O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


Muskul - harakat sezgilari, statik sezgilar



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Muskul - harakat sezgilari, statik sezgilar 
Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar deb nomlanib, ularga og‟irlikni, 
qarshilikni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari - gavda 
muskullari, paylar, bo‟g‟imlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi 


190 
nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo‟lib, ularning ta'sirida harakat va statik 
sezgilar vujudga keladi.
Muskul - harakat sezgilarining fizik sababi muskullarga ta'sir etuvchi 
narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir. 
Statik sezgilar - gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash 
sezgilari deb ataladi. Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash 
sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibulyar apparat reseptor vazifasini bajaradi. 
Vestibulyar apparat quloq dahlizi yarim doira kanallaridan tashkil topgan bo‟ladi, 
sezuvchi nerv tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. 
Gavda muvozanatini saqlashda alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib 
yuradigan mayda ohaktosh kristallardan tashkil topgan. 
Organik sezgilar 
Organik sezgilarning reseptorlari ichki organlarda, qizilo‟ngach, me'da, 
ichak, qon tomirlari, o‟pka va shu kabilarda joylashgan bo‟ladi. Ichki organlardagi 
jarayonlar organik sezgilar reseptorlarining qo‟zg‟atuvchilaridir.
Ularga quyidagilar kiradi: 
a) og‟riq sezgilar; 
b) chanqoq sezgilari; 
v) noxush tuyg‟ular; 
g) ochlikni sezish.
 
20.3. Sezgilarni klassifikasiyasiga evolyutsion va genetik yondoshuv. 
Sezgilarning yuzaga kelishi ma'lum qonuniyatlarning asosida yuz beradi. 
Sezgilar biror bir sezgi a'zosining qo‟zg‟alishidan hosil bo‟ladi. Qo‟zg‟atuvchi 
reseptorga ta'sir etishi bilanoq sezgi hosil bo‟lmaydi. Qo‟zg‟atuvchi ta'sir eta 
boshlagandan bir necha vaqtdan keyin sezgi hosil bo‟ladi. Lekin sezgilarning har 
xil turlari faqat o‟ziga xosligi bilan emas, balki ular uchun umumiy bo‟lgan 
xususiyatlar bilan ham ifodalanadi. Sezgilarning sifati, jadalligi uzoq davom etishi 
va ko‟p joylarda yuz berishi ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi. Quyida 
sezgilarning xususiyatlari yaqqol ifodalangan. 


191 
Sifat - mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‟lib, uni boshqa sezgi 
turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi doirasida o‟zgarib turadi. Masalan, 
eshitish sezgisi past-balandligi, mayinligi, zo‟rligi bilan farq qiladi va hokazo. 
Sezgining jadalligi uning miqdorini ifoda etadigan xususiyat bo‟lib, ta'sir 
kelayotgan qo‟zg‟atuvchining kuchi va reseptorning funksional holati bilan 
belgilanadi. Sezgining davomiyligi uning vaqtinchalik xususiyati hisoblanadi. U 
ham sezgi a'zosining funksional holati bilan lekin asosan qo‟zg‟atuvchining ta'sir 
qilish vaqti va ta'sirning jadalligi bilan belgilanadi. Qo‟zg‟atuvchi sezgi a'zosiga 
ta'sir qilishi bilanoq sezgi hosil bo‟lmaydi, balki bir oz vaqt o‟tgach hosil bo‟ladi. 
Bu sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri har xil sezgi turi 
uchun turlicha, masalan, taktil sezgilari uchun 130 millisekund bo‟lsa, og‟riq 
sezgisi uchun 370 millisekundan iborat.
Bilinar - bilinmas sezgi hosil qiluvchi qo‟zg‟atuvchining minimal kuchi 
sezgirlikning quyi chegarasi deyiladi. Sezgilarning quyi chegarasi analizatorning 
absolyut sezgirligi darajasini aniqlaydi. Masalan, 1gramm qandni 1 piyola 
choydagi mazasi uncha sezilmaydi. 0.1 sm qog‟ozni qo‟l kaftiga qo‟yilsa, uning 
og‟irligi sezilmaydi. Sezgi chegarasining me'yori qanchalik kichik bo‟lsa, mazkur 
analizatorning sezgirligi shunchalik yuksak bo‟ladi. Ko‟rish va eshitish 
analizatorining sezuvchanligi juda yuksakdir. S.I.Vavilov (1851-1951)ning 
tajribalarida ko‟rsatilganidek, kishining ko‟zlari to‟r pardagi bor yo‟g‟i 28 kvant 
atrofida nur tushgan taqdirda ham yoruqlikni ko‟ra oladi. Tim qorong‟ulikda 27 
kilometr masofada yonib turgan shamni ko‟rish qobiliyatiga egamiz. Ayni paytda 
badanimizga biror narsa tekkanini sezishimiz uchun ko‟rish va eshitish sezgilari 
hosil bo‟lishiga sarflanganiga nisbatan, 100-10000000 barovar zid quvvat talab 
qilinadi. Analizatorning mutlaq sezuvchanligi sezgining faqat quyi emas, balki 
yuqori chegarasi bilan kifoyalanadi. Sezgining mutlaqo yuqori sezuvchanligi deb 
qo‟zg‟atuvchining kuch bilan ta'sir qilishiga aytiladi. Bunda ta'sir ko‟rsatayotgan 
qo‟zg‟atuvchiga aynan o‟xshaydigan sezgi hosil bo‟ladi. Bizning reseptorlarimizga 
ta'sir qilayotgan qo‟zg‟atuvchilar kuchining yana ham oshishi og‟riq sezgisini hosil 
qiladi. Sezgi a'zolari yordamida u yoki bu qo‟zg‟atuvchining faqat bor yo 


192 
yo‟qligini qayd etmasdan, balki qo‟zg‟atuvchilarning kuchiga va sifatiga qarab 
farqlay olishimiz mumkin. Sezgilar o‟rtasidagi bilanar-bilinmas farqni hosil 
qiluvchi ikkita qo‟zg‟atuvchi o‟rtasida mavjud bo‟lgan minimal farq ajratish 
chegarasi yoki ayirma chegarasi deb ataladi.
Nemis fiziologi E.Veber (1795-1878) kishining o‟ng va chap qo‟llarida 
ko‟tarib turgan ikkita narsaning qaysi biri og‟irroq ekanligini aniqlay bilish 
qobiliyatini tekshirar ekan, farq ajratish sezgirligi mutloq emas, balki nisbiyligini 
qayd etgan edi. Bundan qo‟shimcha qo‟zg‟atuvchining asosiy qo‟zg‟atuvchiga 
nisbatan doimiy o‟lcham bo‟lishi kerak, degan ma'no kelib chiqadi. Jumladan, 
qo‟lda 100 gramm og‟irlikdagi yuk turgan bo‟lsa yukning bilinar-bilinmas 
og‟irligini payqash uchun og‟irlik 3.4 gramm atrofida oshirilishi kerak. Yukning 
og‟irligi 1000 gramm bo‟lgan taqdirda esa sezgi hosil qilishida salgina farq sezishi 
uchun og‟irlik 33.3 gramm chamasi oshirilishi kerak. Shunday qilib, ilk 
qo‟zg‟atuvchining o‟lchami qanchalik katta bo‟lsa, unga qo‟shimcha ham 
shunchalik katta bo‟lishi lozim. 
Farqlanishning boshlanishi mazkur analizator uchun doimiy bo‟lgan nisbiy 
o‟lchash bilan belgilanadi. Ko‟rish analizatori uchun bu nisbat taxminan 
100
1
ni, 
eshitish analizatori uchun 
10
1
ni, taktil analizatori uchun, 
30
1
ni tashkil etadi. Bu 
holatni tajriba yo‟li bilan tekshirish uning faqat o‟rtacha kuchga ega bo‟lgan 
qo‟zg‟atuvchilar uchun urinish ekanligini ko‟rsatadi.
Nemis fizigi G.Fexner (1801-1887) Veber o‟tkazgan tajribalarda olingan 
ma'lumotlarga asoslanib, sezgilarning jadalligi qo‟zg‟atuvchining kuchiga 
bog‟liqligini quyidagicha shaklida ifodalangan edi. 
S = KLg j +C 
Bunda S - sezgining jadalligini, j - qo‟zg‟atuvchining kuchini, K va C 
konstantlar o‟zgarmas, doimiyligi va miqdorlarni bildiradi. Asosiy psixofizik 
qonun nomi bilan yuritiladigan qonun quyidagicha izohlanadi. Sezgining jadalligi 
qo‟zg‟atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Boshqacha qilib aytganda, 


193 
qo‟zg‟atuvchining kuchi geometrik progressiya yo‟li bilan osha borgan taqdirda 
sezgilarning jadalligi arifmetik progressiya yo‟li bilan oshadi. Bu qonun Veber - 
Fexner qonuni ham deb ataladi. Ayirma sezuvchanlik yoxud farq ajratish 
sezuvchanligi ham farqlanish chegarasining o‟lchamiga nisbatan teskari 
bog‟lanishda bo‟ladi; farqlanish chegarasi qanchalik katta bo‟lsa, ayirma 
sezuvchanlik ham shunchalik kam bo‟ladi. 
Sezgilar chegarasining absolyut me'yori bilan belgilanadigan analizatorning 
sezgirligi barqaror bo‟lmasdan qator fiziologik va psixologik shart-sharoitlar ta'siri 
ostida o‟zgarib turadi. Ushbu shart-sharoitlar orasida adaptatsiya (moslashish) 
hodisasi alohida o‟rin egallaydi.
Adaptatsiya - yoxud moslashuv - sezgi organlari sezgirligining 
qo‟zg‟atuvchi ta'siri ostida o‟zgarishi demakdir. 
Adaptatsiya (yoki moslashish) ikki turga bo‟linadi: 
a) negativ adaptasiya; 
b) pozitiv adaptasiya. 
Pozitiv adaptatsiyada kuchsiz qo‟zg‟atuvchi ta'siri ostida sezgirlik oshadi. 
Ko‟rish analizatorida pozitiv adaptatsiya, qorong‟ulik adaptatsiyasi deyiladi. 
Negativ adaptasiya ikki xil bo‟ladi: 
a) qo‟zg‟atuvchining davomiy ta'siridan sezgirlik yo‟qoladi. Masalan, 
qo‟limizga yuk qo‟yilsa sezamiz, ammo vaqt o‟tishi bilan sezmay qolamiz. 
b) kuchli qo‟zg‟atuvchi ta'siridan sezgirlikning susayishi. Masalan, qorong‟u 
xonadan birdaniga chiqib qolsak, avvaliga hech narsa ko‟rmaymiz, vaqt o‟tishi 
bilan sezgirlik pasayib biz normal ko‟ramiz.
Adaptatsiya teri reseptorlarida tez yuzaga keladi. I.P.Pavlov fikricha, 
"Adaptatsiya bosh miya po‟stloq qismidagi muhofazalovchi tormozlanishi tufayli 
hosil bo‟ladi". Haroratga, hidlarga nisbatan ham adaptasiya bo‟ladi. 
Sensibilizatsiya - analizatorlarning o‟zaro munosabati va mashq qilishi 
natijasida sezgirlikning kuchayishidir. 
Sensibilizatsiyaning adaptatsiyadan farqi: 


194 
1. Adaptatsiyada sezgirlik oshadi yoki kamayadi, sensibilizatsiyada esa faqat 
oshadi; 
2. adaptatsiyada sezgirlikning o‟zgarishi tashqi chegaralarga bog‟liq bo‟lsa, 
sensibilizasiyada psixologik, fiziologik holatlarga bog‟liq bo‟ladi. 
Sinesteziya qo‟zg‟atuvchining bir analizatorga ta'siri bilan boshqa 
analizatorga xos sezgining paydo bo‟lishidir. Ko‟rish, eshitish sinesteziyasi 
ko‟proq uchraydi. Sinesteziyalar har bir shaxs uchun doimiy bo‟ladi. Masalan, 
kompozitorlardan Skrebin, A.F.Lest, N.Rimskiy Korsakovlarda "rangdor eshitish" 
qobiliyati bo‟lgan. Demak, sinesteziya ikki sezgining bir sezgi bo‟lib 
qo‟shilishidir. "Masalan, "shirin so‟z", "bag‟ri tosh". Sezgilar kontrasti qarama-
qarshi sifatga ega bo‟lgan bir vaqtdagi qo‟zg‟alish tufayli sezgirlikning 
o‟zgarishidir. Masalan, tinch joyda tovush kuchliroq seziladi. Oqimtir fonda qora 
rang qoraroq, qoramtir fonda oq rang yana ham och bo‟lib seziladi. Odam 
charchaganda 
sezgirlik 
pasayadi. 
Harakat 
oshganda 
sovuqqa 
sezgirlik 
o‟tkirlashadi. Sezgirlik kasbga ham bog‟liq. Masalan, rassomlarda rang sezish, 
musiqachilarda tovush sezish va shu kabilar. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin