
qilishning o‟zi qiyin. Masalan, ko‟rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay 
ko‟ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko‟rgan yoki o‟qigan 


161 
tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to‟g‟risida fikrlash uchun bizga bir 
vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki 
nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo‟ladi. Hattoki, tasodifan qo‟limizga kirib 
ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham oddiy oh-vohga o‟xshash 
hissiyotlardan tashqari, o‟sha narsaning bu yerda qanday paydo bo‟lganligi kabi 
qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi. Murakkab kompyuter texnikasi 
chiqqandan keyin odamning o‟z psixik jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi 
ma‟lumotlarni qabul qilish (an‟anaviy idrok deb ataluvchi jarayonga o‟xshash), 
ularni qayta ishlash (tafakkurga o‟xshash) va uni saqlash (xotira) haqida ko‟p 
gapiradigan bo‟lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va 
tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko‟tardi. 
Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffiqiyatli amalga 
oshirilishi aslida inson psixikasi kompyuterdan ko‟ra murakkabligi va odam 
anglagan ma‟lumotlaridan ko‟proq narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi. 
Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam ko‟rmayotgan, his qilmayotgan 
juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqarayotganligi qayd 
etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino ko‟rayotganda bir sekundda 24 
kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko‟z o‟ngida gavdalanadi. Psixologlar shunday 
eksperiment qilishdi: kunlarning birida o‟ziga xos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr 
o‟rniga 25 ta kadr berib, o‟sha 25-kadrda “Koka-kola iching” degan yozuv berildi. 
Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg‟amaydi. Lekin tomoshadan keyin kinoteatr 
bufetida ushbu ichimlikni ichish 18% ga oshgan. Demak, aslida ong bu 
ma‟lumotni qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro‟y bermagan ekan. 
Analogik holat xotiramizda ham tez-tez ro‟y beradi. Kimnidir uchratib 
qolamizda, o‟ylanamiz: qayerda ko‟rgan ekanman? hech eslolmaysiz, lekin yuzi, 
ko‟zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam 
ko‟rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina 
chiqara olamiz. Faqat, kasal bo‟lib yoki biror narsadan qattiq tashvishga 
tushganimizda kallamizga har xil o‟y-fikrlar kelaveradi. Ongdagi ma‟lumotlarning 
aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi – odam har qanday 


162 
ma‟lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o‟zi uchun “ahamiyatsiz” deb baholagan 
narsaga diqqat ham qilmaydi, eslab qolmaydi ham. U o‟z ongida barcha mavjud 
ma‟lumotni o‟ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o‟zgartiradi. Shuning uchun ham har 
bir inson o‟ziga xos va qaytarilmasdir – individualdir, deyiladi. Bilish 
jarayonlardagi individuallik sabablarini tushunish uchun eng muhim bilish 
jarayonlari bilan tanishamiz. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin