O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Psixikaning zamonaviy va klassik ta‟riflari



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

5.2. Psixikaning zamonaviy va klassik ta‟riflari. 
Psixika to„g„risida dastlabki tasavvurga ega bo„lish uchun dastavval psixik 
hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik hodisalar deganda ichki, 
subyektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo„lishi tushuniladi, 
boshqacha so„z bilan aytganda, psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, 
xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, subyektiv 
tajribaning o„zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuyg„ulari, 
uning nimalarnidir esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, 


31 
xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki 
dunyosini tarkibiy qismlaridir, ya‟ni bularning hammasi subyektiv psixik hodisalar 
sanaladi. 
“Psixologiya” (yunoncha) so„z bo„lib, “jon”, “ruh” haqidagi “fan, ta‟limot” 
degan ma‟no anglatadi. Biroq hozirgi davrda “jon” tushunchasi o„rniga “psixika”ni 
qo„llashda davom etmoqda. Psixologiyada “jon”, “psixika” tushunchalari aynan bir 
xil ma‟noni bildiradi. Lekin “psixika” tushunchasi bugungi kunda “jon”dan 
kengroq ko„lamga ega bo„lib, ham ko„zga ko„rinuvchi, ham ko„zga ko„rinmovchi 
tomonlarini o„zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, 
muomala yaqqol namoyon bo„lish xususiyatiga ega bo„lsa, bilish jarayonlari, 
psixik holatlar, ichki kechinmalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada 
mujassamlashgani uchun ular ko„zga ko„rinmaydi. Psixologiya fanining keyingi 
davrdagi taraqqiyoti ular o„rtasida bir talay tafovutlarni keltirib chiqardi. Subyektiv 
hodisalarning asosiy xususiyati - ularning bevosita subyektga taalluqliligidir. Agar 
inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni 
bir davrning o„zida tushunib turadi. Inson intilsa, ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz 
ularning barchasini sodir bo„layotganligini anglab turamiz ham. Shuning uchun 
psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir bo„lishidan tashqari, ular bevosita 
ko„z o„ngimizda namoyon bo„lib turadi. Obrazli qilib aytganda, odamning ichki 
dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, odatda, shaxs bunday 
hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini hisoblanadi. 
Psixikaning turli shakllarda ko„rinishi, jumladan, psixik jarayonlar, 
anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunoncha psyche – “jon”, 
somoto – “tana” ma‟nosini anglatadi) hodisalar, inson aql-zakovati va qo„lining 
mo‟jizakorligi moddiy va ma‟naviy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday 
faktlarda (voqelikda), hodisalarda psixika namoyon bo„ladi, o„zining 
xususiyatlarini ajratadi, faqat ular orqaligina psixikani o„rganish mumkin. 
Psixologik voqelikfakt - deganda subyektning ichki kechinmalarining tarkibiy 
qismlari bilan bir qatorda ularning obyektiv shakllari (xulq-atvor, tana harakati, 


32 
jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali psixikaning 
xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini o„rganish tushuniladi.
Psixologiya tarixi boshqa fanlar singari qiziqarli va mazmundor bilimlar 
sohasidan iborat. Psixologiya tarixi insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonlarga 
xos bo`lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarning asta-sekin to`planib 
borishi tarixidir. Insonning o`zi haqidagi bilimlarni to`plab hamda chuqurlashtirib 
borishidir. Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik 
hayotini o`rganishga bo`lgan intilish kishilar hayotini har xil tarixiy bosqichlarda 
ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlar bilan taqozo qilinganligini, ba`zi 
qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Psixologiya tarixi tarixiy 
hayotning bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati 
bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlabki 
yakkayu-yagona bo`lgan psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun bir 
psixologiya fanlar sistemasi darajasiga ko`tarilganligi haqida ham ma`lumot 
beriladi. 
Psixologiya tarixi psixikaning yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini 
beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga ko`maklashadigan foydali ilmiy tekshirish 
metodlarini izlanish va yaratishda katta o`rin tutadi.Psixologiyaning butun tarixi 
davomida idealizm va materializm o`rtasida kurash kechgan. Bu kurash 
psixologiya mohiyatini turlicha tushunadi, insondagi psixik va fiziologik 
hodisalarni o`zaro munosabatlarini tushunishda hamda psixologiya predmetini 
tushunishda ifodalangan. Albatta psixologiya tarixida turlicha qarashlar va 
yo`nalishlar bo`lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, ya`ni inson va hayvonga 
xos bo`lgan psixika, psixik hayot bir xilligicha qolaveradi. Psixologik bilimlar 
taraqqiyotining butun tarixida psixologiya predmetining uchta ta`rifi mavjud; ruh 
(jon) haqidagi fan, ong haqidagi fan va xulq haqidagi fan. Psixologiyani ruh 
haqidagi fan sifatida talqin qilish, ruhni izohiy printsip deb uning faoliyat doirasini 
nihoyatda cheklab qo`ygan. Ongni psixologiyaning predmeti sifatida talqin qilish 
va psixikaning ongli qismini tadqiqot obyektiga aylantirib, bir vaqtning o`zida ong, 
ong ham predmet, ham izohiy printsip bo`lib xizmat qilgan. Psixologiya predmeti 


33 
sifatida xulqning tanlanishi ong psixologiyasi subyekt tizimini yengib, 
psixologiyani obyektiv tadqiqot yo`liga olib chiqdi. Lekin ayni paytda psixologiya 
psixika va ongni o`z tadqiqot predmeti sifatida yo`qotdi. Keyingi taraqqiyot ong va 
xulq (faoliyat) birligi printsipi asosida ong va faoliyatning tarixiy buzilgan aloqasi 
tiklanmoqda.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin