30
ruhiy jarayonlarni o‟rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya
fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil
qiladi. Psixologiya so‟zining lug‟aviy ma'nosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos -
fan, ta'limot degan ma'noni anglatadi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar,
ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o‟rganadi. Psixologiya asosan psixikani
keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko‟ra psixikaning yuzaga keltiruvchi asosiy
psixik faoliyatlari ko‟rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o‟z
ichiga oladi:
- bilish jarayonlari: diqqat, sezgi, idrok, xotira, xayol, nutq, tafakkur;
- shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda;
- shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter,
qobiliyat.
Psixik hayot hodisalari juda xilma-xil, ammo bir-biri bilan o„zaro bog„langan
bo„ladi. Psixologiyaning vazifasi ana shu bog„lanish va munosabatlarning
qonuniyatlarini ochib berishdir. Psixik hodisalar va butun psixika rivojlanib kelgan
va xozirda ham rivojlanmoqda. Psixologiya fanining ma‟lumotlaridan amaliy
maqsadda va avvalo ta‟lim-tarbiya ishida, shuningdek, ishlab chiqarishda mehnatni
tashkil etish va ixchamlashtirishda tibbiyotda, san‟at va shunga o„xshash sohalarda
foydalanmoq uchun psixikaning taraqqiyot qonuniyatlarini bilish kerak. Shunday
qilib psixologiya psixik hayot sohalari yoki, qisqacha qilib aytganda, psixikadan
bahs yuritadi.
Dostları ilə paylaş: