O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə121/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Sotsiologik demografiya — odamlarning subyektiv va ixtiyoriy demografik harakatlariga ijtiraoiy-psixologik va sotsiologik omillarning ta'sirini o'rganadi.
Tarixiy demografiya — demografik jarayonlarning mamlakatlar va xalqlar tarixidagi dinamikasi vaholatini, shuningdek, demografiya fanining rivojlanish tarixini o'rganadi.
Tibbiy demografiya — aholi salomatligi va uning asosiy ko'rsatkichlari hamda omillarini, kasalliklarning vujudga kelishi, ularning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy shaft-sharoitlarini o'rganadi.
Tug'ilish — bir avlod yoki avlodlar guruhini tashkil etuvchi muayyan aholi majmuidagi farzandlarning dunyoga kelish jarayonidir. Hozirgi o'lim darajasi past bo'lgan sharoitlarda tug'ilish jarayoni aholi takror barpo bo'lishidagi yetakchi omil sanalib, uning tartibi (toraytirilgan, oddiy, kengaytirilgan) va yosh-jinsiy tarkib evolyutsiyasining umumiy yo'nalishini belgilaydi.
Tug'ilishni nazorati — tug'ilishning darajasini pasaytirish va mamlakatda aholi o'sish sur'atlarini sekinlashtirish maqsadida davlatning demografik siyosat vositalari bilan aholining tug'ilishi jarayoniga ta'siri.
Tug'ilish taqvimi — farzand ko'rish davri yoki nikohda bo'lish davrida farzand tug'ilishining vaqt jihatidan taqsimlanishidir.
To'liq o'lim jadvali — bu bir yillik koeffitsientlar asosida hisoblab chiqariladigan o'lim jadvali. Mazkur holda o'lim jadvali qadami 1 ga teng bo'ladi. Odatda, ular 0 dan 100 gacha bo'lgan yosh davrini qamrab oladi.
Etnik demografiya — tarixiy demografiyaga tutash fan hisoblanib, aholi ko'payishining etnik xususiyatlarini, omillarini o'rganadi. Ma'lumki, xalqlar hayoti, turmush tarzining etnik xususiyatlari, urf-odatlari, an'analari, oilaviy munosabatlarining tuzilmasi tug'ilish darajasiga (oiladagi bolalar soni), salomatlik holatiga va o'rtacha umr ko'rish davomiyligiga, nikoh xususiyatlari va nikohning mustahkamligiga sezilarli darajada ta'sir o'tkazadi.
Yuqoridan keksayish — bu tug'ilishning kamayishi sharoitida keksa yoshdagi aholi o'rtasida o'limning qisqarishi, tug'ilganda kutilayotgan
hayot davomiyligining uzayishi hisobiga qariyalar salmog'ining ortib borishidir.
Oiik tug'Uish — homiladorlik 28 haftadan yuqori bo'lganda o'lik homilaning ona tanasidan ayirish. Ayrilgan homila hech qanday faoliyat ko'rsatmaydi, u ayrilganda uning mustaqil nafas olish yollari ishlamaydi.
O'lim — organizm hayot faoliyatining muqarrar qonuniy to'xtashi. (J qayd etilgandan so'ng hayot funktsiyasini tiklash mumkin emas va har qanday qayta tiriltirish choralari ham insonni hayotga qaytara olmaydi.
O'lim jadvali joriy yilda ayrim yoshlardagi o'lim ko'rsatkichlariga asoslangan holda aholining hayoti mobaynida kamayib borishini ko'rsatuvchi va bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan ko'rsatkichlar tizimidan tashkil topgan jadval.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin