O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Eshitish sezgilari 
Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo‟lib, musiqaviy va 
shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga 
ajratiladi, ularning birinchisi tonli, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi. 
Tonlardan biri asosiy ton hisoblanib, u tovushning balandigini, kuchini belgilaydi, 
boshqalari keluvchi tovushlar sanalib, ular obertonlar deyiladi. Musiqa 
asboblaridan taralayotgan tovushlarning o‟ziga xosligi fan tilida tembr deb ataladi. 
Hatto nutq tovushlari ham ohangli tovushlar (unli tovushlar) yoki shovqinlardan 
(undosh tovushlar) tashkil topgan bo‟ladi. 
Eshitish sezgilari organi quloq bo‟lib, tashqi quloqlar suprasi bilan eshituv 
yo‟lidan iborat. O‟sha quloqlar nog‟ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha: 
bolg‟acha, sopdan va uzangidan tashkil topgan. Ichki quloq (quloq labirinti) o‟zaro 
birlashmagan uchta bo‟lakdan tuzilgan. Tashqi quloq havo to‟lqinlarini yig‟uvchi 
karnay vazifasini bajaradi. Nog‟ora parda va unga yopishgan suyakchalar havo 
to‟lqinlarini ichki quloqqa uzatadi. O‟rta quloq maxsus yo‟l orqali og‟iz va burun 
bo‟shlig‟i bilan tutashgan bo‟ladi. Ichki quloqlarning yuqori qismi uchta yarim 
doira kanaldan, o‟rta qismi kameradan va pastki qismi chig‟anoqdan tashkil 
topgan. Ichki quloqlarning uchchala bo‟limi endolimfa nomli suyuqlikdan 


188 
iboratdir. Ichki quloqlarning asosiy qismi chiqanoqdan iborat bo‟lib, uning ichida 
kortiy organ mavjud, u gumbaz shakliga ega bo‟lib, asosida membrana joylashgan. 
Membrana uzunligi qisqarib boruvchi elastik tolalardan iborat bo‟lib, ular tarang 
tortilgan to‟rlarga o‟xshaydi. Uning yuqori qismida maxsus, tayoqchasimon 
hujayralar mavjud va ular kortiy dugalari deb yuritiladi. Membrananing tolalari 
endolimfaga ingichka qo‟llari bor maxsus hujayralar yordamida korniy dugalari 
orqali katta yarim sharlar po‟stining bo‟lagida joylashgan.
Havo to‟lqinlarining harakati tufayli tovush chiqaruvchi jismlar tebranganida 
eshitish sezgilari hosil bo‟ladi. Agar musiqaviy tovushlar havo to‟lqinlarining 
sekin harakatlari natijasida vujudga kelsa, shovqinli tovushlar esa ularning notekis 
harakatlari natijasida yuzaga keladi. Odamning eshitish organi bir sekundda 16 
martadan 20000 martagacha tebranishli tovushlarni qabul qiladi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin