O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix11.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#128670
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Gulbahorb Kurs ishi



1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA 
MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI 
“ SIRTQI ” TA‘LIM YO‘NALISHI 
504-GURUH TALABASI 
KURBANOVA GULBAXORNING
“_____________________________________”FANIDAN 
KURS ISHI 
 
MAVZU:
O‘zbek tilida fe’l nisbatlari. 
 
 
Topshirdi:
KURBANOVA GULBAXOR
Qabul qildi:
LUTFILLAYEV JAHONGIR 
JIZZAX-2023 


2
Mavzu: O’zbek tilida fe’l nisbatlari
Reja 
I. 
Kirish……………………………………………………………………..…3 
II. 
Asosiy qism………………………………………………………………….8 
1. Fe'l turkumining o'rganilishi. 
2. Fe'lning semantik-grammatik tabiati.
3. Fe'llarning nisbat kategoriyasi 
III. 
Xulosa……………………………………………………………………...28 
IV. 
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..29 
 


3
Kirish 
Har bir xalqning madaniyati va ma'naviyatining tub asosida milliy til turishi 
isbob talab etmaydigan haqiqatdir. Yurtimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
so’zlari bilan aytganla, “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona 
tilining betakror jazibasi bilan singari. Ona tili - bu millatning ruhidir”. Shu nuqtayi 
nazardan aytadigan bo’lsak, tilimizning nozik ma'no ifodalarini bilish va nutq 
jarayonida til imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish uchun til hodisalari tabiati, 
umumiy, xususiy jihatlari haqida har bir kishida, ya’ni shu tildan foydalanuvchilarda 
tilimiz keng imkoniyatlari to’g’risida ozmi-ko’pmi ma'lumot bo’lishi lozim. Til 
imkoniyatlari bevosita va bilvosita og’zaki va yozma so’z shaklida ro’yobga chiqadi. 
Bunda tadqiqotimiz manbayi bo’lgan fe’l turkumiga oid so’zlar guruhi ham faol 
qo’llanadi. 
Fe'l leksemalari ma'no imkoniyatalri nihoyatda boy. Buning birlamchi sababi 
shundaki, fe'llarning aksariyati umumturkiy so’zlar hisoblanadi. Umumturkiy 
so’zlarda, odatda, ma'no imkoniyat keng taraqqiy topgan bo’lishi tabiiy. Chunki ular 
qadimiy tadrijiy rivojlanish bosqichi davomida turli semalar ifoda etishga 
ixtisoslashib borgan. Ikkinchidan, nutqimizda boshqa turkum so’zlariga nisbatan 
fe'llardan ko’proq foydalanamiz. Mana bu holat ham fe'l ma'no imkoniyatlarining 
kengayishiga zarurat tug'dirgan desak, yanglishmaymiz. 
Fe'l turkumiga oid so’zlarning luqaviy ma'no guruhlari o’ta keng. Ular haqida 
manbalarda fikrlar aytilgan. Biroq fe’lning ma’no imkoniyatlari haqidagi fikrlarni 
yetarli deb bo’maydi. Qolaversa, aytigan ayrim fikrlarni to’ldirish,sistemalashtirish, 
yig’ish, o’rni bilan ularga munosabat bildirish bugungi kun fani oldida turgan 
vazifalardan biridir. Fe’l va uning UGMsi. Fe’lning UGMsi – «ish-harakat va 
holatni jarayon sifatida ifodalash». Holat ifodalash boshqa so’z turkumiga ham xos. 
Biroq fe’lda u bir tusdan boshqasiga o’tish tarzida. Masalan, Daraxtlar yam-yashil 
gapida sifat-kesim (yam-yashil) turg’un holatni ifodalamoqda. Daraxtlar ko’kardi 
gapida esa holat jarayon sifatida, bir tusdan ikkinchisiga o’tish tarzida yuz 
bermoqda. 
Ish-harakatning barchasi ham zamon bilan bog’liq holda yuz bersa-da, gapda 
ulardagi zamon ifodalanmasligi mumkin. Daraxtlar ko’kardi gapidagi fe’lda zamon 
lisoniy ifodasiga ega. Ishga borish gapidagi fe’lda esa bunday xususiyat lisoniy 
voqelanmagan. 


4
O’zbek tilidagi fe’llar leksik-grammatik xususiyatiga ko’ra ikki asosiy 
guruhga ega: 
a) mustaqil fe’l; 
b) nomustaqil fe’l. 
Mustaqil fe’lga quyidagi xususiyat xos:
1) lug’aviy ma’no asosidagi harakatni ifodalaydi va shu boisdan gapda biror 
bo’lak vazifasida keladi;
2) biror so’zni boshqarib (kitobni o’qidi) yoki biror so’z tomonidan 
boshqarilib (o’qilgan kitob) keladi;
3) harakatning ob’ektga munosabatiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
a) o’timli fe’l;
b) o’timsiz fe’l.
O’timli fe’l bildirgan harakat ob’ekt tushunchasi bilan bog’lanadi va bunda 
ob’ektni ifodalovchi birlik tushum kelishigidagi so’z bo’ladi: [ol][o’qi][boshqar]. 
O’timsiz fe’l bunday xususiyatga ega bo’lmaydi: [yig’la][uxla][cevin]. O’timli-
o’timsizlik fe’lning mohiyatida, lisoniy tabiatli bo’lishi ham, grammatik shakl 
vositasida hosil qilinishi ham mumkin. Masalan, [uxla][yig’la][bor][ket][kel
fe’lida o’timsizlik ma’nosi fe’lning o’zak-negizidan anglashiladi va u lisoniy 
tabiatli. [Yuvinmoq], [sevinmoq], [burilmoq], [qirilmoq] fe’lidagi o’timcizlik esa 
nutqiy, grammatik vosita yordamida vujudga kelgan. (Bu haqda «Nisbat 
kategoriyasi» mavzusida so’z yuritiladi);
4) fe’l ifodalagan harakat ob’ektiv borliq hodisasi bo’lib, uni tilda ifodalashda 
bevosita inson, so’zlovchi ishtirok etadi. Tilda ifodalangan harakatda, demak, inson 
munosabati ham mavjud bo’ladi. Bunday munosabat fe’l mayli deb yuritiladi;
5) harakat real yoki irreal bo’lishi ham mumkin. Bunga ko’ra, bo’lishli va 
bo’lishsiz fe’llar farqlanadi;
6) har qanday harakat bajaruvchi bilan ham bog’lanadi. Bajaruvchi aniq, 
noaniq, bitta yoki bir nechta bo’lishi mumkin. Ish-harakatning bajaruvchiga 
munosabat nuqtai nazaridan tavsifi fe’l nisbatlari deb yuritiladi;
7) harakat zamon bilan bog’lanishi mumkin. Mantiqan zamondan tashqaridagi 
harakat yo’q. Yuqorida tilga olingan (borish) fe’lida zamon bevosita ifodalanmagan. 
Lekin uni gap ichida olsak (Ishga borish lozim), uning kelasi zamonda yuz beradigan 
harakat ekanligi mantiqan anglashilib turadi. Demak, har qanday fe’lda yo 
grammatik, yo mantiqiy zamon ifodalanadi. Modomiki, til qurilishini o’rganayotgan 
ekanmiz, biz uchun grammatik zamon ahamiyatli. Shu boisdan zamonli va zamonsiz 
fe’lni farqlaymiz;


5
8) aytilganidek, borliqda harakat, albatta, bajaruvchi bilan bog’lanadi. Biroq 
uning tildagi ifodasida grammatik shaxs mavjud bo’lmasligi mumkin. Masalan, 
Halim keldi gapida grammatik shaxs mavjud. U kesimlik shaklida yuzaga chiqqan. 
Biroq Halim kelgach qurilmasida mantiqiy shaxs mavjud bo’lsa-da, u o’z ifodasiga 
ega emas. Chunki qurilma men kelgach, sen kelgach tusini olsa ham, (kelgach) 
so’zshaklida bajaruvchi qaysi shaxsda ekanligi noaniqligicha qoladi. (Halim)(men)
(sen) mantiqiy bajaruvchi, grammatik emas. Bu nutqdagi tuslangan va tuslanmagan 
fe’lni farqlashni taqozo qiladi.
Tildagi mantiqiy va grammatik jihatni keskin farqlay bilish kerak. Ularni 
qorishtirish har xil chalkashliklarga olib keladi, mohiyatni anglashga to’siq bo’ladi.
Nomustaqil fe’llar bevosita lug’aviy ifodali harakat ma’nosiga ega emas. 
Masalan, qaror qildi, o’qib chiqdi, ishlayotgan ekan hosilalarida (qildi), (chiqdi)
(ekan) birliklari oldinda turgan so’zlarning lug’aviy ma’nosini yo yangilagan, yo 
modifikatsiya qilgan. Biroq bu fe’llardan ham qandaydir harakat uqilmoqda. Bu 
harakat derivatsion, grammatik harakat, lekin lug’aviy emas. Aniqrog’i, ular 
o’zlaridan oldingi so’zlarning ma’nolariga harakat, jarayon tusini bermoqda. 
Nomustaqil fe’l mohiyat e’tibori bilan uchga bo’linadi:
a) yordamchi fe’l;
b) ko’makchi fe’l;
v) to’liqsiz fe’l.
Yordamchi fe’l yangi lug’aviy birlik hosil qiladi – so’z yasaydi, ko’makchi 
fe’l harakat tarzi shaklining bir qismi bo’lib, fe’l lug’aviy ma’nosini nutqqa xoslaydi 
– modifikatsiya qiladi, to’liqsiz fe’l esa fe’l va fe’l bo’lmagan so’zning zamonini 
ko’rsatadi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin