1.4. Demografiyaning tuziiishi va boshqa fanlar bilan o'zaro aloqadorligi Bugungi kunda boshqa fanlarda bo'lgani singari demografiyada ham ixtisoslashuvjarayonlari kuzatilmoqda. Demografiya ichidan stixiyali tarzda demografik statistika (yoki aholi statistikasi), iqtisodiy, matematik, tarixiy, etnik, harbiy, tibbiy, sotsiologik demografiya kabi tarmoqlar ajralib chiqmoqda. Bu fan tarmoqlari nomidan ko"rishimiz mumkinki, ular demografiyaning boshqa fanlar bilan tutashgan joylarida vujudga kelgan, ularning predmeti esa demografiyada omillar sifatida qaraladi. Demografiyani ushbu tarmoqlarining nomlanishida boshqa fanlarda amalda foydalani-layotgan quyidagi tamoyil qo'llaniladi: ot sifatida (bizning misolimizda demografiya) fanning predmeti, mohiyati (aholining takror barpo bo'lishi); sifat sifatida (iqtisodiy, matematik, tarixiy va h.k.) — fanni, demografiyaning predmetini tadqiq qilishda foydalaniladigan omillar tushuniladi. Ushbu tamoyilning mohiyati shundan iboratki, tarmoq fanining nomlanishi bo'yicha uning ixtisoslashuvi va tegishli predmet sohasi ko'rinib turishi kerak. Bu tadqiqotchining professional bilimi, ya'ni qanday aniq bir cheklangan predmet sohasi bo'yicha mutaxassisdan ma'lum bir professional malaka darajasini kutish mumkin ekanligini bilish uchun kerak. Ba'zida fan tarmog'i nomlanishida ushbu tamoyil tildagi murakkabliklar natijasida aniq shaklga ega bo'lishini ta'minlash qiyin (agar nomlanish chiroyli chiqmasa), lekin
hozircha bu kamyob holatlardandir. Masalan, aholi statistikasi (demografik statistika) nomlanishi yuqoridagi tamoyil bo'yicha statistika tarmog'i sifatida eshitiladi, vaholanki, demografiyada esa statistik demografiya deb nomlanishi kerak edi. Lekin, birinchidan «statistik demografiya» so'z birikmasi — g'ayri oddiy. Ikkinchidan va eng asosiysi, aholi statistikasi an'anaviy nomlanish bo'lib, u paydo bo'lgan davrda demografiya fani mustaqil fan sifatida universal fan hisoblanmish statistika ichidan ajralib chiqmagan edi. Statistikaning tarmoq differentsiatsiyalashuvi natijasida uning ichida demografik statistika (aholi statistikasi) ajralib chiqdi, u demografik yuzaga kelishi davridanoq uning kirish qismining tarmog'iga o'tib ketdi. O'ylashimizcha, demografik statistikaning an'anaviy, boshlang'ich nomlanishini o'zgartirish kerak emas.
Endi demografiya fanining tarmoqlariga batafsil to'xtalib o'tamiz.