qorong`ida yo`qoldi (O.).
SHu bilan birga ravishdosh o`ziga xos sintaktik belgilarga ham ega, ya’ni:
a) gap tarkibida boshqa so`zlarni boshqarib kela oladi;
b) tuslanadigan ravishdoshlar tuslovchi olmagan holda hol va –b (-ib) affiksi bilan
yasalgan ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi: Gulnorning egnida kaltagina
qora (lapis) kamzul yuvila-yuvila yupqalashgan (O.). Ibn Iroq uning
gapidan zavqlanib kuldi (M.Osim). Kursi ustiga dasturxon yozilib, meva-cheva
to`la patnis qo`yildi (O.).
SHuningdek, tuslanadigan ravishdoshlar o`zlariga tobe bo`lgan so`zlar bilan
sostavli hol sifatida, ravishdosh o`ram tarzida ajratilgan hol vazifasini ham
bajaradi: Bozor darvozasi yoniga kelishganida bir to`da odamni ko`rib to`xtab
qolishdi (O`.Hoshimov). Aprel oqshomlaridan birida Farida ikkovlari shahar
aylanib yurib stadionga kirib qolishdi (O`.Hoshimov). Keng, baland, serhasham
chodirda oltin shamdonlarni qo`yib, Navoiy yaqin beklari bilan suhbatlashib
o`tirardi (O.).
v) tuslanmaydigan ravishdoshlar gapda hol, ajratilgan ikkinchi darajali bo`lak va
ergash gapning kesimi vazifasini bajarib keladi: Oradan uch oy o`tib hash-pash
deguncha issiq kunlar etib keldi (S.A.). U oltinsoyliklarni kanal va
buloq qazigani boshlab ketdi (SH.R.). SHartning nozik va qaltisligi ko`z oldiga
kelgach, yuragi orqasiga tortib ketdi (H.N.). Asalxon karvon o`tib ketguncha, yo`l
yoqasida qo`l siltab turdi (H.G`.).
-gani (-kani, -qani) affiksi bilan yasalgan ravishdosh gapda faqat hol vazifasini
bajaradi.
Sifatdosh. Predmetning harakat va holat belgisini bildiradigan, gapda sifatlovchi
vazifasini bajarishga mos bo`lgan fe’l shakli sifatdosh
deyiladi: So`zlayotgan kishining o`ziga emas, so`ziga e’tibor qil («Tafakkur
gulshani»). Ko`chaning ikki chetidagi turli mollar bilan savdo qiluvchi do`konlar
joylashgan (M.Qoriev) gaplaridagi so`zlayotgan, savdo qiluvchi sifatdoshlari kishi,
do`konlar otlariga bog`lanib, uning harakat belgisini bildirib, sifatlovchi
(aniqlovchining bir turi) vazifasini bajargan.
25
Sifatdosh quyidagi affikslar bilan yasaladi:
1) fe’l o`zak-negiziga –gan (-kan, -qan) affikslarni qo`shish bilan: yuklagan,
kechikkan, qiziqqan (fe’l negizi k yoki g bilan tugasa, -kan; q yoki g` bilan tugasa,
-qan tarzida).
Bu affiks sifatdosh yasashda eng mahsuldor, unumli affiks sanaladi.
Eski o`zbek adabiy tilida –gan affiksining ekvivalenti –mish, -dik affikslari bilan
ham yasalgan (bu affikslar hozir ham uchraydi).
2) fe’lning –a, -y affiksi bilan tugagan ravishdosh negiziga –digan, -yotgan
affikslarini qo`shish bilan: kelayotgan, o`qiyotgan, boradigan, ishlaydigan kabi;
3) fe’l o`zak-negiziga –r (-ar) qo`shilishi bilan (unlidan so`ng –r, undoshdan so`ng
–ar): sanar, ko`kar kabi;
4) fe’l o`zak-negiziga –vchi (-uvchi) qo`shilishi bilan (unlidan so`ng –vchi,
undoshdan so`ng –uvchi): boshlovchi, kutuvchi kabi;
Eski adabiy tilda sifatdoshning bu turi –guchi, -g`uchi shaklida ham ishlatilgan
aytguchi, kelguchi. Bu shakl hozir ham poeziyada uchraydi: Kulimsirab
turg`uchi toleing porloq (G`.G`.).
Bu affiks bilan yasalgan sifatdoshning ot so`z turkumiga ko`chish holati ham
uchraydi: o`quvchi, to`quvchi, yozuvchi kabi.
5) fe’l negiziga –ajak qo`shilishi bilan: kelajak, bo`lajak kabi;
6) fe’l negiziga –gusi, -g`usi qo`shilishi bilan: kelgusi, bo`lg`usi kabi.
Sifatdosh leksik-semantik jihatdan harakat tushunchasini anglatadi. SHunga ko`ra
sifatdosh fe’l sanaladi va fe’lga xos bo`lgan grammatik xususiyatlarga egadir,
ya’ni:
1) o`timli-o`timsizlik ma’nosini ifodalaydi: o`qigan, yozdirgan - o`timli; qolgan,
qiziqtirgan - o`timsiz sifatdosh;
2) bo`lishli-bo`lishsizlik ma’nosini ifodalaydi: o`qigan – bo`lishli, o`qimagan –
bo`lishsiz; aytar – bo`lishli, aytmas – bo`lishsiz sifatdosh;
3) nisbat ma’nosini anglatadi: yuvgan - aniq nisbat, yuvingan - o`zlik nisbat,
26
yuvilgan - majhullik nisbat, yuvishgan – birgalik nisbat, yuvdirgan – orttirma
nisbat;
4) sifatdoshlar tuslanganda aniqlik maylining biror zamoniga xos bo`lgan fe’lni
hosil qiladi (sof fe’lga aylanadi) va kesim vazifasini bajaradi: Bu hofiz butun
Dostları ilə paylaş: |