Yosh kontingenti — bu umumiyyosh, shuningdck, ayrim demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa alomatlar bo'yicha birlashtirilgan shaxslar guruhidir.
Jismoniy salomatlik — barcha a'zolar va butun organizmning to'kis ishiab turgan tabiiy holati.
Yillar to'lgandagi yosh — bu aniq yoshning to'liq sonlarga ega bo'lmagan qismidir, u oxirgi tug'ilgan kundagi aniq yoshiga tengdir. Aynan shu yosh bo'yicha odatda «Yoshingiz nechada?» degan savolga javob beriladi. Matematikjihatdan bupastga qarab to'liq songacha qoldiq qismlar kattaligini hisobga olmasdan yaxiitlab yuborilishini anglatadi.
Intergenetik interval— bu birinchi, ikkinchi va undan keyingi farzandlartug'ilishi o'rtasidagi vaqt.
Iqtisodiy demografiya — aholi va iqtisodiy rivojlanishning o'zaro aloqadorligini, aholi takror barpo bo'lishining iqtisodiy oqibatlarini, demografik rivojlanishga iqtisodiy omillarning ta'sirini o'rganadi.
Kalendar yillarning farqi sifatida hisoblangan yosh o'z ta'rifidan ham nimani anglatishini bildirib turibdi. Agar kishining tug'ilgan yili ma'lum bo'lsa (masalan, 1979 yil), bunda uning kalendar yillar
farqi bo'yicha yoshi joriy tug'ilgan yilning farqiga tengdir (masalan 2010-1979=31).
Kogort — lotincha so'z bo'lib, bir tomondan rim piyodalarining taktik birligini anglatgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, odamlarnino mustahkam jipslashgan guruhiga nisbatan qo'llaniladi. Demografik tadqiqotlarda kogort sifatida yangi demografik holatga kirgan shaxslar jamlanmasi ko'rib chiqiladi.
Mayl — bu sub'yektning qandaydir ob'yektga nisbatan ma'lum bir faollik va harakat qilishiga moyilligi, tayyorligidir; reproduktiv mayl xutq-atvorning ruhiy regulyatori, turli harakatlaming muvofiqligini, ma'lum miqdordagi bolalarning tug'ilishiga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatlarni belgilab beruvchi shaxsning moyilligidir.
Matematik demografiya— o'z rivojining ma'lum bir pog'onasiga ko'tarilgan bo'lib, uning predmetini demografik jarayonlar va hodisalarning o'zaro aloqadoriigini o'rganish uchun matematik usullarni ishlab chiqish va qo'llash, ularni modellashtirish va prognozlashtirish tashkil qiladi. Demografik modellar qatoriga - tug'ilish, o'lim, nikoh va ajralish jadvallari, statsionarva rhuqim aholi modellari, demografik jarayonlarning fmitatsion modellari va h.k.larni kiritish mumkin.