O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Psixik jarayonlar, psixik xususiyat, psixik holatlar tushunchasi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

18.3. Psixik jarayonlar, psixik xususiyat, psixik holatlar tushunchasi. 
Psixologiya - inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida 
voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar 
toʻgʻrisidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, 
tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar 
kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari - psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy 
holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan 
iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda psixologiya bir tomondan, 
biologiya fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, 
sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantik hamda ijtimoiy fanlar bilan jips 
aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish 
ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi. 
Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida 
rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi 
miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida 
(Demokshyaning moddiy unchiligi asosida) talqin qilganlar. Ularning gʻoyalari 


164 
Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qarama-qarshi qoʻyilgan. 
Aristotel “Jon toʻgʻrisida”gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi. 
Oʻrta asrlarda psixikaga nisbatan har xil koʻrinishdagi gʻayritabiiy qarashlar 
hukmronlik qildi. Shu tufayli psixologik bilimlar rivojlanmay qoldi. Ammo baʼzi 
faylasuflar va shifokorlar (Ibn Sino va boshqalar) asarlarida bu sohada olgʻa qadam 
qoʻyildi. Inson xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qadim qoʻlyozmalar, 
yodgorliklarda oʻz aksini topa boshladi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda 
tuzilgan akademiyalarda (Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa 
shaharlarda) psixologiya yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan. 
Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X.Vives kabilar Psixologiya 
rivojiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. XVIII asrga kelib M.V.Lomonosov, 
A.N.Radishchev, G.S.Skovoroda, T.Gobbs, B.Spinoza, G.Leybnits. J.Lokk, 
K.A.Gelvetsii, A.Golbax, D.Didro psixologiyada bir talay kashfiyot qildilar, uni 
amaliy maʼlumotlar bilan boyitdilar. Psixologiya XIX asrning 2-yarmiga kelib 
mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879-yil 
dastlabki eksperimental lab.ni jihozlashga erishdi. 
Psixologiya taraqqiyotida umuman XIX asrdagi eksperimentlar alohida 
ahamiyat kasb etdi. Bu davrda psixologik real voqelikni oʻrganish uchun metodlar 
majmuasi qoʻllana boshlandi: kuzatish, laboratoriya eksperimenti, tabiiy 
eksperiment, faoliyat natijasini tahlil qilish, ruhiy jarayonlarni modellashtirish 
genetik metodi, test, ekspert baholash, intervyu, anketa, soʻrovnoma, tarjimai hol 
va h.k. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida qator psixologik ilmiy maktablar, 
yoʻnalishlar vujudga keldi: bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, personalizm, 
freydizm va h.k. Psixologiyaning rivojiga I.M.Sechenov (psixikaning reflektor 
tabiati), Pavlov (oliy nerv faoliyati) taʼlimotlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. 
Rossiyada V.M.Bexterev eksperimental laboratoriya. (Qozon, 1885), Harkov 
universiteti va N.N.Langening Odessadagi laboratoriya, G.Chelpanovning 
Kiyevdagi, S.Korsakovning Moskvadagi, keyinchalik V.M.Bexterev, A.Lazurskiy, 
A.Nechayevlarning Peterburgdagi, V.Chijning Yuryev (Tartu, Estoniya)dagi 
eksperimental laboratoriyalari psixologiya taraqqiyotiga alohida taʼsir oʻtkazdi. 


165 
1912-yil Moskva universitetida Psixologiya instituti ochildi. Shu yilda 
I.A.Sikorskiy tomonidan Kiyevda jahonda birinchi marta bolalar psixologiyasi 
instituti tashkil qilindi. XX asrning 1-yarmida Rossiyada K.N.Kornilov, 
Psixologiya Psixologiya Blonskiy va boshqa dialektikaga asoslangan ilmiy 
Psixologiyani yaratishga kirishdilar. 
Hozirgi zamon psixologiyasi koʻp tarmoqli psixologik bilimlar tizimidan 
iborat fan hisoblanib, oʻzining tadqiqot predmetiga ega boʻlgan koʻplab sohalardan 
tashkil topgan: umumiy psixologiya, aviatsiya psixologiyasi, harbiy psixologiya, 
differensial psixologiya, psixofiziologiya, muhandislik psixologiyasi, kosmik 
psixologiya, huquq psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, neyropsixologiya, 
patopsixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi, sport psixologiyasi, 
maxsus psixologiya, ijodiyot psixologiyasi, menejment psixologiyasi, marketing 
psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tashkiliy psixologiya, din 
psixologiyasi, oila psixologiyasi, psixologiya tarixi, genetik psixologiya, amaliy 
psixologiya, eksperimental psixologiya, kasb psixologiyasi, psixolingvistika, 
siyosiy psixologiya va boshqa psixologiyaning tarmoqlarga ajralishining asosiy 
sababi uning tarkibida tatbiqiy sohalar vujudga kelishidir. Psixologiya sanoatda, 
jamiyat boshqaruvida, taʼlim tizimida, sogʻliqni saklash, madaniyat, sport, 
transport, radio, televideniye va boshqa tuzilmalarda muhim masalalarni hal 
qilishda faol ishtirok qilmoqda. Psixologiya erishgan yutuqlari shaxs 
imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va ularni harakatga keltirishda alohida 
ahamiyat kasb qilmoqda hamda shu asnoda mehnat samaradorligini oshirishga 
taʼsir oʻtkazmoqda.
Zamonaviy psixologiyada elektron hisoblash texnikasi, elektr va kimyoviy 
vositalar yordami bilan psixikani chuqur oʻrganish kabilar qoʻllanilmoqda. 
Psixologiyada oʻzini oʻzi kuzatish (instrospeksiya) metodi atrofida keskin bahslar 
davom etmoqda. Baʼzi yoʻnalishdagi psixologlar uni tadqiqot oʻtkazishning asosiy 
metodi deb taʼkidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini eʼtirof qiladilar, 
buning oʻrniga obyektiv metodlardan foydalanishni tavsiya etadilar. Obyektiv 
metodlar tufayli psixikaning moddiy negizi aniklangan, inson ichki munosabatlari 


166 
bilan subyektiv holatlar sababiy bogʻliqligi yakka shaxsda, jamoada namoyon 
boʻlishi dalillangan.
Jahon hamjamiyatida AQSh, Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, 
Shveytsariya mamlakatlarida institutlari va markazlarida, universitetlarda 
psixologik izlanishlar keng koʻlamda olib borilmoqda. Inson mavjud ekan, u o‟z 
hayotiy tajribasiga asoslanib, u yoki bu holda idrok etish, olamni anglash, narsa va 
hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi haqida o‟ziga o‟zi hisob 
beradi. Biz kunda qushlarning sho‟x navosini, musiqa asboblarining xonishini, 
inson nutqini, uchib o‟tayotgan samolyot shovqinini eshitamiz, atrofimizni o‟rab 
turgan narsa, daraxt, hayvonlar, mashinalarni ko‟ramiz. Ularning rangi va hajmini 
ajrata olamiz. Mazkur jarayonlar insondagi aks ettirish xususiyati bilan 
chambarchas bog‟liq. Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy 
e'tiborni quyidagilarga qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi 
fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko‟ra 
pedagogika shaxsni ta'lim-tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, 
psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o‟rganadi. Shundan xulosa 
qilishimiz mumkinki, psixologiya fanining predmetini shaxsning psixikasi va
uning psixologik xususiyatlari tashkil
qiladi. 
Psixologiya so‟zining lug‟aviy ma'nosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos - 
fan, ta'limot degan ma'noni anglatadi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, 
ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o‟rganadi.
Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko‟ra 
psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko‟rsatilgan. Aynan psixik 
faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o‟z ichiga oladi: 
- bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat; 
- bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur; 
- shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda; 
- shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, 
qobiliyat. 


167 
Psixikaning paydo bo‟lishining asosiy shakllari M.Gamezo va 
Domashenkolarning “Atlas po psixologii” nomli qo‟llanmasida quyidagicha 
ifodalanadi:
Shunga muvofiq bir qator olimlar tomonidan psixikaga ta'riflar berilib, uning 
mazmun mohiyati ochib berilgan. Jumladan, professor M.G.Davletshin fikricha, 
psixika deganda - oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u 
obyektiv borliqni aks ettirilishida namoyon bo‟ladi, subyekt faoliyatini ma'lum 
maqsad asosida yo‟naltiradi hamda xulq-atvor negizida shakllanadi, professor 
V.M.Karimova fikricha psixika - inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi 
olamni (ichki ruhiy olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya'ni bilishimiz, 
anglashimizni ta'minlaydi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin