O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə118/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Yosh kontingenti — bu umumiyyosh, shuningdck, ayrim demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa alomatlar bo'yicha birlashtirilgan shaxslar guruhidir.
Jismoniy salomatlik — barcha a'zolar va butun organizmning to'kis ishiab turgan tabiiy holati.
Yillar to'lgandagi yosh bu aniq yoshning to'liq sonlarga ega bo'lmagan qismidir, u oxirgi tug'ilgan kundagi aniq yoshiga tengdir. Aynan shu yosh bo'yicha odatda «Yoshingiz nechada?» degan savolga javob beriladi. Matematikjihatdan bupastga qarab to'liq songacha qoldiq qismlar kattaligini hisobga olmasdan yaxiitlab yuborilishini anglatadi.
Intergenetik interval bu birinchi, ikkinchi va undan keyingi farzandlartug'ilishi o'rtasidagi vaqt.
Iqtisodiy demografiya — aholi va iqtisodiy rivojlanishning o'zaro aloqadorligini, aholi takror barpo bo'lishining iqtisodiy oqibatlarini, demografik rivojlanishga iqtisodiy omillarning ta'sirini o'rganadi.
Kalendar yillarning farqi sifatida hisoblangan yosh o'z ta'rifidan ham nimani anglatishini bildirib turibdi. Agar kishining tug'ilgan yili ma'lum bo'lsa (masalan, 1979 yil), bunda uning kalendar yillar
farqi bo'yicha yoshi joriy tug'ilgan yilning farqiga tengdir (masalan 2010-1979=31).
Kogort — lotincha so'z bo'lib, bir tomondan rim piyodalarining taktik birligini anglatgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, odamlarnino mustahkam jipslashgan guruhiga nisbatan qo'llaniladi. Demografik tadqiqotlarda kogort sifatida yangi demografik holatga kirgan shaxslar jamlanmasi ko'rib chiqiladi.
Mayl — bu sub'yektning qandaydir ob'yektga nisbatan ma'lum bir faollik va harakat qilishiga moyilligi, tayyorligidir; reproduktiv mayl xutq-atvorning ruhiy regulyatori, turli harakatlaming muvofiqligini, ma'lum miqdordagi bolalarning tug'ilishiga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatlarni belgilab beruvchi shaxsning moyilligidir.
Matematik demografiya — o'z rivojining ma'lum bir pog'onasiga ko'tarilgan bo'lib, uning predmetini demografik jarayonlar va hodisalarning o'zaro aloqadoriigini o'rganish uchun matematik usullarni ishlab chiqish va qo'llash, ularni modellashtirish va prognozlashtirish tashkil qiladi. Demografik modellar qatoriga - tug'ilish, o'lim, nikoh va ajralish jadvallari, statsionarva rhuqim aholi modellari, demografik jarayonlarning fmitatsion modellari va h.k.larni kiritish mumkin.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin