125
dunyoqarashida, hayotga bo‟lgan munosabatlarida aks etadi. Shu ma‟noda
mafkuraviy ongning mazmuni va sog‟lom e‟tiqodlar ham ijtimoiy muhit va unda
o‟rnashib qolgan mezonlar asosida shakllanadi.
Mustaqil O‟zbekistonda qisqa fursatlarda amalga oshirilgan jamiyat
hayotidagi tub islohotlarni idrok qilishlari
va ularga munosabatlar, shubhasiz,
fuqarolarning yangicha qarashlarida, aniqrog‟i,
dunyoqarashlarida namoyon
bo‟ladi. Ushbu dunyoqarashlarning mazmunini tashkil etuvchi ilg‟or g‟oyalar
yaxlit xalq manfaatlarini ifoda etgani sababli ham ular milliy mafkuraning
mohiyatini tashkil etadi. Psixologik nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo‟lsak, bugun
jamiyatimiz a‟zolari ongida shakllanayotgan milliy istiqlol g‟oyalarining genezisi,
ya‟ni kelib chiqib, ongga o‟rnashishi jarayoni bir
qator ijtimoiy-psixologik
holatlarni o‟z ichiga oladi. Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, milliy g‟oya yoki
progressiv-ilg‟or g‟oya ma‟lum tarixiy vaziyatlarda, ijtimoiy zaruratdan kelib
chiqib paydo bo‟ladi. Lekin uning o‟zi genetik jihatdan o‟zidan
avval mavjud
bo‟lgan ilg‟or, o‟lmas g‟oyalarga, milliy qadriyatlarga tayanadi. Masalan, o‟zbek
xalqi tarixiga nazar tashlaydigan bo‟lsak, xalq e‟tiqodi va tafakkurining
sayqallashuviga sabab bo‟lgan o‟lmas qadriyatlar, xalq ma‟naviyatiga
taalluqli
nodir meros bo‟lganki, ular bugungi istiqlol davrida davlat va jamiyat qurilishi
uchun ma‟naviy-mafkurviy omil rolini o‟ynamoqda. Sharqning buyuk
mutafakkirlari Axmad al-Farg‟oniy,
Maxmud az-Zamaxshariy, Abu Nasr al-
Farobiy, Abu Bakr Muxammad ibn Al-Abbos Al Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy,
Ibn Sino kabilarning ilmiy merosi, Amir Temurning mustaqil
davlatchiligiga oid
qonuniyatlari, fikr ilmining asoschilaridan bo‟lmish al-Marg‟iloniy hidoyalari,
Imom al-Buxoriyning hadisiy qarashlarida bayon etilgan o‟lmas g‟oyalar asrlar
o‟sha xalq e‟tiqodining egilmasligining yorqin misolidir.
Bugungi mustaqillik va istiqlolning har bir kuni ham jamiyat a‟zolari
bo‟lmish shaxslar ruhiyati uchun shunday tarixiy
vaziyat va muhit rolini
o‟ynamoqdaki, buning ta‟sirida yangi g‟oyalar paydo bo‟lishi uchun maqsad paydo
bo‟ldi. Shuni alohida e‟tirof etish kerakki, shaxsdagi har qanday maqsad ham yangi
g‟oyaga asos bo‟lavermaydi. Teran maqsadga erishish uchun odamda qat‟iy
126
ishonch bo‟lishi kerak, va u oxir-oqibat maslakka aylanadi. Ana shunday
maslakning inson qalbiga singib, uning yurish-turishi, fikrlashi-yu, tafakkur tarziga
aylanishi e‟tiqoddir. Bu o‟rinda yana bir psixologik holatni yoritish lozim, bu ham
bo‟lsa, e‟tiqodning bo‟lishi yoki qat‟iy ishonchning bo‟lishini odamning o‟zi
astoydil xohlashi kerak.
Demak, oddiy odam, shaxs jamiyatdagi turli munosabatlar ta‟sirida bo‟lar
ekan, u birinchi navbatda nimalarga ishonadi? Agar
biz odamni biror narsaga
astoydil ishontirmoqchi bo‟lsak, uni mantiqan asoslangan fikrlar yordamida
ishontirishimiz ancha mushkul bo‟ladi. Xo‟sh, u nimalarga ishonadi?
Dostları ilə paylaş: