O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Homilador ayollar va yangi tug'ilgan chaqaloqlar sog'Hg



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə111/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Homilador ayollar va yangi tug'ilgan chaqaloqlar sog'Hg xm muhofaza qilishga qaratilgan choralar. Bu guruhga kiruvchi chora-tadbirlar ko'proq sog'liqni saqlash va ijtimoiy profilaktik tavsifda bo'lib, tug'ilishni rag'batlantirish bilan bevosita bog hq emas. Bu choralar homiladorlik bo'yicha ayollarni o'z vacf^a ro'yxatga olish va qonun tomonidan belgilangan tartib a
tekshiruvdan o'tish zaruriyatini nazarda tutadi. Bunday tadbir-larning asosiy maqsadi homila va homiladorlik patologiyalarini erta aniqlash, homiladorlikning kechish monitoringini olib borish, homilador ayollarda kuzatiiadigan ijtimoiy patologiyalar — nar-komaniya, alkogolizm va boshqa kasalliklarni profilaktika qilishdan iborat.
Ayollar homiladorlik davridagi adekvat xulqi turli shakldagi moddiy rag'batlantirishlar, ya'ni tibbiy va ijtimoiy sug'urta, bir martalik nafaqa olish huquqi, homiladorlik va tug'ruq ta'tiliga haq to'lash, oilaviy nafaqalar bilan bog'liq.
Soliq imtiyozlari. Soliq imtiyozlari xilma-xil bo'lib, ularni qo'llash tajribasi mamtakatlar bo'yicha bir-biridan farq qiladi.
Soliq imtiyozlarini qo'llashning umumiy belgilariga quyida-gilarni kiritish mumkin:

  • er va xotinning daromadlarini alohida hisobga olish;

  • oilaviy nafaqalar (kamdan kam holatlami hisobga olmaganda) soliqqa tortiladigan daromad miqdoriga kiritilmaydi;

  • yashash minimumi soliqqa tortilmaydi;

  • oilaning uy-joy sharoitini yaxshilash uchun sarflanadigan xarajatlari qisman yoki to'liq soliqdan ozod qilinadi;

  • qator hollarda uy-joy solig'i kamaytiriladi (masalan, Ger-maniyada har bir farzandga 10 foizdan);

  • oilada boquvchining zimmasiga to'g'ri kcladigan har bir oila a'zosining (boqimanda)ning hisobidan kelib chiqqan holda soliq stavkalarini kamaytirish.

Uy-joy sotib olish uchun kreditlar. Tug'ilishni barqarorlashtirish yoki rag'batlantirish siyosatini olib boruvchi mamlakatlarning ko'pchiligida uy-joyni kreditlashning maxsus dasturlari mavjud emas. Oilalarga uy-joy krediti berilgan hollarda ham bu kreditlash asl demografik maqsadlarni emas, balki oilaning tarkibiga, undagi farzandlarga bog'liq bo'lmagan holda, oilaning yashash sharoitini yaxshilashni ko'zlab amalga oshiriladi. Daniya davlati bundan mustasno bo'lib, bu yerda farzandli oilalarning uy-joy sharoiti aholining boshqa qismiga nisbatan yaxshiroq, mamlakatda uy-joyni ijaraga olish uchun subsidiyalar maksimal 15 foizgacha, qo'shimcha subsidiya har bir farzandga 15 foiz miqdorda ajratiladi.
Shunday qilib, ikki nafar farzandi bor oilaga ajratiladigan subsidiya miqdori 45 foizni tashkil etadi.
Qonunga ko'ra, hozirgi davrda har bir yetarli daromad darajasiga ega bo'lgan oila omonat banki yoki boshqa tijorat bankidan ma'lum foiz hisobida kredit olishi mumkin. Mavjud uy-joy kreditlash tizimini ipotcka krediti misolida ko'rib chiqsak.
Kreditning asosiy shartlari:

  • kredit oluvchida sotib olinayotgan uy-joyning 20-30 foizidan kam bo'lmagan pul mablag'larining mavjud bo'lishi;

  • kreditni oyma-oy oila budjetining 40 foizidan ortiq bo'lmagan miqdorda to'lash imkoniyati;

• kredit oluvchi tomonidan zayomning ta'minlanishi.
Ipoteka krediti miqdori 17 000 dollardan 20 000 dollargacha
bo'lib, 15 foiz ustama bilan 10-15 yil muddatga beriladi. Kredit miqdoridan qat'iy nazar kreditni reallashtirish uchun ketadigan xarajat taxminan 2,5 ming dollarni tashkil qiladi.- Ko'rinib turibdiki, kreditlashning bunday sxemasida ko'pchilik salohiyatli istemol-chilar bozordan uzilib qoladi. Sababi, yosh oilalar ham, ko'p bolali oilalarda ham kreditni ko'pgina shartlarini bajarish, ayniqsa, birinchi kredit uchun mablag'ni to'lash va garovga mulk qo'yish imkoniyati yo'q.
Tug'iiishning turg'unligini ta'minlash va uni rag'batlan-tirishning turli chora-tadbirlarini amalda qo'llagan turli mam-lakatlarning tajribalari shuni ko'rsatadiki, bu borada aniq muvafaqqiyatga olib keluvchi universal strategiya mavjud emas. Demografiksiyosat investitsiyalari samaradorligini kamayishining asosiy sababi oiladagi farzandlar soni va ularning tug'ilish muddatlari masalasida individual qabul qilinish lozim bo'lgan qarorlarga tashqaridan ta'sir qilishga nisbatan jamoatchilik fikrining o'zgarishidir.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin