O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Nutqli va nutqsiz muomala



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
12.3. Nutqli va nutqsiz muomala. 
Kommunikativ jarayonda qo‟llaniladigan bir necha belgilar tizimi mavjud. 
Ular verbal kommunikasiya (nutq orqali) va noverbal (nutq bilan bog‟liq 
bo‟lmaydigan belgilar orqali) kommunikasiyadir. 
Verbal kommunikatsiya. Inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‟llaniladi. Nutq 
- inson tomonidan qo‟llaniladigan tovush signallari yoki yozma belgilardan iborat 
bo‟lib, ular orqali muloqotdan olingan ma'lumot qayta ishlanadi, saqlanadi va 
uzatiladi. U jarayon til orqali amalga oshiriladi. Til so‟z belgilari tizimi bo‟lib, u 
muloqot jarayonida psixik faoliyat mahsuli bo‟lib yuzaga keladi. 
Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o‟rtasidagi 
kommunikatsiyani ta'minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul 
qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) 
va uni qabul qiluvchi (resipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi 
kerak, aks holda bir-birini to‟g‟ri tushunolmaydi. Axborot almashish muomala 
qatnashuvchilariga tushunarli belgi va mazmunga ega bo‟lishi kerak. Til so‟z 
belgilari yig‟indisidan iboratdir. So‟zning ma'nosi uning mazmuniy tomonidir. Har 
bir aloqida odamning harakatlari va faoliyatlarini boshqa odamning harakati va 
faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi. 
Birinchidan, butun insoniyatning yoki bir muncha tor doiradagi kishilar 
jamoasining ijtimoiy-tarixiy tajribasini belgilaydi. Kichkina bola dunyoni mustaqil 
ravishda bilib olmaydi. U ota-onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, 
bu javoblardan bola o‟z faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy 


97 
bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina 
qismini bola til shaklida, til yordamida so‟z belgilari tizimida hosil qila oladi. 
Maktabda ham xuddi shunday bo‟ladi, o‟quvchi olam haqida barcha bilimlarni 
o‟qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, ya'ni til yordamida o‟zlashtiradi. 
Bu yerda til o‟zining muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya'ni yashash 
vositasi, ijtimoiy-tarixiy tajribani berish va o‟zlashtirish vositasi tarzida namoyon 
bo‟ladi. 
Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish-harakati va faoliyatini ko‟pincha 
ijtimoiy qiymatga ega bo‟lmagan o‟zga kishilarning bevosita tajribalarini 
belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yo‟l olaman. Yo‟lda o‟rtog‟im uchrab 
menga: "oshxona yopilgan", deydi. Shu paytda bu xabar mening faoliyatimni 
ma'lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon jo‟nayman. Bu 
yerda til o‟zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya'ni vosita yoki kommunikasiya 
usuli yoki olamning xatti-harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon 
bo‟ladi. Natijada har qanday kommunikasiya, har qanday munosabat 
suhbatdoshiga ta'sir qilishdan iboratdir. 
Uchinchidan, har bir alohida odamning ish-harakatlari va faoliyatlarini har 
bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. Odamning "shaxsiy" o‟z 
individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va ijtimoiy tajribaning o‟ziga xos 
aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli o‟laroq, o‟z harakatlarini 
rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirish va umumiy fikriy masalalarni hal 
qilishning asosiy quroli tildir. Bu yerda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy 
faoliyatning (idrok, xotira, tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasiga to‟qnash 
keldik. So‟z belgilari tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin