O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

Nazorat savollari: 
1. Ijtimoiy-tarixiy tajribada shaxs ongining rivojlanishi qanday bo`lgan? 
2. Intereorizatsiya va ekstereorizatsiya tushunchalariga ta‟rif bering? 


106 
3. Subyekt ijodiy faoliyat natijalari deganda nimani tushunasiz? 
4. Intereorizatsiya, ekstereorizatsiya tushunchalarini izohlang? 
5. Ontogenez va filogenez haqida ma`lumot bering? 
 
 
 
 
 


107 
14-MAVZU. FAOLIYAT HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 
Tayanch tushunchalar: faoliyat, faollik, motiv, predmetli faoliyat, tashqi 
faoliyat, ichki faoliyat, sezish, fahmlash, ehtiyoj, bilish. 
 
14.1. Faoliyat tuzilishi psixologik xususiyatlarini tadqiq etish. 
Faoliyatning jabhalarini ongda aks darajasi va mukammalligi uning 
anglanilganligi ko‟rsatkichi mezoni hisoblanadi. Lekin faoliyatning anglanganligi 
darajasi keng ko‟lamli bo‟lishiga qaramasdan, maqsadni ko‟zlash (anglash) uning 
ustuvor belgisi vazifasini o‟ynayveradi. Faoliyatda maqsadni anglash ishtirok 
etmasa, unda u ixtiyorsiz (impulsiv) xatti-harakatga aylanib qoladi va bunday holat 
ko‟pincha hissiyot bilan boshqariladi. Jahl, g‟azab (affekt), kuchli ehtiros holatlari 
yuz bergan odam ixtiyorsiz harakat qiladi. Biroq xatti-harakat ixtiyorsizligi uning 
anglanilmaganligini bildirmaydi, aksincha bunda inson motivining shaxsiy jabhasi 
anglanilgan bo‟ladi, uning ijtimoiy mazmuni esa qamrab olinmaydi. Voqelikka 
nisbatan munosabatning muhim shakli sifatidagi faoliyat inson bilan uni qurshab 
turgan olam (borliq) orasida bevosita aloqa o‟rnatadi. Tabiatga, narsalarga o‟zga 
odamlar ta‟sir ko‟rsatishi ham faoliyatning qudrati bilan ro‟yobga chiqadi. Inson 
faoliyatda narsalarga nisbatan subyekt sifatida, shaxslararo munosabatda esa shaxs 
tariqasida gavdalanadi hamda imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga musharraf 
bo‟ladi. Uning natijasida ikkiyoqlama bog‟lanish uzluksiz harakatga kirishi, to‟g‟ri 
va teskari aloqa o‟rnatishi tufayli inson narsalarning, odamlarning, tabiat va 
jamiyatning o‟ziga xos xususiyatlari to‟g‟risida ma‟lumot to‟playdi. Har xil 
xususiyatli o‟zaro munosabatlar negizida faoliyat subyekti uchun narsalar 
subyektlar sifatida, odamlar esa shaxs timsolida aks eta boshlaydi. 
Inson faoliyatga yo‟naltirilgan maqsadga erishish uchun shu yo‟lda harakat 
qilishi tufayli xususiy vazifalarni bajarishga kirishadi. U o‟z oldida turgan 
maqsadni amalga oshirish uchun ma‟lum vaqt oralig‟ida u yoki bu amalni bajaradi. 
Biror matnni kompyuterda tayyorlash uchun inson oldin uni elektr tokiga ulaydi, 
ekranni ishga sozlaydi, uning tugmachalarini bosish orqali harf va so‟zlarni teradi, 
so‟ngra ma‟lum ma‟no anglatuvchi matn paydo bo‟ladi. 


108 
Psixologiyada faoliyatning alohida bir xususiy vazifasini bajarishga 
mo‟ljallangan, nisbatan tugallangan qismi (unsuri), tarkibi harakat deb nomlanadi. 
Masalan, kompyuter texnikasidan foydalanish harakatlari amalga oshiriladigan 
ishlardan tarkib topadi. Harakatlar natijasida odam borliqdagi narsalar xususiyati, 
holati, fazoviy joylashuvini o‟zgartiradi. Mazkur jarayon nafaqat harakat yordami 
bilan, balki muayyan sa‟y-harakatlar tufayli yuzaga keladi. Duradgor eshik 
yasamoqchi bo‟lsa, avval munosib material tanlaydi, ularni o‟lchaydi, unsurlarini 
sanaydi, randalaydi, qismlarni bir-biriga joylashtiradi, yopishtiradi, unga pardoz 
beradi, oshiq-moshiq qoqadi, kesaki o‟rnatadi, ochib yopilishini tekshiradi va 
hokazo. Keltirilgan misoldan ko‟rinib turibdiki, duradgorning gavdasi, oyoq-
qo‟llari, boshining tutishi sa‟y-harakatlari bilan birga “tanlash”, “ishlov berish”, 
“o‟rnatish” amal qismlari majmuasi faoliyatni tarkib toptiradi. Sa‟y-harakatning 
harakatdan farqli tomonlari uning aniqligi, maqsadga yo‟nalganligi, epchilligi, 
uyg‟unligi singari belgilarida o‟z ifodasini topadi. 
Inson faoliyatida narsalarni o‟zlashtirishga yo‟naltirlgan sa‟y-harakatlardan 
tashqari: a) tananing fazoviy holati; b) qiyofaning saqlanishi (tik turish, o‟tirish); v) 
joy almashish (yurish, yugurish); g) aloqa vositalari sa‟y-harakatlari qatnashadi. 
Odatda, aloqa vositalari tarkibiga: a) ifodali sa‟y-harakatlar (imo-ishora, 
pantomimika); b) ma‟noli ishoralar; v) nutqiy sa‟y-harakatlar kiritadi. Sa‟y-
harakatlarning ushbu turlarida ta‟kidlab o‟tilganlardan tashqari mushaklar, 
hiqildoq, tovush paychalari, nafas olish a‟zolari ishtirok etadi. Demak, narsalarni 
o‟zlashtirishga qaratilgan harakatning ishga tushishi muayyan sa‟y-harakatlar 
tizimining amalga oshirilishini anglatadi. Bu hodisa ko‟p jihatdan harakatning 
maqsadiga, ta‟sir o‟tkaziladigan narsalarning xususiyatlariga va harakatning 
amalga oshishi shart-sharoitlariga bog‟liq. Jumladan, a) kitobni olish qalamni 
olishdan boshqacharoq tarzdagi sa‟y-harakatni taqozo etadi; b) avtomobilni 
haydash velosipedda uchishga qaraganda ayricha sa‟y-harakat talab qiladi; v) 50 
kg shtangani ko‟tarishda 1 tonnaga qaraganda ko‟proq quvvat sarflanadi; g) 
kartonga katta shaklni yopishtirishga qaraganda kichik shaklni joylashtirish qiyin 
kechadi. Yuqorida keltirilgan misollar turlicha obyektlarga taalluqli bo‟lishiga 


109 
qaramay, ularda harakatning maqsadi yagonadir. Obyektlarning turlicha ekanligi 
sa‟y-harakatlarning oldiga va mushak faoliyati tuzilishiga har xil talablarni, tizimni 
qo‟yadi. 
Ushbu 
voqelik 
rus 
olimlari 
P.K.Anoxin, 
N.A.Bernshteyn, 
A.Asratyanlarning 
tadqiqotlarida 
dalillab 
berilgan. 
Ularning 
umumiy 
mulohazalariga qaraganda, mushaklarning faoliyati sa‟y-harakat vazifasi bilan 
emas, balki mazkur sa‟y-harakat ro‟y beradigan shart-sharoitlar bilan boshqarilishi 
mumkin. Mushaklar bu o‟rinda sa‟y-harakatlarning yo‟nalishini va tezligini 
ta‟minlash uchun xizmat qiladi, har xil qarshiliklarni (hajm, kuch, vazn ta‟siri) 
muayyan darajada susaytiradi. Sa‟y-harakatlarning amalga oshirilishi beto‟xtov 
ravishda nazorat qilinadi, uning mahsulasi harakatning pirovard maqsadi bilan 
qiyoslanadi va unga ayrim tuzatishlar kiritiladi, xuddi shu tarzda boshqaruv 
betinim takrorlanaveradi, harakatni nazorat qilish jarayoni esa sezgi a‟zolari 
yordami bilan vujudga keladi. Sa‟y-harakatning sensor (sezgi a‟zolari yordamida) 
nazorat qilishning isboti uning oynadagi o‟z aksiga qarab chizishda o‟z ifodasini 
topadi. Ma‟lumki, oynada qalamning odam qo‟li harakat yo‟nalishi bo‟yicha emas, 
balki qarama-qarshi tomonga harakatlanayotganday tuyuladi. Inson ko‟rish orqali 
mashqlanishi 
tufayli 
ma‟lumotlardan 
foydalanish 
bilan 
harakatni 
muvofiqlashtirishni uddalaydi. Sa‟y-harakatlarning nazorat qilish jarayoni va 
ularni boshqarish teskari aloqa prinsipiga binoan ro‟yobga chiqadi. Ushbu hodisani 
amalga oshish imkoniyati quyidagi omillarga bevosita bog‟liq holda kechadi: a) 
sezgi a‟zolari aloqa kanali vazifasini bajargan taqdirda; b) ular axborot manbai 
sifatida harakat rolini o‟ynaganda; v) sa‟y-harakatlarni aks ettiruvchi alomatlar bu 
jarayonda xabar yetkazuvchi sifatida qatnashganida va boshqalar.
Ta‟kidlab o‟tilgan omillar orqali amalga oshadigan teskari aloqaning bunday 
shaklini (ko‟rinishini) rus tadqiqotchi P.K.Anoxin teskari afferentatsiya deb atagan. 
Afferentatsiya (lotincha gogepz keltiruvchi degan ma‟no anglatadi) hamda tashqi 
qo‟zg‟atuvchilardan hamda ichki organlardan, axborotni qabul qiluvchi hissiy 
a‟zolardan markaziy nerv sistemasiga kelib tushuvchi nerv impulslarining doimiy 
oqimini bildiradi. To‟g‟ri aloqa axborotlarining tashqaridan kirib borishini anglatib 
kelsa, teskari afferentatsiya uning aks holatini aks ettiradi. Sa‟y-harakatlarning 


110 
hammasi ham organlarning faoliyatini tushuntirish uchun xizmat qiladi va nazorat 
(boshqaruv) jarayoni qanday kechishini tahlil etish imkoniyatiga ega. Narsaga 
yo‟naltirilgan harakatning ishga tushishi muayyan bir tizimga taalluqli sa‟y-
haraktlarning natijaga (mahsulaga) erishishini ta‟minlash bilan cheklanib 
qolmaydi. Balki u (harakat), birinchidan, sa‟y-harakatlarning mahsulasiga mos 
ravishda, ikkinchidan, harakatlar obyektning xususiyatlariga mutanosiblikda, 
uchinchidan, sa‟y-harakatlarni hissiy nazorat qilishni amalga oshirgan yo‟sinda 
ularga ba‟zi bir tuzatishlar kiritadi. Ushbu jarayonni osonroq tushunish uchun 
uning negizi: a) tashqi muhitning holati, b) muhitda harakatlarning vujudga kelishi, 
v) natijalar (mahsulalar) to‟g‟risida miyaga axborot beruvchi hissiy mo‟ljallarni 
egallash mujassamlashtiradi. Masalan, haydovchi avtobusni to‟xtatish tepkisini 
bosish kuchini, uning harakati tezligi, shoh ko‟chaning holati, avtobusning vazni, 
harakat qatnovi, piyodalar gavjumligi bilan so‟zsiz moslashtiradi. 
Faoliyat tarkibiga kiruvchi sa‟y-harakatlar tizimi oxir-oqibatda mazkur 
harakatning maqsadi bilan nazorat qilinadi, baholanadi va to‟g‟rilab turiladi. 
Maqsad miyada faoliyatning bo‟lg‟usi mahsulasining timsoli, o‟zgaruvchan 
andazasi tarzida vujudga kelishi mumkin. Ezgu niyatga aylangan bo‟lg‟usi andoza 
bilan harakatning amaliy natijasi qiyoslanadi, o‟z navbatida andoza sa‟y-harakatni 
yo‟naltirib turadi. Ana shu holatning turlicha psixofiziologik talqinlari mavjud 
bo‟lib, ular “bo‟lg‟usi harakat modellari”, “sa‟y-harakat dasturi”, “maqsadning 
dasturi”, “miyada harakatning o‟zi oldindan hosil qiladigan andozalari” singari 
tushunchalarda o‟z ifodasini topadi. Jumladan, ularning eng muhimlari: “harakat 
aktseptori” va “ilgarilab aks ettirish” (P.K.Anoxin), “harakatlantiruvchi vazifa” va 
“bo‟lg‟usi ehtiyoj andozasi” (N.A.Bernshteyn), “zaruriy mohiyat” va “kelajak 
andozasi” (Mittelshtedt, U.Eshbi) va boshqalar. Sanab o‟tilgan tadqiqotchilarning 
talqinlari ilmiy faraz (taxmin) tarzida berilganligi tufayli ular miyada qanday aks 
etilishi mumkinligini mukammal bilishga qodir emasmiz. Lekin ularning miyada 
ilgarilab aks ettirish to‟g‟risidagi mulohazalari, bu borada tasavvurlarning 
yaratilishi psixologiya fani uchun ijobiy ilmiy voqelik bo‟lib hisoblanadi. Faoliyat 
jahon psixologiyasi fanining asosiy (fundamental) tushunchalaridan biri 


111 
hisoblanib, ko‟pincha psixologik kategoriya sifatida olib qaraladi. Shuning bilan 
birga ushbu tushuncha haddan ziyod keng ma‟noli va ko‟p ahamiyatli tarzda 
foydalanilganligi tufayli uning mohiyati yoyiq bo‟lib boradi, natijada qiymati asl 
mazmunini yo‟qotadi. Xuddi shu boisdan psixologiyada faoliyat uchun umumiy 
qabul qilingan definitsiya mavjud emas, foydalanib kelinayotgan tuzilma, ta‟rif esa 
ko‟p hollarda tanqidga uchraydi. Holbuki shunday ekan, semantik tahlil o‟tkazish 
orqali faoliyatga nisbatan turlicha qarashlarni umumlashtirish, o‟zaro taqqoslash 
zaruriyati aniqlangan bo‟lar edi, bu esa o‟z navbatida uning (faoliyatning) ilmiy 
psixologik obyektiga aylantirishi unga aloqador tushunchalar tarkibini 
mukammallashtirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ensiklopediya, izohli lug‟at va 
lingvistik so‟zliklardagi ma‟lumotlar, ilmiy matnlar tahlilining ko‟rsatishicha, 
faoliyat tushunchasi falsafa, fiziologiya, sotsiologiya, psixologiya fanlari 
predmetidan kelib chiqib, o‟zaro qorishish oqibatida mehnat, ish, aktivlik, xulq 
singari to‟rt xil tavsifga ega bo‟lgan. 
I.M.Sechenov fiziologik organlar va tizimlar faolligi yoki ishi to‟g‟risida 
tasavvurga ega bo‟lgan, shu sababdan uning asarlarida “tafakkurning faol shakli”, 
“tafakkur faoliyati”, “miya faoliyati”, “muskul faoliyati” so‟z birikmalari keng 
ko‟lamda joy egallagan. I.P.Pavlov tomonidan “oliy nerv faoliyati”, 
N.A.Bernshteyn esa “fiziologiya faolligi” atamasi fan olamiga olib kirgan. Lekin 
N.A.Bernshteyn faollik, faoliyat, ish, mehnat tushunchalarini ma‟nosiga ko‟ra 
farqlagan bo‟lishiga qaramay, u aksariyat hollarda faollikni faoliyat ma‟nosida 
qo‟llagan. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin