Holat fe’llari. Inson tabiatiga xos jismoniy va ruhiy holat turli xususiyatga
ega. Holatni to’rtga bo’lish mumkin:
a) ichki holat (ruhiy kechinmalar bilan bog’liq): [eslash], [unutish], [yodlash],
[tubanlashmoq];
b) tashqi holat (ichki holatning namoyon bo’lishi bilan bog’liq): [xafa
bo’lmoq], [shodlanmoq], [esankiramoq], [dovdiramoq],[g’azablanmoq];
v) jismoniy holat (inson tanasi bilan bog’liq: [holsizlanmoq], [kuymoq],
[kuchlanmoq], [zaiflashmoq];
g) ijtimoiy holat (jamiyat bilan bog’liq): [boyimoq], [kambag’allashmoq],
[ko’tarilmoq], [urilmoq], [quvg’in bo’lmoq].
Natijali faoliyat fe’llari tizimi [yasamoq], [qurmoq], [bunyod etmoq], [hosil
bo’lmoq], [chizmoq], [yozmoq], [barpo qilmoq], [arralamoq], [parchalamoq],
[sayqal bermoq], [randalamoq], [sindirmoq], [emoq], [o’chirmoq] kabi birliklarni
o’z ichiga oladi.
Tafakkur fe’llari sirasiga insonning fikrlash qobiliyati bilan bog’liq
o’ylamoq, fikrlamoq, xayol surmoq, tafakkur qilmoq, o’yga botmoq, ko’z oldiga
keltirmoq, bir qarorga kelmoq, xulosaga kelmoq kabilar kiradi.
Munosabat fe’llari qatori [erkalamoq], [suymoq], [yaxshi ko’rmoq], [parvona
bo’lmoq], [rahmi kelmoq], [xushomad qilmoq], [yon bosmoq], [maftun bo’lmoq],
[e’zozlamoq] kabi ijobiy xarakterdagi munosabat fe’llari, [beti qursin], [xudo olsin],
[qorasi o’chsin], [baloga giriftor bo’lsin], [juvonmarg bo’lgur] kabi salbiy
xarakterdagi munosabat fe’llaridan tashkil topadi.
Fe’l ma’noviy guruhlarida ham markaz va qurshov leksemalari farqlanadi.
Masalan, ma’nodosh fe’llarda bosh (dominanta) so’z, uyadoshlik paradigmasida uya
(giperonim) markaz leksemasi hisoblansa, boshqa ma’nodosh va uyadosh
(giponimlar) qurshov leksemaci deyiladi. [Kulmoq] fe’li dominanta sifatida bunga
ma’nodosh boshqa leksemalarni, [buzmoq] esa buzishning turli ko’rinishini
ifodalaydigan giponim leksemani uyushtirib turadi. So’zlar yirikroq butunliklarga
birlashtirilganda, markaz leksemasigina bu butunlikdan joy oladi. Qurshov
7
leksemalari esa uning «soyasi» sifatida quyida qolaveradi. Masalan, [ kulmoq] ,
[ yig’lamoq] , [ xursand bo’lmoq] leksemalari o’z atrofida ko’plab fe’llarni
birlashtirgan. Lekin ular bu uch leksema mansub tizimga kira olmaydi, quyi
bosqichda qoladi.
Dostları ilə paylaş: |