O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə7/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Demografik statistika — demografiyaning eng qadimgi tarmog'i bo'lib, uning predmeti aholini takror barpo bo'Iishining statistik qonuniyatlari hisoblanadi. Demografik statistika fanining asosiy vazifalariga statistik kuzatuv usullarini ishlab chiqish, demografik hodisalar va jarayonlarni o'lchash, aholining takror barpo bo'lishi to'g'risidagi birlamchi statistik ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlash kiradi.
Amaliy demografiya — «Amaliy demografiya» atamasi ilmiy adabiyotlarida XX asrning 60-yillarida paydo bo'lgan, fanning asosiy maqsadi aholining ko'payish qonuniyatlarini o'rganishning amaliy asoslarini ko'rsatib berishdan iborat. Fan demografik jarayonlar bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi va bu iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish, uy-joylarni qurish va rejalashtirish, kommunal xo'jaligi, xizmatlar. sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot sohalarida qo'llaniladi.
Geodemografiya aholi takror barpo bo'Iishining hududiy xususiyatlarini o'rganuvchi fan hisoblanadi.
Gerontodemografiya aholining keksayishi, uning shakllani-shini, turlarini, omillarini va demografik, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini o'rganuvchi fan sanaladi.
Iqtisodiy demografiya aholi va iqtisodiy rivojlanishning o'zaro aloqadorligini, aholi takror barpo bo'lishining iqtisodiy natijalarini, demografik rivojlanishga iqtisodiy omillarning ta'sirini o'rganadi.
Iqtisodiy demografiyaning asosiy vazifasi demografik jarayonlar bilan iqtisodiy hodisalardagi o'zgarishlarning miqdoriy bogiiqligini aniqlash hisoblanadi. Masalan, oilalardagi tug'ilish jadalligi va yashash darajasining o'zgarishi. Bunday holda iqtisodiy demogra­fiya uchun demografik jarayonlarning iqtisodiy rivojlanishga ta'sirini hisobga olish juda muhimdir.
Matematik demografiya o'z rivojining ma'lum bir pog'onasiga ko"tarilgan bo'lib, uning predmetini demografik jarayonlar va hodisalarning o'zaro aloqadorligini o'rganish uchun matematik usullarni ishlab chiqish va qo'Iiash, ularni modellashtirish va prognozlashtirish tashkil qiladi. Demografik modellar qatoriga — tug'ilish, o'lim, nikoh va ajralish jadvallari, statsionar va muqim aholi modellari, demografik jarayonlarning imitatsion modellari va h.k.larni kiritish mumkin.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin