O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə116/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Geodemografiya — aholi takror barpo bo'lishining hududiy xususiyatlarini o'rganuvchi fan hisoblanadi.
Gerontodemografiya aholining keksayishi, uning shakllanishini, turlarini, omillarini va demografik, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatiarini o'rganuvchi fan sanaladi.
Demografiya — aholining takror barpo bo'lish qonuniyatlarini o'rganuvchi fan hisoblanadi. «Demografiya» atamasi yunoncha so'zdan olingan bo'lib, demos — xalq va grapho — yozaman, ya'ni xalqni yozaman
ma'nosini anglatadi. Demografiya fan sifatida XVII asrning ikkinchi yarmidan so'ng shakllana boshlagan.
Demografik vaziyat — demografikjarayonlar holati, aholining umumiy rivojlanish yo'nalishlarini belgilovchi jamiyat rivojlanishining ob'yektiv ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyatlarining muayyan tarzda namoyon etilishidir.
Demografik jarayon — tug'ilish, o'lim, nikoh va ajralish bo'lib, demografiyada aholining takror barpo bo'lishi sifatida, tegishli demografik hodisalarning vujudga kelishi natijasida sodir bo'ladi.
Demografik inqiroz — aholining takror barpo bo'lishidagi o'zgarishlar tufayii sodir bo'ladigan jarayon. Demografiya tarixida XIX asrning oxiriga qadar demografik inqirozga ocharchilik, epidemiya va urushlar sabab bo'lgan. Bu omillarga tayangan holda aholining o'limi ortgan va o'z-o'zidan aholi sonining kamayishiga, dunyoning ba'zi mamlakat va mintaqalarida, alohida hududlarda umuman odamlarning qirilib ketishiga olib kelgan. Bugungi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida tug'ilish sonining keskin pasayishi aholi mutlaq sonining kamayishiga, ya'ni demografik inqirozga olib keldi.
Demografik prognoz — bu aholi harakatining asosiy parametrlarini. va istiqboldagi demografik vaziyatni, aholining son va sifat tavsiflarini, yosh-jins va oilaviy tarkibini, tug'ilish, o'lim, migratsiya jarayonlarini ilmiy asoslangan holda oldindan ko'ra bilishdir.
Demografik siyosat — hozirgi davr hamda uzoq muddatli istiqbol uchun aholining takror barpo bo'lishi va dinamikasi sohasida muayyan bir sifat va miqdorga erishishni nazarda tutuvchi birlashgan vositalar va fikrlar birligining davlat miqyosida qabul qilingan tizimdir.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin