O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə9/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Sotsiologik demografiya odamlarning sub'yektiv va ixtiyoriy demografik harakatlariga ijtimoiy-psixologik va sotsiologik omillarning ta'sirini o'rganadi.
Tarixiy demografiya demografik jarayonlarning mamlakatlar va xalqlar tarixidagi dinamikasi va holatini, shuningdek, demografiya fanining rivojlanish tarixini o'rganadi.
Tibbiy demografiya aholi salomatligi va uning asosiy koTsatkichlari hamda omillarini, kasalliklarning vujudga kelishi, ularning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini o'rganadi.
Etnik demografiya tarixiy demografiyaga tutash fan hisoblanib, aholi ko'payishining etnik xususiyatlarini, omillarini o'rganadi. Ma'lumki, xalqlar hayoti, turmush tarzining etnik xususiyatlari, urf-odatlari, an'analari, oilaviy munosabatlarining tuzilmasi tug'ilish darajasiga (oiladagi bolalar soni), salomatlik holatiga va o'rtacha umr ko'rish davomiyligiga, nikoh xususiyatlari va nikohning mustahkamligiga sezilarli darajada ta'sir o'tkazadi.
Harbiy demografiya — bu harbiy xizmat va harbiy iqtiso-diyotdagi demografik omilning son va sifat xususiyatlarini o'rganuvchi fan. Shuningdek, harbiy demografiyada urushda ishtirok etgan davlatlarning mobillashgan imkoniyatlari, ya'ni zahiralarning mobillashuvini, ularning qurolli kuchlar, iqtisodiyot, urushdagi aholining yo'qotilishi, askarlarning migratsiyasiga, askarlarning aholining takror barpo bo'iishiga ta'siri va ularning sog'lig'ini o'rganadi.
Harbiy demografiyada mamlakat resurslarining va uning koalitsiyalarni bilish uchun aholi soni va tarkibini yosh-jinsi bo'yicha hisoblash muhim ahamiyatga ega. Harbiy demografiya harbiy statistika, sanitar va harbiy-tibbiy statistika bilan chambarchas bog'liq. Harbiy demografiyada sialistika nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, aholi statistikasida qo'llaniladigan usullardan keng foydalaniladi.
Biz yana bir qator demografiya tarmoqlarini (siyosiy demogra­fiya, yuridik demografiya) keltirishimiz mumkin. Boshqa tomondan, ular demografiya bilan tuiash fanlarda mavjud, lekin hanuzgacha-aniq bir fan sifatida shakllanmagan.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin