O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Tug'iiishning iqtisodiy rag'batlashtirishi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə112/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

2. Tug'iiishning iqtisodiy rag'batlashtirishi miqyoslarini aniq-lashda uchta fikr-mulohazadan kelib chiqish lozim. Birinchidan, bolali oilalarga beriladigan nafaqalarning miqdori farzandlarni boqishga ketadigan real xarajatlar miqdoriga mos kelmaydi va hech bo'lmaganda rag'batlantiruvchi natijaga erishish uchun nafaqalarni printsipial oshirish lozim. Mutaxassislarning fikricha,
bolalarga to'lanadigan nafaqalar aholining ko'pchilik qismini qiziqtiradi, biroq bu nafaqalar oiladagi farzandlarga kun sayin oshib boruvchi xarajatlarini qoplash darajasida yetarli bo'lgandagina samara beradi.
Ikkinchidan, nafaqalar miqdori oshirilganda davlat budjetidan sarflanadigan mablag'lar miqdori ham oshadi. Bunday sharoitdan chiqishining yagona yo'li nafaqalarning manzillilik tamoyillarini amalga oshirishdir. Ko'proq e'tibor hali reproduktiv faoliyatini to'liq amalga oshirishga ulgurmagan bitta farzandi bor yoki farzandi yo'q yosh oilalarga qaratilishi ularning ichida daromadi kam bo'lgan yuqori xavf guruhlarini ajratish lozim. Kam bolali oilalarni qo'llab-quwatlash nogiron farzandi bo'lgan va shunga o'xshash oilalarni qo'llab-quwatlashga teng bo'lib, bu ijtimoiy himoya tizimining vazifasidir.
Uchinchidan, nafaqat bolali oilalarning yashash darajasiga, balki samaradorlikka erishish imkoniyatlariga qarab ham nafaqalar miqdorining hududiy differentsiatsiyasini yo'lga qo'yish lozim. Sababi, qishloq joylarida yashovchi aholi orasida farzand ko'rishning awalgi me'yorlari saqlanib qolgan.
Shunday qilib, tug'ilish sohasidagi demografik siyosat tug'ilish darajasini tartibga solish (kamaytirish yoki o'stirish) maqsadida amalga oshiriladi.
13.3. O'limni kamaytirish va aholi salomatligini yaxshilash sohasidagi siyosat
Aholi salomatligini mustahkamlash va o'limni kamaytirish sohasidagi siyosat tug'ilishni tartibga solish siyosatiga nisbatan ijtimoiy siyosatga yaqinroq integrallashgan. Bunday mustahkam integrallashuvning asosiy sababi, uning ikki turda namoyon bo'ladigan universalligidadir.
Birinchidan, liar qanday sivilizatsiyalashgan jamiyatdan ushbu sohadagi siyosat maqsadining o'zi universaldir. Inson hayotini uzaytirish, uning sifatini, ya'ni sog'lom va faol hayot davrini yaxshilash asosiy ijtimoiy qadriyatlar jumlasiga kiradi. Shu sababli, bu sohada olib boriladigan siyosatning maqsadlari hech qanday
bahs-munozaralarni keltirib chiqarmaydi; kishilik jamivati rivojlanishining muayyan davrlari va epidemiologik o'tishning turli bosqichlarida bo'lgan konkret aholi guruhlariga nisbatan harakatlarning doimiy yo'nalishlari o'zgartiriiadi va maqsadga erishishning adekvat va samarali usullari hamda choralari tanlanadi.
Ikkinchidan, aholi sog'lig'ini saqlash va o'limni kamaytirish sohasidagi siyosat ijtimoiy siyosat kabi barvaqt keksayish, kasalliklarning ko'payishi, salomatlikning pasayishi oqibatida aholini yo'qotishlarni kamaytirishga qaratiladigan ushbu siyosat ta'sir jihatdan universal, chunki bu siyosatning maqsadlari barcha aholi uchun yagona bo'lib, aholining jamiki ijtimoiy, demografik, hududiy va boshqa guruhlarini, davlat oldida sog'liqni saqlash va inson hayotini uzaytirish dasturlarini amalga oshirishda teng ekanligi va salomatlik sohasidagi ehtiyojlarini qondirishdan hech qanday kamsitishga yo'l qo'ymaslikni nazarda tutadi.
Aholining sog'lig'ini mustahkamlash va umrini uzaytirish bo'yicha uzoq muddatli siyosatni ishlab chiqishda har qanday davlat uchun bu siyosatning ikkita o'zaro bog'liq tarkibiy qismlarini farqlash lozim. Birinchisi — aholi salomatligini va o'limning yosh-jins bo'yicha shakllanish tarixi va hozirgi tendentsiyalarning holati haqida umumiy va alohida hududiy, ijtimoiy, etnik hamda boshqa adekvat tasawurlarning mavjudligi. Ushbu holatning batafsilligi olib boriladigan siyosatning yaqin va uzoq istiqbolli dasturlarini tanlashda muhim ahamiyatga ega.
Aholi salomatligini mustahkamlash va o'limni kamaytirish sohasidagi siyosatning ikkinchi tarkibiy qismi taxmin qilinayotgan siyosatning chora-tadbirlari, yo'nalishlari va tamoyillarini qo'yish-dan maqsad doirasida umumlashtiruvchi konsepsiyadir. Nisbatan kontsentrlangan holatda ushbu konsepsiya Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining dunyodagi o'limni kamaytirish sohasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan mamlakatlarning tajribalarini umumlashtiruvchi «Salomatlik barcha uchun» strategiyasida o'z aksini topgan. Bu tajriba shuni ko'rasatadiki, insonlar faqat iqtisodiy rivojlanishga erishish vositasi sifatida qaralmay, insoniyat inson omilidan iborat bo'lib qolmasdan va iqtisodiy o'sish kishilik
jamiyatining hisobiga emas, aksincha ularning qiziqishlari yo'lida amalga oshirilsagina strategiya samarali bo'Iishi mumkin. Bu siyosat deklaratsiya emas, biroq real faoliyatning zamonaviy ta'minotidir. Bu faoliyat natijasida rivojlangan mamlakatlarda ilgari ham, hozirda ham inson kapitalini rivojlantirishga anchagina mablag'Iarning investitsiyasi davom etib kelmoqda. Buni sog'liqni saqlash strategiyasida qo'llanilganda eng kamida quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilishni anglatadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin