83
Mehnat faoliyati psixologiyasi faoliyatni takomilashtirish yo‟llari, usullari va
vositalarini o‟rganishdan tashqari, inson psixikasining fundamental hodisalarini
tadqiq etish (mehnat subyektining shakllanishi, holat regulyatsiyasi mexanizmlari,
mehnat sharoitida shaxs xususiyatlarining roli, kasbiy qobiliyatlarni shakllanishi va
boshqalar)ni ham o‟rganadi.
Atrof-muhitni o‟zgartiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida mehnat va
psixologiyaning o‟zaro munosabatlari mehnat faoliyati psixologiyasi mohiyatining
bir qator jiddiy holatlariga tayanadi:
U nafaqat inson mehnatini yengillashtirishga, balki mehnatni yanada
mahsuldor, jozibali, xavfsiz etib, zavq va iqtisodiy jihatdan naf berishiga
qaratilgan;
U mehnatni insonga va insonni mehnatga moslashtirishga qaratilgan
(insonning tabiat, texnika, boshqa odamlar ustidan hukmronlik qilishi g‟oyasini
munozarali, gohida mavhum etadi);
U mehnat faoliyatida psixikaning shaxsga bog‟liq va o‟zgaruvchan
xususiyatlarini turli toifadagi odamlarga xos ekanligini aks ettiruvchidir.
Dostları ilə paylaş: