Fe’lda so’zshaklning turlari. Fe’lda ham, boshqa turkumda bo’lgani kabi,
so’zshakllar nol shaklli, sintetik, sintetik-analitik, takroriy ko’rinishda bo’ladi.
Nutqda fe’lning moddiy (nol ko’rsatkichdan boshqa) grammatik shakldan xoli
qilingan qismi har doim kelasi zamon, buyruq mayli, aniq nisbat, ikkinchi shaxs,
birlik ma’nosini ifodalaydi:(bor), (kel), (o’qi), (yoz), (sev), (ayt), (ishon) kabi.
Bunday so’zshakllar nol shaklli deyiladi. Yuqorida aytilganidek, nol shakl masalasi
o’zbek tilshunosligida o’z echimini kutayotgan muammolardan.
Grammatik shakli qo’shimcha tusida bo’lgan fe’l sintetik shaklli so’zshakl
deyiladi: (o’qiyman), (bordim), (kelyapman), (yozayotirman), (shoshib), (kelgach), (kelgan)kabi. Bunda grammatik shakl fe’l o’zak-negiziga «yopishgan» holda
bo’ladi.
Fe’llar nomustaqil fe’l bilan shakllanganda, albatta, sintetik-analitik
ko’rinishda bo’ladi. Masalan,(o’qib chiqdi), (ayta boshladi), (borgan ekan)kabi.
Bunda ham «yopishgan», ham «ajralgan» grammatik shakl yaxlitlikni tashkil
qilganligi uchun u sintetik-analitik shakl atamasi bilan yuritiladi.
Takroriy shakllarni faqat takroriy deyish unchalik to’g’ri emas. Chunki bunda
takrorlanayotgan fe’l avval sintetik shakl qiyofasiga kiradi, so’ngra takroriy shaklga
aylanadi. Masalan, (aytdi-aytdi), (o’qidi-o’qidi), (bordi-bordi)kabi. Misol: aytib- aytibcharchadi, chopib-chopib o’ynadi va h. Bunda takrorlanuvchi fe’l nisbat,
o’zgalovchi, kesimlik shaklini olgan va undan keyin takrorlangan.
Ayrim manbalarda fe’lning juft so’zshakl turi ham ajratilib, unga (aytdi- qo’ydi), (topshirdi-qo’ydi)tipidagi misol kiritiladi. Bunga qo’shilib bo’lmaydi.
Chunki juftlanayotgan fe’lning ikkalasi ham mustaqil bo’lsa va ularning
juftlanishidan yangi grammatik ma’no uqilsagina, uni so’zshakllarning juftligi
deyishga asos bo’lur edi. Bunda esa juftlikning ikkinchi qismi ko’makchi fe’l
sifatida grammatik ma’no ifodalash uchungina xizmat qilmoqda.