Paleodemografiya — paleodcmografiya (yunoncha «palaios» — qadimgi) qadimgi kishilik jamiyatida sodir bo'lgan demografik jarayonlarni o'rganadigan demografiyaning bo'limi hisoblanadi. Bu fanning ma'lumotlar bazasini qadimgi yozma hujjatlar, epitafiyalar, palcoantropologik (odam suyaklari qazilmalarining tahlil ma'lumotlari), arxeologik (insoniyatni moddiy va madaniy yodgorliklari qazilmalarining tadqiqot natijalari), etnoarxeologik (etnografik kuzatuvlar) ma'lumotlartashkil etadi.
Perinatal davr— homilaning 28 haftadan boshlab, chaqaloq hayotining dastlabki 7 sutkasigacha bo'lgan davrni qamrab oladi. «Perinatal o'lim» tushunchasi birinchi marta S.Pefler (1948 y) tomonidan qo'llanilgan bo'lib, tarjima qilinganda «tug'ruq atrofidagi yo'qotish», degan ma'noni anglatadi.
Promille— ko'rilayotgan kattalikning mingdan bir ulushidir.
Protegenetik interval — nikohga kirgan vaqt bilan birinchi farzand tug'ilgan vaqt oralig'idir.
Postneonatai davr — neonatal davrdan keyingi davr bo'lib, 28 kundan I yoshga to'lgunga qadar bo'lgan oraliqni o'z ichiga oladi.
Psixologik salomatlik — inson tafakkuri darajasi va sifati, diqqat-e'tibori va xotirasining rivoji, ruhiy barqarorligi va irodasining nechog'lik mustahkamligi bilan belgilanadi.
Pushtlilik — aholi tug'ilishi va takror barpo bo'lishining asosi bo'lib, muayyan sondagi farzandlami dunyoga keltirishning biologik qobiliyatidir.
An'anaviy ravishda, pushtlilik ayolning dunyoga kcltira oladigan farzandlar soni bilan oichanib, cr va xotinning irsiy xususiyatlari va salomatligi, shuningdek, ulardagi biologik jihatlarning bir-biriga mos kelislii bilan bog'liq boiadi,
Reproduktiv mayl— shaxsning farzandning nikohda yoki nikohsiz tug'ilishi yoki tug'ilishidan voz kechishiga qaratilgan harakati, munosabati va ruhiy holatlarining yaxlit tizimidir.
Salomatlik — bu nafaqat kasallik va boshqa jismoniy nuqsonlarning mavjud bo'lmasligi, balki to'liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy yaxshi holatdir.