O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Nazorat savollari: 
1. Mehnat faoliyatida nutqning vujudga kelishi va rivojlanishi deganda nimani 
tushunasiz? 
2. Nutq funksiyalarining shaxs hayotiy jarayonlardagi o`rni haqida ma`lumot 
bering? 
3. Nutqli va nutqsiz muomala haqida tushuncha bering?
4. Muomala tuzilishi haqida umumiy ma`lumot bering? 
 
 


100 
13-MAVZU. ONTOGENEZDA INSON PSIXIKASINING RIVOJLANISHI 
Tayanch tushunchalar: intereorizatsiya, ekstereorizatsiya, ontogenez
filogenez, yosh davrlari, obyekt va subyekt. 
 
13.1. Ijtimoiy-tarixiy tajribada shaxs va ongning vujudga kelishi. 
Ontogenez (yun. ontos - borliq va genez) - organizmning individual 
rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan 
ketma-ket oʻzgarishlar majmui. Ontogenez terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) 
fanga kiritgan. Ontogenez urugʻlangan tuxum hujayra, yaʼni zigotadan boshlanadi. 
Jinssiz koʻpayadigan organizmlarda yangi organizm ona hujayraning boʻlinishidan 
(bir hujayralilarda), kurtaklanishdan yoki tugunak, ildizpoya va boshqa vegetativ 
organlardan (vegetativ koʻpayishda) vujudga keladi. Ontogenez organizmning 
xususiy rivojlanishi davomida roʻy beradigan barcha morfologik, fiziologik va 
funksional jarayonlarni qamrab oladigan, oʻzaro uzviy bogʻlangan miqdor va sifat 
oʻzgarishlari orqali amalga oshadi. Ontogenez ketma-ket keladigan bosqichlar 
rivojlanish davrlaridan iborat. Jinsiy koʻpayadigan organizmlarda bu bosqichlar 
murtak (embrional), murtakdan keyingi, yaʼni postembrional va balogʻatga yetish 
davrlarini oʻz ichiga oladi. Ontogenez davomida rivojlanayotgan organizmning 
alohida qismlari oʻsadi, ixtisoslashadi va oʻzaro muvofiqlashadi. XVIII asrda 
ontogenezni tushuntirishda ikki konsepsiya kurash olib bordi. Ulardan biri - 
preformizm ontogenezni individual oʻsishdan iborat deb tushuntirsa, ikkinchisi - 
epigenez esa uni strukturasiz murtakdan boshlanadigan yangi hosilaning 
rivojlanish jarayoni sifatida tushuntiradi. 
Zamonaviy tushunchalarga binoan, ontogenez boshlanayotgan hujayrada irsiy 
axborot kodi holatida organizmning bundan keyingi rivojlanishi programmasi 
joylashgan. Ontogenez davomida bu programma yadro bilan sitoplazmaning oʻzaro 
taʼsiri jarayonida murtakning har bir hujayrasida, uning har xil hujayralari va 
hujayra komplekslari oʻrtasida amalga oshadi. Irsiy apparat maxsus oqsil 
molekulalarining sintezini kodlash orqali morfogenetik jarayonlarning umumiy 


101 
yoʻnalishini belgilab beradi. Bu jarayonlarning amalga oshishi ozmi-koʻpmi (irsiy 
belgilangan reaksiya normasi chegarasida) tashqi muhit taʼsiri bilan bogʻliq. 
Hayvonlarda ontogenez jarayonlarini boshqarishda nerv va endokrin sistemasi 
muhim ahamiyatga ega. Ontogenez jinsiy koʻpayadigan koʻp hujayrali 
hayvonlarda, ayniqsa, murakkab sodir boʻladi. Ular ontogenezida ontogenezning 
murtakgacha 
(proembrional), 
murtak 
(embrional), 
murtakdan 
keyingi 
(postembrional), voyaga yetgan davrlari boʻladi. Proembrional davr jinsiy 
hujayralarning yetilishi (gametogenez) va urugʻlanish davrini; embrional davr 
embrionning tuxumdan yoki embrion pardadan chiqqungacha, postembrional davr 
jinsiy voyaga yetgunga oʻtgan davrni, voyaga yetgan davr esa organizmning 
yetuklik va keksaygan holatini oʻz ichiga oladi. Hayvonlarda ontogenezning 3 tipi 
maʼlum: 1) lichinkalik - tuxum poʻstidan ancha erta chiqqandan soʻng organizm 
lichinka holida hayot kechiradi, lichinka davri oxirida esa metamorfoz yuz beradi; 
2) tuxum qoʻyuvchi - murtak uzoq vaqt tuxum ichida rivojlanadi, lichinka davri 
boʻlmaydi; 3) ona qornida urugʻlangan tuxum, tuxum yoʻlida rivojlanadi, bunday 
holatda baʼzan murtak bilan ona organizm oʻrtasida yoʻldosh orqali bogʻlanish yuz 
beradi. 
Anʼanaviy 
ravishda 
ontogenezni 
embriologiya 
oʻrganar 
edi. 
Embriologiyadan 
rivojlanish 
biologiyasi 
ajralib 
chiqqandan 
soʻng 
embriologiyaning vazifasi murtakdan oldingi va murtak davrini oʻrganish boʻlib 
qoldi. Oʻsimliklarda ontogenez urugʻlangan tuxum hujayraning rivojlanishidan 
boshlanadi. Oʻsimliklarda ontogenezning oʻziga xos xususiyatlari jinssiz (sporofit) 
va jinsiy (gametofit) naslning almashinishidan iborat. Sporofit zigotadan, gametofit 
- unib chiqayotgan sporadan hosil boʻladi. Gulli oʻsimliklar hayotiy siklida sporofit 
ustunlik qiladi, erkak va urgʻochi gametofit esa qisqarib ketadi. Vegetativ 
koʻpayishda ontogenez ona organizm, shu jumladan, ixtisoslashgan organlar 
(ildizmeva, tugunak, piyozboshi va boshqalar) hujayralarining boʻlinishidan 
boshlanadi. Odatda, oʻsimliklar ontogenezi embrionlik, yuvenil (yoshlik), yetuk, 
koʻpayish va qarilik davrlariga boʻlinadi. Ontogenez davrida oʻsimliklar 
hujayralari, toʻqimalari va organlarining strukturaviy va funksional ixtisoslashuvi 
yuz beradi; oʻsimliklar turli qismlarining oʻzaro taʼsiri murakkablashib boradi; 


102 
yaxlit sistema sifatida butun bir organizm yoshga oid qaytmas oʻzgarishlar paydo 
qiladi. Ontogenezda oʻsimliklarning bir butunligi fitogormonlar, shuningdek, har 
xil organlar, fotosintez qiluvchi organ - barglar bilan suv va mineral moddalarni 
shimuvchi ildiz oʻrtasida metabolitlar almashinuvi orqali taʼminlanadi. Ontogenez 
davomida oʻsimlik oʻsadi va rivojlanadi. Oʻsish oʻsimlikning boʻyiga ortishi, yaʼni 
miqdoriy oʻzgarishi boʻlsa, rivojlanish sifat oʻzgarishidan iborat. Koʻpchilik 
oʻsimliklar yopishib yashashi tufayli ular ontogenezi koʻp jihatdan tashqi muhit 
sharoitiga bogʻliq. Oʻsimliklarda muhitning noqulay omillariga turli xil 
moslanishlar (tinim holati, fotoperiodizm va boshqalar) paydo boʻlgan. Shu tufayli 
ular faoliyatining faol davri yilning eng qulay fasliga toʻgʻri keladi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin