11.3. Individ, subekt, shaxs, individuallik tushunchasi.
Inson tabiataining o„ziga xos tomonlaridan biri uning jamiyat hayoti bilan
bog„langan tomoni bo„lib, bu shaxs muammosini o„rganishni taqozo etuvchi jihati
hisoblanadi. Inson mavjudligining turli jabhalardan o„rganish uzoq tarixiy davrli
an‟analarga ega. Bu esa insonning shaxslilik aspektidagi ko„p o„lchamlilik,
ko„pqirralilik va xilma xillik uning o„ziga xosligini belgilaydi. Ular quyidagi
jihatlar bilan xarakterlanadi:
shaxs fenomenining tushunish asosida qarashlar, e‟tiqod, tafakkurlash
uslublari bilan bog„liqligi.
shaxs tushunchasining fanlararo statusga egaligi.
shaxsning tavsiflashning imkoniyatlari keng va boy ekanligi.
individ, individuallik, faoliyat subyekti va shaxs tushunchalarining o„zaro
o„xshashligi va o„zaro aloqadorligi.
shaxs tushunchasi etimologiyasining xilma xilligi.
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ
ajralmas, alohida zot degan ma‟no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik)
tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog„lom (es-hushi joyida)
odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo„q, oddiy malakalarni o„zlashtira olmaydigan
aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb
atash an‟ana tusiga kirib qolgan, chunki o„sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy
munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo„la oladi.
Individ sifatida yorug„ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta‟sirida keyinchalik
shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk
bolalik chog„idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga
87
tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo„lib, u
yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala,
muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a‟zolari, mahalla ahli,
jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning
og„ushida, ularning qalb to„risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs
sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog„liq
bo„lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi.
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda
har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Hayotda biron bir
tanbeh berishning o„zi kimgadir ruhiy hisni uyg„otsa, boshqa birining sirtiga ham
yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta‟sir qiluvchi barcha tashqi
qo„zg„atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari
(tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig„indisi bilan boyitilishi
evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo„ladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir,
ya‟ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik
xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter,
temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar
yig„indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil
shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning
birikmasini aynan o„xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan,
yaqin odamdan ayrilganligi qayg„u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab
bo„lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning
mangulikka yo„nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o„zining qadr-qimmati va
nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta‟lim va tarbiya
yordamida yuzaga kelgan o„zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol,
betakror oliy zotdir.
Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog„liq degan nazariyaning
namoyandalari bo„lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSh, Angliya, Fransiya,
Germaniya, Shvesariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning
88
tuzilishini o„sha ikkita asosiy omillarga, ya‟ni biologik va ijtimoiy (sotsial)
voqeliklarning
ta‟siriga
bog„liq
bo„lgan
tuzilishining
mavjudligidan
manfaatdordirlar. Har bir shaxsning hayotda erishgan yutuqlari, baxtini
xarakterlovchi ma‟lum mezonlar borki, uni o„rganishda alohida fan yo„nalishiga
zarurat tug„iladi. Bu esa insonning ijtimoiy faolligini ta‟minlovchi shaxs
tushunchasi bilan xarakterlanadi. Shaxs faol faoliyat subyekti bo„lib, u hayotining
barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib boradi. Shaxsning qanday tarkib topishi
uning yaxshi oila a‟zosi yoki ota-ona bo„lishi, uning salomatligi ham hayotda
egallaydigan karerasiga ham o„z ta‟sirini o„tkazadi.
Dostları ilə paylaş: |