O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə114/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

IZOHLI LUG'AT
Abort — abort (lotincha «abourts» — homilaning tushishi) homiladorlikning 28 haftagacha bo'lgan davrda, homilani hali hayotga moslashmagan davr ichida olib tashlashdir.
Avlod — muayyan bir vaqtda tug'ilgan insonlarga tegishli bo'lib, ko'pincha bir kalendar yiliga teng. Shu bilan birga, demografiyada ota-onalar nolinchi, ularning farzandlari birinchi, nevaralari esa ikkinchi avlod hisoblanadi.
Avlod uzunligi — bu ota-onalar avlodi o'rnini ularning bolalari bosishi uchun kerak bo'ladigan o'rtacha vaqtdir. Ayol aholi uchun avlod uzunligi 30e2 yil atrofida tebranadi, erkak aholi uchun esa u nisbatan kattaroqdir.
Ajralish — avloddagi nikoh juftliklarining nikohni bekor qilishi natijasida yuzaga keladigan demografik jarayondir. Bu er va xotinning hayot vaqtidagi nikohning bekor qilinishidir.
Akkumulyatsiya jarayoni — bu ketma-ketlikdagi amallarga bo'lingan tug'ilishning yig'indi koeffitsientining hisoblanishidir, shu sababli 50 yoshga qadar yig'ilgan tug'ilishlar soni berilgan shartli avlodning tug'ilishning yig'indi koeffitsientiga teng bo'ladi.
Amaliy demografiya — «Amaliy demografiya» atamasi ilmiy ada-biyotlarida XX asrning 60-yillarida paydo bo'lgan, fanning asosiy maqsadi aholining ko'payish qonuniyatlarini o'rganishning amaliy asoslarini ko'rsatib berishdan iborat. Fan demografik jarayonlar bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi va bu istemol tovarlarini ishlab chiqarish, uy-joylarni qurish va rejalashtirish, kommunal xo'jaligi, xizmatlar, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot sohalarida qo'llaniladi.
Aniq yosh — imkoni boricha maksimal aniqlik bilan o'lchangan, tug'ilgan vaqtdan joriy daqiqagacha bo'lgan davr oralig'iga tengdir. Masalan, insonni tug'ilgan vaqtini aniq bilgan holda aytish mumkinki, qandaydir vaqtda uning yoshi 31 yil 4 oy 13 kun 7 soat 30 minut 28 sekundga teng.
Aholining jins tarkibi — aholining erkak va ayollarga taqsimlanishidir.
Aholining yosh tarkibi — bu aholining yosh guruhlari va yosh kontingentlari bo'yicha taqsimotidir.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin