O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə117/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Demografik statistika — demografiyaning eng qadimgi tarmog'i boiib, uning predmeti aholini takror barpo bo'lishining statistik qonuniyatlari hisoblanadi. Demografik statistika fanining asosiy vazifalariga statistik kuzatuv usullarini ishlab chiqish, demografik hodisalar va jarayonlarni o'lchash, aholining takror barpo bo'lishi to'g'risidagi birlamchi statistik ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlash kiradi.
Deometriya — (yunoncha «demos» aholi va «metreo» oichayman) matematik usullarni demografiyaga qo'llash orqali demografik jarayonlarni oichash.
Demografik o'tish — aholi takror barpo bo'lishining bir turidan ikkinchi turiga o'tishidir. Masalan, demografik jarayonlaming o'zgarishi tufayii aholi kengaygan takror barpo bo'lishdan oddiy yoki toraygan takror barpo bo'lishga o'tadi.
Demografik portlash — tug'ilishning juda yuqori darajada saqlanib turishi, o'limning esa keskin kamayishi natijasida aholi sonining yuqori sur'atda o'sishidir.
Depopulyatsiya — tug'ilishning darajasining pasayishi, o'limning ko'payishi natijasida aholi mutlaq sonining kamayishjarayonidir.
Doimiy aholi — ma'lum hududda ro'yxatga olish vaqtida doimiy yashovchi aholi. Shu bilan birga, vaqtinchalik safarga ketganlar ham doimiy aholiga kiritiladi. Doimiy yashash mezoni sifatida olti oyga teng davr olinadi.
Yosh — bu insonning tug'ilishidan to uning hayotidagi u yoki bu daqiqasigacha oqib o'tgan vaqtdir. Yosh yillarda, oylarda (hayotning birinchi yillarida), haftalarda (hayotning birinchi oylarida), kunlarda va soatlarda hisoblanadi.
Yosh akkumulyatsiyasi — bu aholining ma'lum bir yoshlaridagi sonining qo'shnilariga nisbatan ko'proq yig'ilib qoiishidir. Yosh akkumulyatsiyasi odamlarning psixologik ta'sir ostida sonli o'zgaruvchilarni yaxiitlab yuborishga moyilligi ostida vujudga kelib, ular aniq sonlar o'rniga yaxlitlangan, yaqin bo'lgan kattaliklarni aytishadi.
Yosh-jins piramidasi — ikki tomonlama chiziqli diagrammani o'zida aks ettirib, undagi aholi yosh va jins bo'yicha birgalikda taqsimlangan, bundagrafikning bir tomonida (o'ngdan) ayol jinsli aholi, ikkinchi tomonda esa (chap tomonda) erkakjinsli ahoh aks ettiriladi. Diagrammaning venikal o'qi yosh shkalasini o'zida namoyon etib, u bir yoki besh yillik intervallarga bo'linib, 0 yildan boshlanadi va yuqori yosh yoki ochiq yosh intervali bilan tugallanadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin