O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Intereorizatsiya va ekstereorizatsiya tushunchalari



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
13.2. Intereorizatsiya va ekstereorizatsiya tushunchalari 
Tashqi olamda turli hodisalar ma'lum darajada o‟zaro doimiy bog‟liqlikka, 
ma'lum sharoitlarda namoyon bo‟ladigan biror mustahkam xususiyatga va 
tuzilishga egadir. Obyektlar bilan hodisalar o‟rtasidagi bunday barqaror (invariant) 
munosabatlarni obyektlarning muhim xususiyatlari deb yuritiladi. Bu ularning 
kelajakda qay darajada o‟zgarishi va shu maqsadga muvofiq ish tutish, ya'ni obyekt 
va hodisalarning "xatti-harakatlari"ni oldindan ko‟ra olish imkoniyatini beradi. 
Tashqi, ya'ni buyumlar bilan qilinadigan bunday holda guyo ichki, ya'ni ildam 
faoliyatni oldindan payqab olinadi. Obyekt (narsa) ustida qilinadigan konkret ishlar 
bu obyektlarning muhim xususiyatlari ustida qilinadigan operasiyalar bilan, ya'ni 
ideal (psixik) ishlar bilan almashinadi. Boshqacha qilib aytganda, narsalar bilan 
jismoniy tarzda qilinadigan ishlar shu narsalarning mazmuni bilan almashinadi. 
Tashqi real ishdan ichki ideal ishga mana shunday o‟tish jarayonini 
interorizatsiya 
deb yuritiladi (ichki ishga aylanadi). Inson psixikasi 
interiorizatsiyasi tufayli ayni chog‟da ko‟z o‟ngida yo‟q bo‟lgan narsalarning 
obrazlari bilan ishlay bilish qobiliyatiga ega. Interiorizatsiya muammosi rus 
olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, P.Y.Galperin va ularning shogirdlari 
tomonidan turli jabhalarda tadqiq qilingan. Interiorizatsiya orqali inson psixikasi 
muayyan vaqt oralig‟ida uning idrok maydonida yo‟q narsalarning timsoli (obrazi) 


103 
dan foydalanish qurbiga ega bo‟ladi. Shu narsa ma'lumki bunday o‟zgarishlarning 
muhim quroli bo‟lib, so‟z o‟zgarishi vositasi sifatida nutqiy faoliyat xizmat qiladi. 
Shuning uchun so‟zlarni to‟g‟ri ishlatishga odatlanish favqulodda buyumlarning 
muhim xususiyatlari haqida axborotdan foydalanishning usullarini o‟zlashtirish 
demakdir. Inson aqliy taraqqiyotida interiorizatsiyaning ahamiyati kattadir.
Ma'lumki, odamning ichki dunyosi paydo bo‟lgandan so‟ng har bir narsani, 
har bir harakatni oldindan ichida o‟ylab so‟ngra amalga oshiradi. Oldin ichida 
o‟ylab, so‟ngra bevosita tashqi munosabatga o‟tishi faoliyatning eksteriorizatsiyasi 
deb yuritiladi. Shuning uchun shaxs faoliyatining jismoniy (tashqi) va psixik 
(ichki) tuzilmalari bir-biri bilan uyg‟unlashganligi ko‟zga tashlanadi. Inson 
faoliyatining tashqi jabhasi uning atrof-muhitga ta'sir ko‟rsatishga mo‟ljallangan 
sa'y - harakatlar ichki psixik jihatiga bog‟liq bo‟lib, ularni motivlashtiradi, bilishga 
undaydi va boshqaradi. Shuningdek tashqi jabha o‟z navbatida a) psixik faoliyat 
buyumlar va jarayonlar xususiyatini o‟zida namoyon qiladi; b) ularning maqsadga 
muvofiq tarzda qayta o‟zgartirilishini amalga oshiradi; v) psixik andozalar 
o‟xshashligini, natijalar va harakatlarning kutilmalariga muvofiqligini ko‟rsatadi; 
g) ularni uzluksiz ravishda yo‟naltirib va nazorat qilib turadi. Shunga muvofiq 
ravishda 
tashqi 
yaqqol 
faoliyatini 
ham 
ichki 
(psixik) 
faoliyatning 
eksteriorizasiyalashuvga aylanishi deb baholash maqsadga muvofiq. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin