O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


-bob. «DEMOGRAFIYA» FANINING PREDMETI



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə2/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

1-bob. «DEMOGRAFIYA» FANINING PREDMETI
VA MAZMUNI
1.1. Demografiya — fan sifatida
Demografiya har yili turli sabablarga ko'ra vafot eigan aholi o'rnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga to'ldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga bog'liq holda o'rga-nadigan fan1.
«Dcmografiya» atamasi yunoncha so'zdan olingan bo'lib, demos — xalq va grapho — yozaman, ya'ni «xalqni yozaman» degan ma'noni anglatadi. Demografiya fan sifatida XVII asrning ikkinchi yarmidan so'ng shakllana boshlagan. O'zbekistonda esa ushbu fan XX asrning uchinchi qismigacha asosan aholi statistikasi sifatida rivojlanib keldi. Ushbu paytgacha demografiyaga oid nazariyalar siyosiy iqtisodiyot faniga taalluqli bo'Igan. Respublikada faqatgina XX asrning 60-70 yillaridan boshlab demografiya aholining takror barpo bo'lishi, aholining joylashuvi to'g'risidagi fanlar ichida ilmiy bilimlar tizimi sifatida o'z o'rniga ega bo'la boshladi.
Fanning tadqiqot ob'yekti aholi hisoblanadi.
Demografiyaning fan sifatidagi asosiy vazifalari quyidagilardan i bo rat:

  • aholi to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish;

  • aholining rivojlanish nazariyasini ishlab chiqish;

  • demografik jarayonlar (tug'ilish, o'lim, nikoh va ajralish) qonuniyatlarini nazariy asoslash va baholash;

  • demografik siyosat va demografik prognozlashtirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish.

Demografiyaning tadqiqot ob'yekti aholi bo'lganligi bois, unga batafsil to'xtalib o'tamiz.
Aholi haqidagi bilimlar va Lining rivojlanish qonuniyatlari shundan dalolat beradiki. faqat XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlab «aho!i» tushunchasi ilmiy iste'molga kiritilgan. Ungacha «odam!ar». «yashovchi!ar» kabi lushunchalardan foydalanilgan.
Aholi mohiyatiga ko'ra bir-biridan farq qiluvchi uchta jihatga ega. Birinchisi, aholining biologik birlik ekanligidir. Ushbu jihatga ko'ra, insonga biologik mayjudot sifatida ko'payish, biologik jamlanma sifatida takror barpo boiish xos. Ikkinchi jihatga muvofiq, aholi ijtimoiy-biologik kategoriyadir. Bujihat bo'yicha aholi ijtimoiy va biologik munosabatlarning o'ziga xos davomchisi hisoblanadi. Va nihoyat, uchinchi jihat shu bilan izohlanadiki, aholi ijtimoiy hodisa bo'lib, ijtimoiy aloqalar orqali birlashgan insonlar jamlanmasi sifatida ynzaga chiqadi1.
Ma'lumki, insonlar jamlanmasiga kirgan harbir individ, awalambor biologik hodisa hisoblanadi, chunki odam tirik tabiat mavjudotlarining bir turidir. Ovqat hazm qilish, muskullar faoliyati, qon aylanishi va nihoyat ko'payishi ham biologik jarayon hisoblanadi. Insonlaming boshqa hayvonot olami vakillari bilan o'xshashlik jihatlari aynan ushbu tabiiy alomatlarda yuzaga chiqadi. Lekin, inson nafaqat biologik, balki ijtimoiyjarayonlarning ham davomchisidir.
Aholi ko'plab xususiyat va funksiyalarga ega. Ulardan eng asosiylari — ishlab chiqarish, iste'mol va ko'payish funksiyalari bo'lib, ular turli tarixiydavrlarda vajamiyatlarda turlicha oichovga ega bo'lgan. Masalan, ishlab chiqarish funksiyasi ijtimoiy mehnai samaradorligi ko'rsatkichlari yordamida yuzaga chiqsa, iste'mol — aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarilishi sifatida, takror barpo bo'lish esa reproduktiv yoshdagi ayol tomonidan dunyoga keltirilgan bolalar soni sifatida yuzaga chiqadi.
Bulardan tashqari, aholiningboshqa funksiyalari ham mavjud bo'lib, ular jumlasiga ijtimoiy, migratsion harakatchaniik vazifalari kiradi. Mazkur funksiyalar aholi faoliyatining turli jihatlarini tavsiflab beradi. Aholining ko'p qirrali ekanligini insonlarning turli jihatlardan o'rganuvchi ko'pgina fanlar ham tasdiqlab beradi. Masalan, demografiya, aholi geografiyasi, etnografiya. aholi-shunoslik iqtisodiyoti, sotsiologiya, mehnat iqtisodiyoti, ijtimoiy psixologiya va h.k. kabi fanlar uchun aholining umumiy yoki uning qandaydir bir qismining tadqiqot ob'yekti bo'lib ynzaga chiqadi.
Aholi barcha unsurlari va funksiyalari doimiy harakaida bo'lgan dinamiktizimdir. Aholi harakatining uchta turi farqlanadi: ijtimoiy, tabiiy va migratsion. Ijtimoiy harakat tor va keng ma'nolarda talqin qilinishi mumkin. Kcng ma'nodagi ijtimoiy harakatga barcha ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan, demo-grafik munosabatlar ham kiritiladi; tor ma'nodagi ijtimoiy harakat deganda, odatda faqatgina o'ziga xos doiradagi munosabatlar tushuniladi. Bunga misol qilib aholining ijtimoiy sohadagi harakatlarining barcha turlarini kiritish mumkin, faqatgina tabiiy va migratsion harakatlar bundan mustasno. Aholi harakatini uchta qismga ajratib ko'isatish ularning harbiri bo'yicha aniq tasavvurga cga bo'lish imkonini beradi.
Qadimdan ma'lumki, dunyodagi barcha jarayonlar bir-biri bilan o'zaro bogiiq bo'lgan. Mos ravishda aholi harakatlarining barcha turlari ham uzluksiz ravishda, organik birlikda insonlar jamlanmasining u yoki bu xususiyatini o'zgartirgani holda amalga oshadi.
Har qanday inson uchta xususiyatga ega:

  • unga ma'lum bir xususiyatlar (jins, irq, yosh va h.k.) tug'ilishi bilan berilib yoki o'zgarmasdan qoladi yoxud vaqt o'tishi bilan o"zgaradi;

  • ijtimoiylashuvi mobaynida orttirilib boriladi (bilim, til va h.k.);

  • qisqa vaqt mobaynida o'zgartirilishi mumkin (masalan, toifa, ijtimoiy maqomi va h.k.).

Shunday xususiyatlar ham borki, ular rasmiy nuqtai nazargi. ko'ra shaxsning ijtimoiy rivojlanishiga guvohlik berib faqatgina
yaxshilanishi mumkin, lekin shundaylari ham borki, ular har ikki tomonga o'zgarishlari ham mumkin. Bulardan birinchilari qatoriga ta'lim darajasini, ikkinchilariga csa salomatlik holatini kiritish mumkin.
Insonlarning har qanday jamlanmasi miqdor va sifat o'zgarish-lariga duchor bo'lishi tabiiy. Miqdor o'zgarishlar <'ichki» harakai oqibatida, ya'ni ko'payish jarayoni va «tashqi» - aholi migratsiyasi oqibatida yuzaga keladi. Ikkalasi ham miqdor, ham sifat o'zgarishlariga olib kelsa-da, ijtimoiy harakat aholi xususiyatlarining faqat sifat o'zgarishlariga olib keladi, xolos. Migratsion jarayon ko'p hollarda nafaqat ijtimoiy rivojlanish, balki tabiiy harakat bilan ham bog'liq. U bilan ijtimoiy harakat ham o'zaro ta'sirlashuvga kirishadi. Haqiqatda ham inson yoshi o'sishi bilan tajribasi, malakasi ortib boradi va boshqa o'zgarishlar vujudga keladi.
Aholining takrorbarpo bo'lishi natijasida lining miqdori faqat tug'ilish va o'lim natijasida, uning demografik tarkibi esa aholi qatlamlarining biryoshdan ikkinchi yoshga o'tishi bilan o'zgaradi. Demak, aholining takror barpo bo'lishi nafaqat tug'ilish va o'lim oqibatlari asosida avlodlaralmashinuviga, ya'ni ayrim odamlarning «kirish»i va boshqalarining «chiqish»iga, balki «demografik makon»da ularning harakatlanishiga olib keladi.
Tabiiy harakatdan farqli o'laroq migratsiya — bu aholining makondagi harakatidir. uning hudud bo'ylab taqsimlanishidir. Ushbu ma'noda migratsiya ko'chib o'tishlar sodir bo'layotgan ma'lum bir hudud doirasida aholi miqdorining o'zgarishiga olib kelmaydi, faqatgina muayyan hudud (mamlakat)ning ayrim qismlaridagi aholi soni va tarkibi o'zgaradi, xolos.
Tadqiqotlar migratsiya va aholining takror barpo bo'lishi o'rtasida o'xshashlik mavjudligini ko'rsatadi. Aytish joizki, ikkalasiga ham ikkita tarkibiy qismlarning o'zaro ta'siri xosdir: ijobiy (tug'ilish, kirish) va salbiy (o'lim, chiqish). Migratsiya va takror barpo bo'lish jarayonlari — demografik dinamikaning ikkita tarkibiy qismidir. Lekin, aholining takror barpo bo'lishi va migratsiyasi o'rtasida yetarli darajada quyidagicha tafovudar mavjud:
Birinchidan, bu ikki jarayon aholi harakatining ikki turi hisoblanadi. Takror barpo bo'lish jarayoni aynan bir insonlar
jamlanmasida sodir bo'ladi va uning uchun ichki harakat zarur bo'ladi. Migratsion jarayonlar esa bundan mustasno, ya'ni migratsiya tashqi hodisa hisoblanadi.
Ikkinchidan, aholining takror barpo bo'lish jarayonida ayrim hodisalar (o'lim, tug'ilish) har bir ishtirokchi uchun bir marta sodir bo'ladi, migratsiyada esa ayrim hodisalar (emigratsiya, immigratsiya) ishtirokchiiar uchun ko'p marta takrorlanishi mumkin.
Uchinchidan, rcproduktiv mayl aholining takror barpo bo'lish holatiga bevosita ta'sir qiluvchi ehtiyojlar bilan determinantlashadi. Bu bola orttirish ehtiyoji yoki bolalar qondirishi mumkin bo'lgan qandaydir boshqa ehtiyojlar; o'zini-o'zi asrash ehtiyoji, ya'ni hayotiy ehtiyoj; oila qurish ehtiyoji. Migratsiyada esa boshqacha, ya'ni ko'chish migratsion ehtiyojlar bilan emas, balki aholining ayrim qismlarining ijtimoiy-iqtisodiy maqomini o'zgartirish eh-tiyojlari bilan asoslanadi. Birinchi holatda ehtiyojlar — demo- • grafik maylning ichki maqsadi, uning birlamchi unsuri bo'lsa, ikkinchi holatda — migratsiya boshqa, odatda moddiy ehtiyojlarni qondirish vositasi bo'lib yuzaga chiqadi. Aynan shuning uchun oilaning farovonlik darajasi bolalarga bo'lgan ehtiyojga nisbatan qarama-qarshi bog'liqlikda bo'lsa, migratsion ko'chishlarga nisbatan to'g'ri bog'liqlikda bo'ladi.
To'rtinchidan, takror barpo bo'lish jarayonlari bilan aholining shunday demografik xususiyatlari bog'liqki, ular inson hayoti davomida (jins) o'zgarmasdan qoladi yoki vaqt o'tishi (yosh) bilan o'zgaradi. Shu bilan birga, migratsiya o'zgaruvchan ijtimoiy xususiyatlar bilan ham o'zaro ta'sirlashadi, ularning ayrimlarini migratsiya doimo (turar-joy. mehnat sohasi), boshqalarini esa ba'zan (kasb, malaka) o'zgartirib turadi.
Beshinchidan, migratsiya aholining takror barpo bo'lishidan ob'yektiv omillarga yetarli darajada kuchli bog'liqligi bilan tubdan ajralib turadi. Migratsiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish parametr-lari — ishlab chiqarish kuclilarining joylashuvi, urbanizatsiya jadalligi va h.k.lar bilan chambarchas bog'liqdir.
Aholi harakatining uchta turining mavjudligi, o'z navbatida, demografik bilimlar tizimi chegaralari bo'yicha uchta
yondashuvning kelib chiqishini taqozo etadi. Ayrim iqtisodchi-demograflar demografiya aholi harakatining barcha turlarini o'rganishi kerak, deb hisoblasa, boshqalari — aholi takror barpo bo'lishini o'rganish kerak, deb chegaralab qo'yadi; uchinchilari esa demografik bilimlar tizimiga aholining ham tabiiy, ham migratsion harakatini kiritadi.
Ushbu qarashlar ichida eng ommabopi uchinchi nuqtai nazar bo'lib, ya'ni demografik bilimlar prcdmetini tabiiy va migratsion harakat tashkil etadi, deb tan olishdir.
Demak, demografiya fanining predmeti aholining tabiiy va migratsion harakatini, uning shakllanish va rivojlanish qonu-niyatlarini, omillarini hamda oqibatlarini o'rganish hisoblanadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin