O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə115/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Aholining keksayishi — aholi umumiy sonida ulug' yoshdagilar ulushining ortishi, yoshlar salmog'ining kamayishi, shu bilan bir vaqtda
o'rta yoshdagi aholi sonining ko'payishida o'z ifodasini topadi. Ta'kidlash joizki, aholining keksayishi deganda, nafaqat bu yosh guruhidagi kishilar salmog'ining, balki mutlaq sonining ham ortishi tushuniladi.
Aholi migratsiyasi — bu odamlarning (migrantlarning) u yoki bu hududlar chegarasi orqali, yashash joyini doimiy o'zgartirayotgan yoki qisqa yoxud uzoq muddatga yoki doimiy tarzda kelib ketishini anglatuvchi ko'chishidir.
Aholi registrlari — bu muayyan hududda muntazam yashovchi har bir shaxs yoki uy xo'jaligi haqida axborotga ega boigan kartotekadir. Aholi registrida har bir insonning asosiy ijtimoiy-demografik tavsiflari to'g' risida ma'lumotlar jamlanadi.
Aholi ro'yxati — aholi haqidagi muhim axborot manbalaridan biri bo'lib, aholi soni va uning harakati haqidagi ma'lumotlarni vig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish jarayonidir. BMT ta'rifiga ko'ra, aholi ro'yxati - bu ma'lum vaqtda mamlakatda yoki uning cheklangan bir qismida yashovchi jami aholi haqidagi demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarni yig'ish, umumlashtirish, tahlil qilish va nashrctish jarayonidir.
Aholi soni — muayyan bir hududda yashovchi aholining umumiy miqdori hisoblanadi. Aholi soni tug'ilish va o'lim natijasida muntazam o'zgarib turadi, muayyan bir hududlar uchun esa aholi migratsiyasi natijasida o'zgaradi.
Aholi tarkibi — bu aholining muayyan bir alomatlarga ko'ra taqsimlanishidir yoki demografiya tili bilan aytganda qandaydir o'zgaruvchilarga asoslangan laqsimotdir. Masalan, aholining yosh tarkibi, jins tarkibi.
Aholining takror barpo bo'lishi — aholining miqdori va tarkibini doimo tabiiy tarzda yangi avlodlar tomonidan keksa avlodlaro'rni to'ldirishi orqali yangilanishidir.
Vaqtinchalik yashovchilar — bu mazkur hududda doimiy yashab qolishni istamagan, lekin bu yerda ro'yxatga olish davrida bo'lgan aholi. Vaqtinchalik ketganlar — bu mazkur hududda doimiy yashaydigan, biroq ro'yxatga olish davrida u yerda bo'lmaganlar.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin