O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
10.4. Onglilik va ongsizlik. 
Psixika voqelikning kishi miyasidagi aksi sifatida har xil darajalari bilan 
farqlanadi. Ong-psixikaning eng yuksak darajasi bo‟lib u faqat insongagina xosdir. 
Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til 
yordamida boshqa kishilar bilan doimiy munosabatda bo‟lish natijasidir. Bu 
ma'noda ong mutafakkirlar ta'kidlab o‟tganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir.
Ongning birinchi xossasi - bu anglash demakdir. Inson ongi tevarak atrofdagi 
tashqi olamga doir bilimlar yig‟indisidan iboratdir. Anglash tashqi olamdagi 
narsalarni tushunish bo‟lib, uning tarkibiga muhim bilish jarayonlari kiradi. 
Ongning ikkinchi xossasiga binoan, ongda obyekt bilan subyekt o‟rtasidagi 
aniq farq o‟z ifodasini topadi, ya'ni odam "men" degan tushunchani "men emas" 
tushunchasidan farqini ajratadi. Odam o‟zini bilish qobiliyatiga ega bo‟lgan, ya'ni 
psixik faoliyatda o‟z-o‟zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir. 
Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni 
ko‟zlash faoliyati ta'minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ongning vazifasiga 
kiradi. Bunday faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab ko‟riladi, irodaviy 
qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo‟llari hisobga olinadi. 
Ongning to‟rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli 
his-tuyg‟ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig‟indisidir. 
Ongning yuqorida ko„rsatib o„tilgan barcha o„ziga xos xususiyatlari 
shakllanishi va namoyon bo„lishining muqarrar sharti til hisoblanadi. Nutq 
faoliyati jarayonida odam bilimlar hosil qiladi, kishi dunyoga kelgunga qadar 
uning uchun insoniyat yaratib bergan, tilda mustahkamlab, unga yetkazgan inson 
tafakkuri boyliklari bilan o„z hayotini boyitadi. A.I.Gersen shunday deb yozgan 
edi: «Har bir kishi ildizlari sal bo„lmasa Odam ato zamonlariga borib yetadigan 
dahshatli shajaraga tayanadi; sohil bo„yidagi to„lqin kabi orqamizda butun boshli 
okean − butun bir dunyo tarixining shiddati his etiladi; shu daqiqada bizning 


81 
miyamizda barcha asrlarning g„oyalari...». Til alohida ob‟ektiv tizimki, unda 
ijtimoiy-tarixiy tajriba yoki ijtimoiy ong aks etgandir. Konkert odam tomonidan 
o„zlashtirilar ekan, til ma‟lum bir ma‟noda uning real ongi bo„lib qoladi.
«Ong» tushunchasi psixologiyada, psixiatriyada va boshqa fanlarda uning 
yuqorida keltirilgan asosiy ta‟riflariga mos keladigan ma‟noda ishlatiladi. 
Psixiatrlarni bemorda ong bor yoki yo„qligi, yo bo„lmasa buzilganligi masalalari 
doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o„z-o„ziga qaerdaligi, 
vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to„g„risida o„z shaxsiy holati 
harakatlari haqida hisob bera olish imkoniyatlarini tushunadilar. Ongi yaxshi 
saqlanib shaxsiy holati hamda harakatlari haqida hisob bera olgan odam miyaga 
kelayotgan yangi axborotga o„zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho 
beradi va o„zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga va 
faoliyat vaziyatiga nisbatan tarkib topgan munosabatlar tizimini saqlab qoladi 
hamda ana shu barcha ma‟lumotlar asosida o„z hatti-harakatini idora qiladi. 
Ong ijtimoiy mahsul bo„lib, faqat insonlarga xosdir. Hayvonlarda esa ong 
bo„lmaydi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin