Paleodemografiya — paleodemografiya (yunoncha palaios -qadimgi) qadimgi kishilik jamiyatida sodir bo'lgan demografik jarayonlarni o'rganadigan demografiyaning bo'limi hisoblanadi. Bu fanning ma'lumotlar bazasini qadimgi yozma hujjatlar. epitafiyalar, paleoantropologik (odam suyaklari qazilmalarining tahlil ma'lumotlari), arxeologik (insoniyatni moddiy va madaniy yodgorliklari qazilmalarining tadqiqot natijalari), etnoarxeologik (etnografik kuzatuvlar) ma'lumotlar tashkil etadi. Paleodemografik ma'lumotlar nafaqat jamiyat tarixini dastlabki bosqichlarining umumiy qonuniyatlarini aks ettiradi, balki uning sonlar dinamikasi, ishlab chiqaruvchi kuchlar tavsifi xususida ham fikrlashga imko-niyat beradi.
Arxeologiya, antropologiya, etnografiya va demografiya fanlari-ning o*zaro to'qnashuvi paleodemografiyaning asosini belgilaydi. Paleodemografiya uchun eng ko'p axborot manbasi — bu paleoan-tropologiya ma'lumotlaridir. XIX asrda antropologlar odam skletiga qarab uning yoshi va jinsini aniqlashgan. Lekin, uzoq muddat davomida bu imkoniyatdan demografik jarayonlarni tavsiflashda foydalanilmagan, faqat aholining yosh va jinsiy tarkibi bo'yicha
XX asrning 30-yillaridagina sobiq Ittifoq, Frantsiya va Germaniya mamlakatlarida ilmiy maqolalar paydo bo'lgan. Aytish joizki, mazkur maqolalar antropologik materiallar asosida tayyorlangan va maxsus paleodemografik yunaltirilgan. Ular guruhning yoshi va jinsi, o'rtacha yoshi: jinslar sonining nisbati, bolalar o'lim darajasi, erkaklar va ayollarning umr davomiyligi, alohida va umuman, har bir guruh haqida fikrlash imkonini bergan. Sut tishlarining o'sishi bolaning yoshini aniqlash imkoniyatini bergan. Katta odamlarning yoshini aniqlash esa tishlarning o'zgarishiga va bosh suyak chanoqining holatiga qarab amalga oshirilgan. Noaniqliklarni hisobga olganda, kattalarning yoshini belgilashda besh yildan o'n yilgacha bo'lgan davrga xatolik yuz berishi mumkin. Bunda xatolar ikkala tomonga bo'lishi mumkinligi hisobga olinadi va o'zaro tenglashtiriladi. Maxsus antropologik adabiyotlarda ishlab chiqilgan ko'rsatmalar asosida bosh suyak skletiga qarab jins aniqlangan.