O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Nazorat savollari: 
1. Sezgi tushunchasining mazmunini izohlang? 
2. Sezgilarning nerv fiziologik asoslari tushuntirib bering? 
3. Sezgining xususiyatlari va tavsifi haqida nimalarni bilasiz?
4. Sezgining shaxsdagi rivojlanish bosqichlari haqida aytib bering? 


195 
GLOSSARIY 
 
 Attraksiya – (fran. attraktion – qiziqmoq, intilmoq) - kishini boshqa kishi 
tomonidan qanday qabul qilinishini belgilovchi tushuncha, ya‟ni bir kishini ko‟rib 
qolganda, idrok etganda yuz beradigan tafakkur turi. 
Audometr - (lot. audire - eshitmoq, yunon. metrio-o‟lchayman) eshitish 
sezgisining kuchini aniqlaydigan asbob.
Agglyutinatsiya - (lot. agglutinare - yopishtirmoq) bir necha narsalarning 
ayrim har xil qismlarini olib birlashtirilib, yangi narsa va hodisalarning obrazlariga 
yaratilgan iborat xayol faoliyati. Mavjud obraz va tasavvur qismlarini bir-biriga
“yopishtirib” qo‟shish asosida yuzaga keladi. Masalan: suv parisi obrazi. 
Antipatiya - (yunon. antipotheia-ko‟ngilsizlik, xushlamaslik,yoqtirmaslik) 
biror narsaga yoki kimsaga nisbatan bo‟lgan salbiy munosabatdan kelib chiqadigan 
va uni ifodalaydigan yoqimsiz hissiyot. 
Adaptatsiya - (lot. adaptaro – moslashmoq) sezgi a‟zolari (analizatorlar) ning 
ta‟sirot kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning o‟zgarishi 
adaptatsiya hodisasida sezgirlik ortishi yoki kamayishi mumkin. Kuchli ta‟sirdan 
kuchsiz ta‟sirga o‟tganda sezgirlik asta-sekin ortib boradi, ta‟sir kuchayganda esa, 
sezgirlik, aksincha, kamayib boradi. Adaptatsiya qonuniyati, organik sezgilardan 
boshqa, barcha sezgilar sohasiga xosdir. U fiziologik, ijtimoiy – psixologik va 
kasbiy moslashishga bo‟linadi. 
Anesteziya - (yunon anaisthesia-sezgisizlik, sezmaslik) – nerv tizimining 
kasallanishi oqibatida sezgirlikning yo‟qolishi. 
Asteniya - (yunon. asthenea-holsizlik) kuchli toliqish, sezgirlikning susayishi, 
kayfiyatning beqarorligi, uyquning buzilishi bilan ifodalanuvchi ruhan sustlik, 
ojizlik holati. Unga uzoq muddat spirtli ichimlik ichish natijasida hosil bo‟ladigan 
ruhiy sustlik misol bo‟ladi.
Apatiya - charchash, og‟ir his-tuyg‟u yoki kasallik oqibatida qiziqishning 
so‟nishi, atrofdagilarga nisbatan befarq bo‟lish, ma‟yuslik kabi ruhiy holatlar. 


196 
Affekt - (lot. affektus-ruhiy hayajon, ehtiros) kuchli, tez va jo‟shqin 
kechuvchi, nisbatan qisqa muddatli, his-hayajonli, irodaviy nazorat yo‟qotilgan 
ruhiy holat. 
Afaziya - (yunon. yuk. phasia-nutq) eshitish a‟zolarining sog‟lom bo‟lgani 
holda nutq faoliyatining buzilishi. Bosh miya katta yarim sharlari po‟stlog‟ining 
shikastlanishi natijasida paydo bo‟ladi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin