O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Individ, subekt, shaxs, individuallik tushunchasi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
11.3. Individ, subekt, shaxs, individuallik tushunchasi. 
Inson tabiataining o„ziga xos tomonlaridan biri uning jamiyat hayoti bilan 
bog„langan tomoni bo„lib, bu shaxs muammosini o„rganishni taqozo etuvchi jihati 
hisoblanadi. Inson mavjudligining turli jabhalardan o„rganish uzoq tarixiy davrli 
an‟analarga ega. Bu esa insonning shaxslilik aspektidagi ko„p o„lchamlilik, 
ko„pqirralilik va xilma xillik uning o„ziga xosligini belgilaydi. Ular quyidagi 
jihatlar bilan xarakterlanadi: 

shaxs fenomenining tushunish asosida qarashlar, e‟tiqod, tafakkurlash 
uslublari bilan bog„liqligi. 

shaxs tushunchasining fanlararo statusga egaligi. 

shaxsning tavsiflashning imkoniyatlari keng va boy ekanligi. 

individ, individuallik, faoliyat subyekti va shaxs tushunchalarining o„zaro 
o„xshashligi va o„zaro aloqadorligi. 

shaxs tushunchasi etimologiyasining xilma xilligi. 
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ 
ajralmas, alohida zot degan ma‟no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) 
tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog„lom (es-hushi joyida) 
odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo„q, oddiy malakalarni o„zlashtira olmaydigan 
aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb 
atash an‟ana tusiga kirib qolgan, chunki o„sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy 
munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo„la oladi. 
Individ sifatida yorug„ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta‟sirida keyinchalik 
shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk 
bolalik chog„idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga 


87 
tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo„lib, u 
yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, 
muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a‟zolari, mahalla ahli
jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning 
og„ushida, ularning qalb to„risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs 
sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog„liq 
bo„lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. 
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda 
har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Hayotda biron bir 
tanbeh berishning o„zi kimgadir ruhiy hisni uyg„otsa, boshqa birining sirtiga ham 
yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta‟sir qiluvchi barcha tashqi 
qo„zg„atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari 
(tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig„indisi bilan boyitilishi 
evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo„ladi. 
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, 
ya‟ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik 
xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, 
temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar 
yig„indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil 
shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning 
birikmasini aynan o„xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, 
yaqin odamdan ayrilganligi qayg„u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab 
bo„lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning 
mangulikka yo„nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o„zining qadr-qimmati va 
nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta‟lim va tarbiya 
yordamida yuzaga kelgan o„zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, 
betakror oliy zotdir. 
Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog„liq degan nazariyaning 
namoyandalari bo„lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSh, Angliya, Fransiya, 
Germaniya, Shvesariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning 


88 
tuzilishini o„sha ikkita asosiy omillarga, ya‟ni biologik va ijtimoiy (sotsial) 
voqeliklarning 
ta‟siriga 
bog„liq 
bo„lgan 
tuzilishining 
mavjudligidan 
manfaatdordirlar. Har bir shaxsning hayotda erishgan yutuqlari, baxtini 
xarakterlovchi ma‟lum mezonlar borki, uni o„rganishda alohida fan yo„nalishiga 
zarurat tug„iladi. Bu esa insonning ijtimoiy faolligini ta‟minlovchi shaxs 
tushunchasi bilan xarakterlanadi. Shaxs faol faoliyat subyekti bo„lib, u hayotining 
barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib boradi. Shaxsning qanday tarkib topishi 
uning yaxshi oila a‟zosi yoki ota-ona bo„lishi, uning salomatligi ham hayotda 
egallaydigan karerasiga ham o„z ta‟sirini o„tkazadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin