Real va shartli avlod usuli odamlarning yoshini va ularning hayoti davomida sodir bo'layotgan u yoki bu demografik hodisalarni bilish bizga aholining yosh tarkibi haqida tasavvurga ega bo'lish, shuningdek, qaysi yoshlarda u yoki bu hodisalar bo'lishini bilishga yordam beradi.
Yosh tarkibida aholi bir yillik, besh yillik va nisbatan katta yoshlar guruhlari bo'yicha taqsimlanadi. Demografik tahlilda «avlod» tushunchasi muhim rol o'ynaydi, chunki u ma'lum bir davrda tug'ilgan odamlar jamlanmasi xususiyatlarini ko'rsatib beradi. Odatda, real avlodni tarkib toptiruvchi tengdoshlar jamlanmasi va gipotetik avlod deb nomlanuvchi avlodni tarkib toptiruvchi turli yoshdagi zamondoshlar jamlanmasi farqlanadi.
Avlodlar uzunligi (davomiyligi) ota-onalar tug'ilishi bilan ularning bolalari tug'ilishi o'rtasidagi vaqt oralig'i bilan ifodalanadi. Insoniyat rivojlanishining turli tarixiy davrlarida avlodning umr ko'rish davomiyligi - doimo bir xil bo'lmagan. Hozirgi davrda ma'lum bir shartlilik asosida u 32-35 yilga to'g'ri keladi, deb olinadi. Sof demografiya nazariyasida takror barpo bo'lishjarayoni aholining tabiiy harakati natijasida avlodning doimiy yangilanishini aks ettiradi.
Demografik koeffitsientlarni standartlashtirish usullaridemo-grafik koeffitsientlarning u yoki bu demografik jarayonga ta'sirini qiyoslash, uning holati haqida tasawur hosil qilishga yordam beradi. Shuning uchun umumiy koeffitsientlar standartlashtirgan-dan so'nggina qiyoslanadi. Bunda jarayonning jadalligi va solish-tirilayotgan demografik jamlanma standart deb hisobga olinadi, qolganlari uchun esa har birining standartga nisbatan o'ziga xos indeksi hisoblab chiqiladi. Ushbu indcksni standart ko'rsatkich-lariga ko'paytirish orqali solishtirilayotgan demografik jamlanmalar uchun standartlashtirilgan demografik koeffitsientlar hisoblab chiqiladi.
Demografik modellashtirish usullariaholining takror barpo bo'lish jarayonlarini tahlil qilish va prognozlashtirishda kcng qoilaniladi. Ular aholining umumiy o'zgarishini yoki uning rivojlanish komponentlarining o'zgarishini tavsiflab beradi.
Demografiyada statsionar aholi modellari ham keng yoyilgan usullardan hisoblanadi, shuningdek, demografik jadvallar ko'rinishidagi gipotetik avlod uchun demografik jarayonlarning sonli modellari, stoxastik (ehtimoliy) modellar ham keng qo'llaniladi.
Demografik bilimlar rivojlanishining hozirgi zamon bosqichi unda matematik modellashtirish usullari va uslubiyotining tez rivojlanishi bilan tavsiflanadi, jumladan, ijtimoiy boshqarish amaliyotida ushbu bilimlardan foydalanish imkoniyadari rivojlanib bormoqda. Ushbu usullarning barcha ma'lum bir demografik hodisalarning umumiylaridagi ta'siriga asoslanadi. Shuning uchun demografiya uslubiyotida demografik hodisalarning miqdoriy o'lchovlariga nisbatan tahlil va o'rganish usullari, statistik va matematik usullar muhim ahamiyat kasb etadi.
Aholining yosh-jins tarkibini yaqqol namoyon etish uchun yosh-jins piramidasi qo'llaniladi. Uni tuzish uchun vertikal o'qda yosh, chapda erkak aholi yoshlari bo'yicha taqsimlanadi, o'ngda esa ayol aholi taqsimlanadi (bir xil miqyoslarda). O'lchov birligi sifatida besh yil olinadi.
Demografik holatlar va jarayonlarni hududlar bo'yicha qiyoslash kartografik usul yordamida amalga oshiriladi. Bunda xaritalardan foydalaniladi: hududiy tarqalish bo'yicha aholi zichligi, yosh-jins tarkibi, shuningdek, aholining tabiiy va mexanik harakati; ijtimoiy-madaniy, jumladan, ijtimoiy-kasbiy, sinfiy, etnomadaniy tarkibi; demografik jamlanmalarning madaniy, maishiy, antropologik va lingvistik xususiyatlari; aholining tarqalish xususiyatlari, jumladan, shahar va qishloq aholisi xususiyatlari, hududlar va aholi manzillarining har xil turlari aniqlanadi,
Aholi xususiyatlari va demografik jarayonlarni tadqiq etishda demografik to'r tuzish usuli muhim ahamiyat kasb etadi, uning geometrik shakllari yordamida turli-tuman xususiyatlarni, shu jumladan, bevosita ko'zga tashlanmaydigan va vaqt o'tishi davomida tahlil qilish murakkab sanalgan avloddagi demografik jarayonlarni ko'rish mumkin bo'ladi.