13
bugungi globalizasiya sharoitida insonning jamiyatda tutgan o‟rni va zarur
maqomni egallashiga, informatsion xurujlar va turli xil ma‟lumotlarning turli
yo‟llar bilan mamlakatimizga, umuman, boshqa mamlakatlarga ham kirib kelib, u
yoki bu mintaqada asrlar mobaynida shakllangan qadriyatlar, urf-odatlar, e‟tiqod
shakllariga va tarbiya uslublariga salbiy yoki ijobiy ta‟siri jarayonlari ma‟nosida
qo‟llash shaxs ruhiyatiga aloqador sir-sinoatlarni bilishni, shaxsga o‟z-o‟zini
himoya hilish, o‟z ustida ishlash imkoniyatlarini bilishni dolzarb qilib qo‟yadi.
Zero, dunyoga yuz ochgan, yoshlari dunyo tillarini bemalol egallab,
“
internetomaniya” kasaliga chalinish arafasida turgan O‟zbekistonga ham yaxshi,
ham yomon ta‟sirlar, xurujlar mavjudligi sharoitida shaxsning o‟zini-o‟zi
psixologik jihatdan salbiy ta‟sirotlardan himoya qila olish imkoniyatlarini
kengaytirish eng dolzarb muammolardan biridir.
Ya‟ni, siyosat sohasimi, iqtisodiyotmi, mafkura yoki ma‟naviyatmi, tarbiya
yoki huquq masalalarimi, barchasida inson omili va uning manfaati talab va
ehtiyojlarini o‟rganish, undagi hayot jabhalariga ko‟nikish va teran fikrlash
qobiliyatlarini o‟stirish fan oldida turgan eng muhim vazifadir. Yoshlarni milliy
g‟oya ruhida tarbiyalash inson aqli va shuuri uchun kurashning eng samarali
usullaridan biridir. Shaxs ongi va xulqiga tajovuzlarning ortib borayotganligi,
xulqni boshqarish barcha sohalarda ustivor bo‟lgan bir sharoitda insonning
ruhiyatini, unda sodir bo‟ladigan murakkab jarayonlarni, holatlarni o‟rganishning,
yoshlarda mafkuraviy immmunitetning shakllanishining ahamiyati ham oshib
boraveradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, odamni o‟rganish qanchalik
qadimiy va an‟anaviy vazifa bo‟lishidan qat‟iy nazar, bugungi globalizasiya va
bozor munosabatlariga o‟tish davrida psixologiya fani uchun dolzarb bo‟lmagan
mavzu yoki jarayonning o‟zi yo‟qdir.
Dostları ilə paylaş: