Sog'liq huquqini insonning eng muhim huquqlaridan biri deb tan olinishi. Davlat har bir insonning qadrini, shuningdek salomatlik borasida barcha insonlarning huquqlari, majburiyadari va javobgarliklarining tengligini tan oladi va tasdiqlaydi.
Salomatlik va uni muhofaza qilish masalasida adolatlilik. Salomatlik va uni muhofaza qilish ikkita asosiy jihatni o'z ichiga oladi: kambag'allik va u bilan bog'liq salomatlik va xavf soluvchi amallami qisqartirishga yo'naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat olib borish; alohida ehtiyojlarga ega bo'lgan (sog'lig'idagi muammolar, ijtimoiy va iqtisodiy holatga ko'ra) aholi guruhlarini izolyatsiyadan himoyalash va ularga kerakli tibbiy-sanitar yordamni olishlari uchun imkon yaratish.
Alohida insonlar, aholi guruhlari, tashkilotlar va jamoat sektorlarining sog'liqni saqlash faoliyatidagi ishtiroki va javobgarligi. Bu tamoyil salomatlik fenomenining multifaktor tabiatini tushunishga asoslangan va ikkita asosiy elementdan: barcha sektorlar salomatlik uchun javobgarlikni tan olishlari va ularni sog'liqni saqlash faoliyatiga jalb qilishining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish hamda sog'liqni saqlash masalalariga tegishli siyosatni ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida aholining ishtirokidan iborat.
Salomatlikni mustahkamlash va o'limni kamaytirish sohasidagi siyosatni ishlab chiqishda epidemiologik o'tish tarixi va epidemiologik jarayonlarning hozirgi holatini hisobga olish inson hayotini, uning faol va sog'lom davrini maksimal uzaytirish singari uzoq muddatli ulkan maqsadlar bilan bir qatorda real holatda adekvat bo'lgan maqsad va vazifalarni o'z oldiga qo'yishni nazarda tutadi. Bunday masalalar jumlasiga aholining ba'zi yosh-jins
guruhlari, ijtimoiy xavf yuqori (ishsizlar, nogironlar yolg'iz qariyalar va hokazo) guruhlari orasidan 6'lim va kasalianishning alohida sabablari dinamikasidagi salbiy tendentsiyalarni yengish zaruriyati kiradi. Bu maqsadlar doirasida amalga oshiriladi°an dasturlar ko'p jihatdan shoshilinch tavsifga ega bo'lsa-da kishi-larning hayoti va salomatligini saqlash uchun kurashlarning bosh strategiyasiga qarshilik qilmaydi. Bundan tashqari, salomatlik va o'lim trendlarining ko'pchilik salbiy o'zgarishlari ushbu sohadagi ijtimoiy siyosatning kontseptual va taktik kamchiliklari natijasida yuzaga kelganligi sababli, inqirozga qarshi dasturlar bosh stra-tegiyaning asosiy to'g'rilovchi dastagi bo'lib xizmat qiladi.
Kambag'allik va qashshoqlikning ko'payib ketishi alohida bir muammolar guruhini vujudga keltiradi. Tibbiy yordam va dori-darmonlarning qimmatlashuvi, bepul yordamning kamayishi va uning sifati pasayishi sog'liqni saqlash sohasida ijtimoiy tartib-sizlikka olib keladi hamda xatarni kuchaytiradi. Shunday guruh-lardan biri qariyalar o'lim ko'rsatkichining o'sib borishida ko'rinadi. Kam ta'minlangan, ko'pbolali va notugal oilalarda ham shunday holat uchraydi.
Kelib chiqqan holatni, muammoni yechishga qaratilgan masalalar quyidagilardan iborat:
yosh bolalar va o'smirlarning sog'lig'ini mustahkamlash va jarohatlanish, zaharlanish, chekish, spirtli ichimliklarni va narkotiklarni iste'mol qilishdan saqlash;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish;
aholi salomatligini nazorat qilish va tibbiy yordamni kuchay-tirish;
aholining salomatligini, birinchi navbatda, ish yurita oladigan yoshdagilarda jarohat zaharlanish oldini olish va qon aylanish tizimi kasalliklarini hamda yuqumli patalogiyalarning nuqsonlarini bilib olish;
keksalarning sog'lig'ini saqlash, onkologik, endokrin va yuqumli kasalliklarning oldini olish.
Aholining ko'p qismi doimiy stress holatida bo'lishi, tibbiy yordamning dolzarblik ahamiyatini oshiradi. Shu o'rinda aytish kerakki, tibbiy yordamni nafaqat davlat tashkilotlari, balki nodavlat tashkiJotlar ham ko'rsatsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, aholi salomatligini miistahkamlashga va o'lim holatlarini kamaytirishga yordam beradi.
Nazorat va muhokama uchun savollar Demograllk siyosatning mohiyatini tushuntirib bering.
Demografik siyosatni o'tkazishning qanday uslublarini bilasiz?
«Demografik tarbiyalash» deganda nimani tushunasiz?
Tug'ilish sohasida demografik siyosatni o'tkazishdan maqsad nima?
Farzandli oilalarga beriladigan yordam choralari qanday guruhlarga ajratiladi?
6. O'zbekistonda oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quwatlash
maqsadida nafaqalarning qanday turlari beriladi?
7. Respublikada yosh oilalarni qo'llab-quwatlash maqsadida qanday
imtiyozlar berilgan?
8.. O'zbekistonda o'limni kamaytirish va aholi salomatligini yaxshilash borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?