O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


Tafakkur - idrok va tasavvurlarimizda aks etadigan narsa tafakkurda



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Tafakkur - idrok va tasavvurlarimizda aks etadigan narsa tafakkurda 
taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumiylashtiriladi. Tafakkur - voqeylikning 
umumiylashtirilgan bevosita va eng to„liq hamda eng aniq intiqosidir. Tafakkur 
jarayonlaridagi fikrlar – muhokama va tushunchalar tushuniladi va vujudga keladi. 
Odam fikrlash faoliyati tufayli voqe‟likning idrok va tasavvurlaridagiga qaraganda 
aniqroq, to„laroq va chuqurroq bilib oladi. 
Nutq - tafakkur nutqqa chambarchas bog„liq. Fikrlarimiz – nutq yordami 
bilan shakllanadi va ifodalanadi. Kishilar nutq vositasida aloqa qilar ekanlar
fikrlarini bir-birlari bilan o„rtoqlashadilar; odamning hissiyoti va intilishlari ham 
nutqda o„z ifodasini topadi. Nutq – kishilarning til vositasi bilan aloqa qilish 
usulidir. 
Diqqat - yuqorida ko„rsatilgan psixik jarayonlarning hammasi odamda diqqat 
mavjud bo„lgandagina yuzaga chiqadi. Diqqat – ongimizning o„zimiz idrok 
etayotgan, tasavvur qilayotgan, fikr yuritilayotgan va aytayotgan narsamizga 


35 
qaratish, bir nuqtaga to„plash demakdir. Diqqat o„ziga alohida bilish jarayoni emas, 
balki bilish jarayonlarning aktiv borishi va sifatli bo„lishi uchun zarur shartdir
xolos. Ba‟zi psixologlar (masalan G.A.Fortunatov) diqqatni psixik holatlarga 
qo„shadilar. Ammo, diqqat ong faolligining o„ziga alohida bir ko„rinishi ekanligini 
keyinroq yaqqol anglashiladi. Shu sababli diqqatni iroda sohasiga ham qo„shish 
mumkin. Odamning idrok qilayotgan, tasavvur etayotgan, fikr yuritayotgan 
narsasiga va qilayotgan ishiga nisbatan ko„nglidan kechayotgan har xil yoqimli va 
yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg„ular emotsional sohaga (yoki hissiyot sohasiga) 
kiradi. 
Biz dilimizda xush yoki noxush tuyg„u his qilamiz, do„stlik, vatanga 
muhabbat his qilamiz, urush olovini yoquvchilarga qarshi g„azab xis qilamiz. 
Odamning emotsional tuyg„ulari doimo uning ehtiyoj va manfaatlari bilan bog„liq 
bo„ladi. Odamning idrok qilayotgan, tasavvur etayotgan va fikr yuritayotgan 
narsasiga va qilayotgan ishiga ijobiy yoki salbiy munosabati hissiyotda o„z 
ifodasini topadi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin